1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]



Yüklə 87,6 Kb.
səhifə1/2
tarix26.04.2023
ölçüsü87,6 Kb.
#107058
  1   2
O‘RQ-471 05.04.2018




[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 15-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining (bundan buyon matnda Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari
Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik
Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat xavfsizligi — O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining, suverenitetining, hududiy yaxlitligining va boshqa davlat manfaatlarining tashqi hamda ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi;

Yüklə 87,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə