Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#86749
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob




 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
E.G’OZIYEV 
 
 
 
UMUMIY PSIXOLOGIYA 
 
 
Psixologiya mutaxassisligi uchun o’quv qo’llanma 
 
II -kitob 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - "Universitet" - 2002 
 
 



 
 
IKKINCHI BO’LIM 
SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 
 
II BOB 
TEMPERAMENT 
 
1. Temperamentning psixologik tavsifi 
 
 Temperament  to’g’risida  umumiy  tushuncha.Insonning  ruhiy  olami 
beto’xtov  harakatlar  majmuasidan  iborat  bo’lib,  biri  ikkinchisini  bevosita  taqozo 
etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois 
shaxs  rushiyatida  tashqi  atrof-mushit  to’g’risidagi  taassurotlar,  o’tmish  xotiralari, 
kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, 
mulohaza,  fikr  va  muammo,  hissiy  kechinmalar,  irodaviy  sifatlar  uzluksiz  tarzda 
o’zaro  o’rin  almashtirib  turishi  evaziga  ontogenetik  dunyoga  mustahkam  negiz 
hozirlanadi.  Ruhiy  olam  kechishi,  uning  sur'ati,  mazmuni,  shakli  ko’lami, 
xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakka hol insonda rang-barang tarzda 
namoyon  bo’linish  kuzatiladi.  Shuning  uchun  bo’lsa  kerak,  insonlar  tabiat 
hodisalariga,  omillariga,  ta'sir  kuchlariga  tez  yoki  sekin,  yengil  yoki  mushkulot 
bilan  javob  qaytarishga  moyillik  ko’rsatadilar.Shuni  alohida  ta'kidlab  o’tish 
kerakki,  psixik  faoliyatning  dinamikasi  nafaqat  temperamentga,  balki  motivlarga, 
psixik holatlarga, his-tuyg’ularga ham bevosita bog’liqdir. Misol uchun, inson o’zi 
temperamentning  qaysi  tipiga  taalluqli  bo’lishidan  qat'iy  nazar,  o’z  faoliyatiga 
layoqatli,  mayli  kuchli,  intilishi  qat'iy,  qiziquvchan  bo’lsa,  uni  tashkillashtirishda 
va  nazardan qolishda  uyushqoqlik, harakat  sur'ati  esa  tezkor  amalga  oshadi, unga 
loqayd munosabatni bildirsa, ish sur'ati sekin va sust kechadi.  
Har  qanday  vaziyatga  qaramasdan,  shaxsning  qarindosh  urug’lari 
to’g’risidagi,  shuningdek,  jahonda  kechayotgan  noxush  xabarlar  uning  a'zoyi 
badanini  larzaga  keltiradi,  labi  quriydi,  rangi  bo’zaradi,  atrof-muhitga  nisbatan 
mo’ljalini  yo’qotadi.  Psixologiyada  temperamentga  taalluqli  individual  dinamik 
xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy kechinmalarning dinamik 
xususiyatlari o’rtasida muayyan darajasida tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi. 
Ular orasidagi farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida qo’shimcha belgilar kiritiladi 
va  o’ziga  xos  tarzda  tavsiflab  beriladi.  Ularning  ayrimlarini  ajratib  ko’rsatish 
maqsadga muvofiq.  
1.  Favqulodda  temperamentning  bir  xil  xususiyatlari,  motiv,  psixik  holat  va 
hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida, 
xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi. 
2.  Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi 
tufayli  inson  shayoti  va  faoliyatining  (umrining)  butun  davomida  yoki  uning 
muayyan bir bo’lagida  (ta'sirga  beriluvchanligi sababligidan  qat'i nazar)  barqaror, 
o’zgarmas va mustahkamdir. 



 
3.  Yakka  hol  shaxsga  daxldor  temperamentning  turli  xususiyatlari  o’zaro  bir-
biri bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri 
muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini 
tavsiflovchi o’ziga xos tizilmani vujudga keltiradi. 
4.  Psixologiya  fanida  temperament  xususiyatlari  deganda,  alohida  bir 
shaxsning  psixik  faoliyati  dinamikasini  belgilovchi  psixikaning  barqaror, 
o’zgarmas  individual-tipologik  xususiyatlari  majmuasi  tushuniladi.  Mazkur 
xususiyatlar  turli  shakl  va  mazmunga  ega  bo’lgan  motivlarda,  psixik  holatlarda, 
maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o’zgarmovchi, temperament tipini tasvirlovchi 
tuzilmani tashkil qiladi. 
5.  Psixologiya  faning  ijtimoiy  tarixiy  taraqqiyoti  davrida  temperamentga 
nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilma-
xil  bo’lib,  shaxsning  psixologik  xususiyatlarini  o’ziga  xos  tarzda  tushuntirish 
uchun xizmat qilib kelgan.  
Temperament  latincha  "temperamentum"  degan  so’zdan  olingan  bo’lib, 
buning  ma'nosi  "aralashma"  degan  tushunchani  anglatadi.  Temperament 
to’qrisidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460-356 
yillarda  yashagan)  yaratgan  bo’lib,  uning  tipologiyasi  to  shozirgi  davrgacha 
qo’llanilib 
kelinmoqda. 
Temperamentning 
fiziologik 
asoslari 
to’qrisida 
tushunchaqadimgi  yunon  olimi  Gippokrat  ta'limotiga  binoan,  insonlarning 
temperament  xususiyatlari  jishatidan  o’zaro  bir-biridan  tafovutlanishi,  ularning 
tana a'zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga boqliq 
ekanligi  tasavvur  qilinadi.  Gippokrat  ta'biricha,  inson  tanasida  to’rt  xil  suyuqlik 
(xilt)  mavjud  bo’lib,  ular  o’t  yoki  safro  (yunoncha  chole),  qon  (latincha  sanguis 
yoki sanguinis), qora o’t (yunoncha melas "qora", chole "o’t"), balqam (yunoncha 
"pxlegma") kabilardan iboratdir.  
Uning muloshasicha;  
1)  o’tning  xususiyatni-quruqlikdir,  uning  vazifasi-tana  a'zolarida  quruqlikni 
saqlab turish yoki badanni quriq tutishdir;  
2) qonning xususiyati- issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir;  
3)  qora  o’tning  xususiyati-namlikdir,  uning  vazifasi-badan  namligini  saqlab 
turishdir;  
4)  balqamning  (shilimshiq  moddaning)  xususiyati-sovuqlikdir,  uning 
vazifasi-badanni sovutib turishdan iboratdir. Ippokrat ta'limotiga muvofiq, shar bir 
insonda  shu  to’rt  xil  suyuqlik  mavjud  bo’lib,  uning  bittasi  ustuvorlik  kasb  etadi. 
Mazkur aralashma (latincha temperamentum) lardan qaysi biri salmoqliroq bo’lsa, 
unga  qarab  insonlar  temperament  jishatdan  farqlanadilar,  chunonchi,  xolerikda 
sariq o’t, sangvinikda qon, melanxolikda qora o’t, flegmatikda balqam (shilimshiq 
modda) ustun bo’lishi ta'kidlanadi. Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) 
aralashmasi,  ya'ni  temperament  tushunchasi  va  uning  tipologiyasi  (sangvinik, 
xolerik,  flegmatik,  melanxolik)  ramziy  ma'noda  shozirgi  zamon  psixologiyasida 
sham qo’llanilib kelinmoqda.Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning 
fiziologik  mexanizmlari  keyingi  ijtimoiy  tarixiy  taraqqiyotning  bosqichlarida 



 
yaratiladi  shamda  bu  borada  ishlanilishlar  davom  ettirilmoqda.  Temperamentning 
fiziologik asoslariga ulkan o’z shissini qo’shgan olimlardan biri rus fiziologi  
I.P.Pavlov  (18-1936)  shisoblanadi.  I.P.Pavlov  shayvonlarning  oliy  nerv 
faoliyatini  tadqiq  qilayotganida  itlarda  shartli  reflekslarning  paydo  bo’lishi, 
kechishi,  davom  etishi  xususiyatlari  insonlarnikidan  farq  qilish  va  bu  shodisa 
temperamentda  sham  uchrashi  mumkinligini  kashf  etadi.  I.P.Pavlov  temperament 
sham  shartli  reflektor  faoliyatining  individual  xususiyatlarini  keltirib  chiqaruvchi 
omillar bilan boqliq bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I.P.Pavlov ta'limoti 
bo’yicha,  shartli  reflekslar  paydo  bo’lishining  individual  xususiyatlari  ro’yobga 
chiqishining  sabablari  nerv  tizimsi  xususiyatlari  moshiyatidandir.  Muallif  nerv 
tizimsining uchta asosiy xususiyatiga aloshida ashamiyat beradi, chunonchi,  
1) qo’zqalish jarayoni va tormozlanish (to’xtalish) jarayonining kuchi;  
2)  qo’zqalish  kuchi  bilan  tormozlanish  kuchi  o’rtasidagi  muvozanatlik 
darajasi (nerv tizimsining muvozanatlashgani);  
3) 
qo’zqalishning 
tormozlanishi 
bilan 
almashinishi 
tezligi 
(nerv 
jarayonlarining  sharakatchanligi).  Uning  ko’rsatishicha,  shar  bir  shayvonning 
temperamenti  sham  mazkur  xususiyatlarining  u  yoki  bunisiga  aloqador  bo’lmay, 
balki  ularning  majmuaviy  tarziga,  qonuniy  birlashuviga  boqliqdir.  I.P.Pavlov 
shartli  reflektor  faoliyatining  individual  xususiyatlari  bilan  temperamentga 
aloqador  nerv  tizimsi  xususiyatlarining  o’zaro  qo’shiluvini  nerv  tizimsining  tipi 
deb nomlaydi va uni to’rtta tipga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli, 
muvozanatsiz,  epchil;  v)  kuchli,  muvozanatli,  sust;  g)  kuchsiz  tip.  Yirik  rus 
psixologlaridan biri B.M.Teplov (1896-1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari 
I.P.Pavlovning 
tadqiqotlarini 
davom 
ettirib, 
inson 
nerv 
jarayonlari 
xususiyatlarining o’ziga xos tomonlarini ochishga muvaffiq bo’ldilar.  
Ular  nerv-fiziologik  jarayonlarning  nozik  qirralarini  o’rganishda  maxsus 
moslamalar  yordami  bilan  o’zgarishlarni  qayd  qilish  shamda  olingan  natijalarni 
(omillarini) mamavzutik statistika metodlari orqali shisolashni tatbiq etdilar.  
B.M.Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tomonidan olingan ma'lumotlarga 
qaraganda,  insonda  shosil  qilinadigan  shartli  reflekslarning  ba'zi  bir  individual 
xususiyatlari  o’zaro  uyqunlikka  egadir.  Ularning  ta'biricha,  o’zaro  boqliq 
individual  xususiyatlar  tizimi  nerv  tizimsining  muayyan  xususiyati  bilan 
tavsiflanadi.  Jumladan,  o’zaro  boqlangan  xususiyatlar,  birinchidan,  shartli 
qo’zqovchi  mustashkamlanishi  davom  etishidan  qat'i  nazar,  shartli  reflekslar 
so’nishi  darajasiga,  ikkinchidan,  qo’zqovchilarning  kuchli  yoki  kuchsizligi  bilan 
shartli reaksiyaning shajmi orasidagi tafovutlarga, Uchunchidan, asosiy qo’zqovchi 
sezgirligiga  begona  (notanish)  qo’zqovchini  ijobiy  (salbiy)  ta'sir  o’tkazish 
darajasiga,  to’rtinchidan,  boshqa  ko’rinishdagi  yoki  kuchlanishdagi  qo’zqolish 
jarayonlarining kuchiga boqliqdir.  
Ma'lumotlarning  tashliliga  binoan,  tormozlanishning  (to’xtalishning)  kuchi 
bilan  nerv  jarayonlarining  muvozanatlashuviga  taalluqli  shartli  reflektor 
faoliyatining  individual  xususiyatlari  turkumlari  shunga  o’xshash  usul  yordami 
bilan  kashf  qilingan.  Shuningdek,  B.M.Teplov  ilmiy  maktabining  namoyondalari 
tomonidan  ijobiy  va  tormozlovchi  shartli  reflekslarning  shosil  bo’lish  tezligini 



 
tavsiflovchi  individual  xususiyatlar  turkumi  sham  ta'birlab  berilgandir.  Ushbu 
individual  xususiyatlar  moshiyatida  ifodalanuvchi  nerv  sitizimsining  notanish 
xususiyati  dinaminlik  deb  nomlangan  sham  tavsiflangan.  Bundan  tashqari,  ular 
shartli  reflektor  faoliyatining  bir  gurush  individual  xususiyatlari  qo’zqolish 
jarayonining  to’xtalishining  tezligi  mashsuli  sifatida  tashmin  qilingan  xususiyatni 
(yangi  xislatni)  labillik  (ya'ni  latincha  labialis-beqarorlik  atab  boshlaganlar. 
Shuning  bilan  birga  nerv  tizimsining  boshqa  xususiyatlari  mavjudligi  to’qrisida 
ilmiy tashminlar ilgari surilgan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va shokazo.  
B.M.Teplov  ilmiy  maktabi  I.P.Pavlov  Tadqiqotlarida  aniqlangan  nerv 
tizimsining  xususiyatlari  to’qrisidagi  nazariya  va  tashminlar  muayyan  darajada 
kengaytirilgan  shamda  temperametning  tub  moshiyatini  tushuntirishga  qulay 
imkoniyatlar yaratilgan.  
Lekin  shunday  chuqur  izlanishlar  olib  borilishiga  qaramay,  psixologlar 
tomonidan  kashf  qilingan  xususiyatlarning  kiyoviy  va  fizikaviy  moshiyati  to 
shanuzgacha no'malum bo’lib qolmoqda. 
Xuddi shu bois, nerv tizimsining xususiyati to’qrisidagi ilmiy mushoshadalar 
faqat  shartli  reflektor  faoliyati  bilan  o’zaro  boqliq  individual  xususiyatlar 
turkumiga taalluqli umumiy sabablar bo’yicha talqin qilishni ifodalaydi, xolos.  
Nerv  tizimsi  xususiyatlari  bilan  temperamentning  boqliqligi  aksariyat 
shollarda  mana  bunday  omillarning  moshiyatida  aks  etishi  mumkin.  Jumladan, 
negizida  nerv  tizimsining  faraz  qilingan  fiziologik  xususiyati  yotgan  shartli 
reflektor  faoliyatining  o’zaro  boqliq  individual  xususiyatlarnining  muayyan 
turkumi shaxsda qanchalik ko’p mujasamlashsa, temperamentning unga mutonosib 
xususiyati  xuddi  shu  darajada  namoyon  yoki  aks  sholatda  shuncha  kam 
ifodalanishi kuzatiladi;  
1) insonda shartli refleks shakillangan bo’lsa-da, lekin u tez so’na boshlasa;  
2) tashqi qo’zqovchi shartli refleksda kuchli tormozlanishni vujudga keltirsa; 
3) shaxs kuchsiz qo’zqovchilarga kuchli qo’zqovchilar singari shiddat bilan  
reaksiya qaytarsa; 
4)  odam  kuchsiz  qo’zqalish  jarayoni  bilan  uyqunlashgan  xususiyatlarni 
aniqlasa;  
5) insonda kuchli emosional qo’zqolishi shamda diqqatning chalqishi yuzaga 
keladi.  
Yuqorida  ta'kidlab  o’tilganidek,  I.P.Pavlov  ta'limotida  temperamentning 
psixologik  ta'siri  nerv  sitizimsining  barcha  xususiyatlari  bilan  aloqadorligi  yoki 
uning  tipiga  tegishli  ekanligi  shushuntiriladi.  Xuddi  shu  bois,  temperamentning  u 
yoki  bu  xususiyati  nerv  sitizimsining  birorta  xistali  bilan  emas  balki 
xususiyatlarning  turkumlari  bilan  aloqaga  kirishadi.  Bning  ta'sirida  nerv  tizimsi 
xususiyatlarining  miqdoriy  munosabatlarida  temperament  xususiyatlari  sham  sifat 
o’zgarishini yasaydi.  
Yigirmanchi  asrning  60-70  yillarida  ushbu  sosha  bo’yicha  olib  borilgan 
tadqiqotlarning  ko’rsatishicha,  temperamentning  psixologik  tavsifi  bilan 
I.P.Pavlovning tiplari o’rtasida aloqa shukm surishiga shech qanday shak-shubsha 
yo’qdir.  Temperamentga  taalluqli  nerv  tizimsining  tiplari  sham  insonga,  sham 



 
shayvonlarga  tegishli  bo’lib,  ular  umumiy  tiplar  deb  nomlanadi.  Binobarin, 
temperamentning  fiziologik  asosiy-bu  nerv  tizimsining  umumiy  tiplaridir.  Biroq 
I.P.Pavlovning  tiplari  -bu  nerv  tizimsi  xususiyatlarining  tansho  tipik  birikmasi 
emasdir,  chunki  keyinchalik  bu  borada  yangi  birikmalar  topildi.  Lekin  ajratilgan 
tiplarning  barchasi  bir  teks  ashamiyatga  molik  emasliga  tufayli  ularning  eng 
asasiylari kuchli va kuchsiz tiplaridan tashkil topadi.  

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə