1. Umumiy qoidalar



Yüklə 16,78 Kb.
tarix08.02.2023
ölçüsü16,78 Kb.
#100386
növüReferat
Документ Microsoft Word


1. Umumiy qoidalar
1.1. Siz Alldata.uz do’koniga tashrif buyurar ekansiz quyida belgilangan qonun-qoidalar va shartlarga o’z roziligingizni bildirgan hisoblanasiz.
1.2. Alldata.uz do’konida (keyingi o’rinlarda «Sayt» deb yuritiladi) taqdim etilayotgan xizmatlar, biznes rejalar, ma’lumotlar, qo’llanmalar, referatlar, prezentatsiyalar va boshqalar shartli ravishda mahsulot deb nomlanadi. Ular faqatgina ma’lumotlar hisoblanib, o’qib-o’rganish uchun mo’ljallangan. Biznes rejalar esa tavsiyaviy harakterga ega bo’lib, undagi hisob-kitoblar tahminiy olingan.
1.3. Saytning «Biznes xizmatlar» bo’limida keltirilgan xizmatlar tomonlar o’rtasida tuzilgan, o’zaro tasdiqlangan shartnomalar asosida tartibga solinadi.
2. Ro’yxatdan o’tish
Saytda mavjud mahsulotlarni xarid qilish, foydalanish va boshqalarni amalga oshirish uchun Saytda ro’yxatdan o’tish lozim. Ro’yxatdan o’tish davomida foydalanuvchi barcha ma’lumotlar haqqoniy va to’g’ri to’ldirilishiga javobgar hisoblanadi.
3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
3.1. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
3.1.1. Sayt tizimida erkin ro’yxatdan o’tish;
3.1.2. Sayt tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlardan foydalanish;
3.1.3. Xarid qilingan mahsulotlardan erkin foydalanish (mahsulotlardan tijorat hamda foyda olish maqsadida foydalanish taqiqlanadi);
3.1.4. Xarid qilingan mahsulot bo’yicha xabarnomalarni ro’yxatdan o’tish davomida foydalanuvchi tomonidan kiritilgan elektron pochta (e-mail) orqali qabul qilib olish (3.2.4. shart bajarilgan taqdirda);
3.1.5. Foydalanuvchi xarid qilingan mahsulotni yuklab olinish jarayonida muammo yuzaga kelgan holatda sayt ma’muriyatiga amalga oshirilgan to’lovni qaytarib berish bo’yicha murjaat qilgan taqdirdagini pulini qaytarib olish;
3.1.6. Sayt ma’muriyatiga murojaat qilish huquqlariga ega.
3.2. Foydalanuchilar quyidagi majburiyatlarni bajarishlari shart:
3.2.1. Foydalanuvchi Sayt tizimida ro’yxatdan o’tish davmida so’ralgan ma’lumotlarni to’g’ri kiritishi shart;
3.2.2. Sayt foydalanuvchilari bilan o’zaro aloqalar davomida beadab, haqoratli va behurmat qiladigan jumlalardan foydalanish hamda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlangan boshqa ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi xabarlarni jo’natish taqiqlanadi.
3.2.4. Ro’yxatdan o’tish jarayonida amalda mavjud bo’lgan, ishlaydigan elektron manzil (e-mail) kiritish shart;
3.2.5. Foydalanuvchi Saytning foydalanish qonun-qoidalarida belgilangan talablarni to’liq bajarishi shart.
4. Javobgarlik
4.1. Sayt ma’muriyati Foydalanuvchining noto’g’ri ma’lumot kiritishi va amallarni bajarishi sababli xarid qilishi jarayonida yuzaga kelgan zarar, ziyon yoki xarajatlar uchun javobgar emas.
4.2. Foydalanuvchi tomonidan xarid qilingan mahsulot foydalanuvchining Saytdagi o’z shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi hamda elektron manziliga xabarnoma yuboriladi. Taqdim etilgan mahsulot foydalanuvchi tomonidan yuklab olinish yoki olinmasligidan qat’iy nazar, mahsulot foydalanuvchi tomonidan xarid qilingan va Sayt tizimida yetkazib berildi deya belgilanadi hamda amalga oshirilgan summa qaytarilmaydi. Shu sababli ro’yxatdan o’tish davomi amalda mavjud bo’lgan, ishlaydigan elektron manzil (Email) kiriting hamda to’lovni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lganingizdan so’ng e-mailingizni ham tekshirib turing.
4.3. Saytda ro’yxatdan o’tish davomida kiritilgan ma’lumotlar haqqoniyligi uchun butun javobgarlik foydalanuvchining bo’ynida bo’ladi.
4.4. Sayt ma’muriyati to’lovni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan zarar uchun javobgar emas.
5. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarining daxlsizligi biz uchun juda muhim.
Biz quyidagi ma’lumotlarni statistik ko’rsatgichlarni aniqlash maqsadida to’playmiz va saqlaymiz:
– foydalanuvchilar Saytga kirish uchun foydalangan IP-manzili;
– Saytga kirish uchun foydalanuvchi tomonidan ishlatilgan brauzer va operatsion tizim turi;
– Saytga kirish muddatlari;
– foydalanuvchi ko’rib chiqqan sahifalar va havolalar;
Biz ushbu manzillardan foydalanuvchining shaxsini aniqlash maqsadida foydalanmaymiz, Saytga qilingan hurujlar bundan mustasno.
Yüklə 16,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə