15-mavzu. Tashqi iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligini ta'minlash reja



Yüklə 135,94 Kb.
səhifə1/3
tarix30.03.2023
ölçüsü135,94 Kb.
#103688
  1   2   3
ac1abde48f870b5164add1a6076420ce7d149504

15-MAVZU. TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIK VA MAMLAKAT RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASH

Reja:

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar.
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi.
  • Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo’llari.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o’zaro manfaatli hamkorlik qilish yo’li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o’zaro hisob-kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet mamlakatlar bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya kabi sohalarda o’zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iborat.
Jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizlgini ta’minlash uchun quyidagilarni amalgam oshirish loim bo’ladi:
-eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish chora-tadbirlarini ko’rish lozim bo’ladi;
-mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish, ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, injenering, lizingni rivojlantirish;
-chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan o’zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo tartiblariga erishish;
-mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va capital bozorlariga chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga ko’maklashish;
-kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bo’ladigan o’zaro valyuta moliyaviy muammolarni tartibga solish.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va normalar asos bo’lib xizmat qiladi. Bu normalar, o’z navbatida, tovar va xizmatlar, intellektual mehgnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda huquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat yo’nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi.
Iqtisodiy tartibga solish usullari bojxona poshlina (to’lov)lari, yig’imlari, qo’shilga qiymat solig’i, aksizlaridan iborat.
Huquqiy-ma’muriy usullar litsenziyalash, kvotalash, tovar sifatini sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini o’rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va xizmatlarning o’tib turishi bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 135,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə