10-Amaliy ish Ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash Amaliy ishini bajarishdan maqsad



Yüklə 58,53 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü58,53 Kb.
#182583
  1   2   3
10-amaliy


10-Amaliy ish


Ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash


Amaliy ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash uchun:
a) №4 tarif qo‘llanmasidan jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa aniqlanadi;
b) yukni vazni butunlanadi;
v) to‘rt o‘qli ixtisoslashtirilgan vagonlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini aniqlash 10.1-jadvalda keltirilgan tarif sxemalari bo‘yicha aniqlanadi.
10.1-jadval





Ixtisoslashtirilgan vagonlar turlari

Vagonlar

Temir yo‘lining umum.parki

Xususiy yoki ijara

Tarif sxemasini nomeri

1

Sement uchun xopper (sement tashuvchi-xopper)

3


7


2

Don uchun vagonlar (don tashuvchi)

4

8

3

Sement uchun sisternalar (sisterna – sement tashuvchi), mineral o‘g‘itlar uchun vagonlar (mineral tashuvchilar)

5

8

4

Boshqa turdagi ixtisoslashtirilgan vagonlar

5


8


10.1-jadvalda ko‘rsatilgan tarif sxemalari (№3-8) bo‘yicha aniqlangan masofaga tashish kira haqlari vagondagi yukning haqiqiy vazniga hisob jadvallari (Прейскурант 10-01 [7]) bo‘yicha 70 tonnagacha aniqlanadi;


g) ixtisoslashtirilgan vagonga 70 t dan ortiq yuk ortilganida tashish kira haqi tegishli sxema bo‘yicha tashish masofasi uchun “70 tqatoridagi qiymatga, 70 t dan ortiq qo‘shimcha ortilgan har bir tonnaga “За 1 т св. 70 т” qatoridagi qiymatni qo‘shib aniqlanadi;
d) ortish uchun rejada nazarda tutilgan universal vagon o‘rniga ixtisoslashtirilgan vagon taqdim etilganida, tegishli yuk uchun belgilangan eng kam vazn me’yori (MVN) ga №1 yoki №2 tarif sxemasi bo‘yicha tashish masofasi uchun vagonga kira haqi aniqlanadi, so‘ngra vagonga aniqlangan kira haqini MVN ga bo‘lib va hisoblangan tonna bo‘yicha kira haqini ixtisoslashtirilgan vagondagi yukni vazniga ko‘paytirish natijasida tashish kira haqi aniqlanadi. Agar yuklarning nomenklaturasida MVN vagonning yuk ko‘tarishi (г/п) bo‘yicha belgilangan bo‘lsa, tonna bo‘yicha kira haqi uchun MVN shartli 66 t qabul qilinadi.



Yüklə 58,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə