1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə1/4
tarix05.04.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#104219
  1   2   3   4
Raqamli infratuzilma tushunchasi


Mavzu: Raqamli infratuzilma tushunchasi
Reja:
1.Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari
2.Raqamli infratuzilma tushunchasi,raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi
3.O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotida banklarning roli


1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari
Hozirgi kunda hizmat ko’rsatish biznesida barqarorlikka erishish ilgarigidan ko’ra misli ko‘rilmagan darajada juda qiyin bo‘lib ketgan. Mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqash hamda bu maqomni saqlab qolish oson ish emas. Xususan, amerika statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil Fortune 500 dan o‘rin olgan kompaniyalarning 52%dan ko’prog’i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 12 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz ozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) – fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Servis biznesi qaysi bir ma’noda «default» maqomidagi raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, hech bir kompaniya ham foto biznesda bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish vaqtini sezib-sezmay o‘tkazib yuborgan Kodak qismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa tomondan, Amazon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday qilib foydalanish hamda biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadilar. Internet dastlab onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn-magazin rolida oflayn-biznesga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga yangi avlodlar – internet tarmog‘ida «yashaydigan» yoshlar kiqib kelishi biznesni onlayn («raqamli») bo‘lishga olib keldi. Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlarda inson hayot faoliyatining asosiy sohalari – iqtisodiyot va boshqaruv, fan va havfsizlik bo’lgan bo’lsa, endi yangicha shakl va mazmunga ega bo‘la boshladi. Insoniyat o‘zgacha bo‘lib qoldi, bu esa ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelayapti. Raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi – kelajak dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohalaridagi taraqqiyot bilan izohlanadi. Shunday qilib, raqamlashtirish – ob’ektiv, muqarrar jarayon bo‘lib, uni to‘xtatishning iloji yo‘qdir. Raqamlashtirishga yo‘ldosh bo‘ladigan eng jiddiy havf-xatarlardan biri, o‘rta va past malakali ixtisosliklar orasida ommaviy ishsizlik yuzaga kelishi hisoblanadi. O‘rta sinf vakillari keskin kamayib ketishi mumkin, chunki birinchi navbatda aynan shu ish o‘rinlari avtomatlashtiriladi va ular intellectual robotlar bilan almashtiriladi. Faol, ma’lumotli, mehnatga layoqatli aholining yetarli darajada yuqori turmush tarziga o‘rganib qolgan sezilarli qismi g‘arb turmush tarsi tufayli yo‘l chetiga chiqib qoladi. Biroq raqamli dunyo shu qadar tezkorlik bilan shakllanadiki, yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash jarayonini tezlashtirish ular taqchilligining oldini olishi mumkin bo‘ladi. Shu sabablihozircha kim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lsa, buning uchun unda hali yetarlicha vaqt bor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 3 iyulida«O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3832 son qarorni imzoladi3. Qarorda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan.
Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og‘ir jismoniy mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqidagi ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqirishga qodir bo‘lgan vositaga aylanishi mumkin. Ko’pchilik insonlarga ijod, fan (ham fundamental, ham amaliy) vasan’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. Servis hizmatlari, media va ko‘nilocharliklar birinchi bo‘lib, ulardan keyin esa telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo‘ladi
Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammamizga hamdaxl qiladi.Bugungi kunda bizhar bir mohiyatniu u yoki bu olamga mansub sanagan holda identifikatsiya qilishimiz mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, ko‘pchilik ob’ektlar uchun bunday taqsimlashni amalga oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o‘zidayoq mavjud: IP-kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich – u qaysi olamning bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisalirining mohiyati sanaladi. Mobil telefon bugungi kunda ko‘plab ma’lumotlarni: telefon raqamlarini, tug‘ilgan kun haqidagi ma’lumotlarni, fotosuratlarni, parollarni va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Biz hatto telefon bilan jismonan bog‘lanmagan bo‘lsakda, funksional jihatdan o‘zimizni u bilanbir butun deb his qilamiz. Realva virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlan va uni to‘xtatishning imkoni yo‘q deb aytish uchun alohida bir jasurlik shart emas.
Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonunva qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal qiladi. Shu nuqtai-nazardan aytish joizki, qolgan iqtisodiyotdan alohida ravishda bo‘ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas: «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu– gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo‘lgan iqtisodiyotdir. Gibrid dunyo bu – real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi.
Raqamli biznes bu – jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. Schoolof Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish» sifatida ta’riflaydi.Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari vasun’iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo’sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo’sh o’rinlarni o‘zgartirgan holda o’zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo’ladi. Shunday bo‘lib chiqadiki, tashkilotlarning raqamli o‘zgartirish bu – yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o‘zgartirishturli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo’ladi. Raqamli ko‘rinishga keltirish bu – axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar – elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi: u faqat elektron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirishko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa – raqamli shaklda bo’lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yokihujjatni sharhlashning interaktiv tizimi – bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon beradi.
Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud. Birinchi yo‘nalish bu – mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir. Ikkinchi yo‘nalish – eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda, biz ularni masshtablashtirish tufayli ular xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan taqqoslaganda kamida o‘n baravar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishini tushunamiz.Sir emaski, kompaniyalarning mintaqaviy va xalqaro ekspansiyasiko‘pincha boshqaruv tizimini jahon darajasida nusxalashtirish qiyinligi bilan to‘xtatib turiladi. Tez o‘sishning chegaralanishi muammolari ko‘pincha nusxa ko‘paytirishdagi qiyinchiliklar tufayli yuzaga keladi. Bunga misol qilib, mintaqa ko‘lami, auditoriyalar hajmi va o‘qituvchilar soni bilan chegaralangan biznes-maktabdan milliy yoki xalqaro miqyosdagi biznes yaratishga mikon beradigan ta’lim jarayonini o‘zgartirish jarayonini keltirib o‘tish mumkin. Ta’lim jarayonini raqamli ko‘rinishga keltirish, harajatlarni minimallashtirish, o‘quv kurslarini esa o‘qituvchi gapiradigan tilni tushunadigan cheklanmagan auditoriya uchun ochiq qilishga imkon beradi (MOOC).
Eksponensial tashkilot yaratishning asosiy shartlaridan biri,hizmatlarni bir xillashtirish imkoniyati hisoblanadi, agar hizmat bir xillashtirilgan bo‘lsa, ushbu hizmatlarni taqdim etishni boshqarish tizimi ham bir xillashtirilishi va kelgusida to’liq avtomatlashtirilishi mumkin.Kompaniyani maqsadli bozorda virusli marketing va «sarafan» radiosi usullari orqali ilgari surish mumkin bo‘lib, bu narx bo‘yicha dempingva hizmatlar buyurtma qilish uchun raqamli interfeys hisobiga minimal harajatlar blan biznesning «portlab» o‘sishini ta’minlaydi.
Biznes-jarayonni raqamli o‘zgartirishni BPMS (Business Process Management Suite) sinfidagi tizimlar yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Raqamli o‘zgartirishning ikkinchi bosqichi alohida operatsiyalarni bajarishni avtomatlashtirish hisoblanadi. Masalan, mijozning ishonchliligini baholash, xuddi o‘quv kursi tinglovchilari orasida test sinovi o‘tkazish kabi, avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun ko‘pincha matematik algoritmlar yoki hatto sun’iy intellekt asosida mustaqil ravishda qaror qabul qiladigan «raqamli robotlar» foydalaniladi.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə