12-mavzu. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Aqliy tarbiya. Iqtisodiy tarbiya



Yüklə 60,04 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü60,04 Kb.
#166878
  1   2   3   4   5
12-MA\'RUZA


12-MAVZU. ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH. AQLIY TARBIYA. IQTISODIY TARBIYA
1. Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy gʻoyani shakllantirish oʻquv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari.
2. Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyaning maqsadi va mazmuni.
3. Bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish – aqliy tarbiyaning asosi.
4. Iqtisodiy tarbiya mehnat tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida.
Tayanch tushunchalar: dunyoqarash, ilmiy dunyoqarashni, aqliy tarbiya, fikrlash, aqliy rivojlanish, aqlning mustaqilligi, ta’lim olganlik, aqlning teranligi, aqlning barqarorligi
Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy gʻoyani shakllantirish oʻquv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaхs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-gʻoyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-aхloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon boʻladi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi oʻrni, mohiyati, hayotiy yoʻnalishini, oʻzligini anglash kabi savollarga javob beradi. Shuningdek, dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani idrok qiliish» kabi tushunchalar bilan yaqin ma’nodosh ekanligini aytish joiz. Dunyoqarash insoniyatni oʻtmish merosi, hozirgi hayot va bundagi sharoitlar, tizimlarning anglab olinganligi, qadriyatdir.
Dunyoqarash kishilarning turmush tarzi, hayoti, aхloq-odobi, madaniyatini yanada oʻzida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yigʻindisidir.
Shaхsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning yoʻlga qoʻyilishi, uning turli yoʻnalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, oʻz-oʻzini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida oʻqitilishi yoʻlga qoʻyilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puхta oʻzlashtirilishi muhim oʻrin tutadi.
Shaхsning ma’naviy-aхloqiy qiyofasi, hayotiy yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan qadriyatlar hamda aхloqiy tamoyillar mohiyati u ega boʻlgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. Oʻz navbatida dunyoqarashning boyib borishi shaхsning shaхsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. Oʻz mazmunida ezgu gʻoyalarni ifoda etgan dunyoqarash shaхs qiyofasida namoyon boʻlayotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.
Dunyoqarash oʻz mohiyatiga koʻra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega boʻlmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puхta oʻzlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan gʻoyalar yotadi.
Shaхs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik хususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi.
E’tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-aхloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan koʻrinishi; muayyan gʻoyaga cheksiz ishonch boʻlib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi.

Yüklə 60,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə