14- §. Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi, relyefi



Yüklə 4,91 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü4,91 Kb.
#159914
4.2. Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyefi

ASSALOMU ALAYKUM !

@geography_method


Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

4.2. Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi va relyefi


Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Geologik tuzilishi.


Dunyo okeani tubi yirik litosfera plitalaridan tashkil topgan. Lekin ular materiklar bilan birga yaxlit litosfera plitalarini tashkil etgani uchun materiklar nomi bilan ataladi.

Faqat Tinch okean tubi mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratiladi.


Tinch okean

Okean tublarida daryo, dengiz to‘lqinlari va oqimlari, shamol, aysberglar keltirgan yotqiziqlar, hatto organizmlar va kosmik changlar cho‘kindi jinslar qatlamini hosil qiladi.

Terrigen, ya’ni vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq cho‘kindilar qirg‘oq yaqinida bo‘ladi. Terrigen yotqiziqlar Dunyo okeanining 25% ini qoplaydi.


Terrigen yotqiziqlar

Okean tagi esa nobud bo‘lgan dengiz organizmlari qoldiqlaridan hosil bo‘lgan cho‘kindilar, ya’ni okean loyqasi bilan qoplangan.


Okean loyqasi

Okeanning qirg‘oqdan uzoq eng chuqur qismlarida qizil tusli okean gili to‘plangan. U Dunyo okeani tagining 36% ini qoplab yotadi.


Okean gili

Okean gili jigarrang gilsimon balchiqdan iborat. U okeanning 5 000 m dan chuqur qismlarida bo‘ladi.

Okean tubi yotqiziqlari


Terrigen yotqiziqlar
Okean gili
Silikat okean loyqasi
Karbonat okean loyqasi

Okean tubi relyefi.


Dunyo okeani tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Okean tubida materik sayozligi, materik yonbag‘ri, materik etagi, okean tubi botiqlari, o‘rta okean tizmalari va eng chuqur cho‘kmalar kabi yirik relyef shakllari mavjud.

O‘rta okean tog‘ tizimining umumiy uzunligi 60 ming km dan ortiq bo‘lib, u barcha okeanlarni kesib o‘tgan va bir qancha tarmoqlarga bo‘lingan (33-rasm).

Atlantika okeanida Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika, Braziliya, Angola;


1
2
3
4

Tinch okeanda Shimoli-sharqiy, Shimoli-g‘arbiy, Markaziy, Janubiy va Chili;


3
2
4
1
5

Hind okeanida Somali, Markaziy va G‘arbiy Avstraliya kabi botiqlar bor.


1
2
3

Antarktida qirg‘oqlari yaqinida Afrika-Antarktida, Avstraliya-Antarktida va Bellinsgauzen botiqlari bor.


1
3
2

Okeanlar tubining relyefi ham murakkab tuzilishga ega. Materiklarning deyarli 35% i dengiz va okean suvlari tagida joylashgan. Ular tekis yuzali materik sayozligi (shelf)ga to‘g‘ri keladi va 200 m chuqurlikka qadar davom etadi.


200 metr

Undan pastda qiyaroq materik yonbag‘ri yoki batial (yunoncha, chuqur) 3 000 m gacha, Abissal (yunoncha, tubsiz) 6 000 m gacha va okean botiqlari (6 000 m dan chuqur) mintaqalari joylashgan.

Okean tubi relyefida uzluksiz davom yetadigan (uzunligi 60 ming km) o‘rta okean tizmalari, vulqonli tog‘lar, cho‘kmalar, tekislik — havza, soylik va platolar mavjud (34-rasm).

Okean tubi relyefi


Yüklə 4,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə