16. Mavzu : Elektr mashinalari. Reja. Asinxron dvigatellarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Faza rotorli asinxron dvigatel



Yüklə 97 Kb.
tarix15.09.2023
ölçüsü97 Kb.
#121991

16. Mavzu : Elektr mashinalari.
Reja.
1. Asinxron dvigatellarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
2. Faza rotorli asinxron dvigatel.
3. Asinxron dvigatel rotor chulg‘amining EYK va chastotasi.
Elektr mashinalar vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Birinchi xil mashinalar mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. Bu mashinalar elektrgeneratorlar deyiladi.
Bug‘ yoki gaz turbinalari, ichki yonuv dvigatellari (masalan, dizel) generatorlarni harakatga keltiradigan birlamchi mexanik energiya manbayi bo‘lib hisoblanadi. Generatorlar asosan elektr stansiyalarida ishlatiladi. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan ikkinchi xil elektr mashinalar dvigatellar (motorlar) deyiladi. Elektr dvigatellar xalq xo'jaligining deyarli hamma sohasida ishlatiladi.
Generatorlar ishlab chiqaradigan yoki dvigatellar iste’mol qiladigan tok turi jihatidan o‘zgaruvchan tok generatori yoki dvigateli deyiladi. Barcha elektr mashinalari qaytuvchanlik xossasiga ega, ya’ni qaytar jarayonda ishlay oladi. Masalan, elektr dvigatel generator rejimida, generator esa dvigatel rejimida ishlashi mumkin. Quyida o'zgaruvchan elektr mashinalarining bir turi — asinxron dvigatellarni ko‘rib chiqamiz. Asinxron motorlar (asinxron dvigatel) elektr energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Bu dvigatellar konstruksiyasining soddaligi, arzonligi, ishda ishonchliligi sababli sanoat, qishloq xo'jaligi va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qoMlaniladi. Har qanday elektr mashinalari kabi asinxron dvigatel generator rejimida ham ishlashi mumkin.
Avvallari asinxron dvigatelning generator rejimida ishlashi iqtisodiy-texnik jihatdan maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanar edi. Ammo keyingi yillarda o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, asinxron mashinalarning generator sifatida ishlatilishi qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda asinxron mashinalar asosan uch fazali dvigatellar sifatida ishlatiladi.

Asinxron dvigatel qo‘zg‘almas qism —stator va aylanuvchi qism — rotordan tashkil topgan. Statorda ayrim elektrotexnik po‘lat plastinkalardan yig‘ilgan o‘zak o‘rnatilgan bo‘lib, uning sirtidagi ariqchalarga (pazlaiga) fazoda 120° ga siljigan mis simdan iborat uchta o‘ram joylashtirilgan. Bu o‘ramlar yulduzcha yoki uchburchak usulida ulangan uch fazali elektr tarmog‘iga tutashtirilgan. Stator chulg‘amlarining natijaviy magnit maydoni aylanuvchi bo‘lib, rotorning chulg‘amlarini kesib o‘tadi. Asinxron dvigatelning rotori silindr shaklida ishlangan


bo‘lib, uning ham o‘zagi ayrim elektrotexnik po‘lat plastinkalardan yasalgan. Uning ariqchalarida (pazlarida) chulg‘amlar joylashtirilgan. Asinxron dvigatellar rotor chulg‘ami ishlanishiga ko‘ra ikkiga boiinadi. Rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatel, aluminiy steijenlardan tayyorlangan boiib, bunday asinxron dvigatelning rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatel deyiladi (7.1.- rasm, a).
Agar rotor chulg'ami oddiy mis yoki aluminiy simlardan uch fazali qilib ishlansa, bunday asinxron dvigatel faza rotorli asinxron dvigatel deyiladi (7.1- rasm, b). Uning chulg‘amlari yulduzcha usulida ulanib, maxsus mexanizm vositasida har
uchala faza qarshiliklari birdaniga o‘zgartirilishi mumkin. Faza rotorli asinxron dvigatellar qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Bu afzalliklar haqida keyinroq gapirishamiz. Stator chulg‘amlari natijaviy magnit maydonining aylanish tezligi quyidagi formuladan topiladi:
b unda: f — o‘zgaruvchan tok chastotasi,
p — jufit qutblar soni.

Bu magnit maydon rotoming chulg‘amlarini kesib o‘tib, chulg‘amlarda EYK va demak, berk kontur bo‘lganda tok hosil boiadi. Harqanday tokli o‘tkazgichni magnit maydonga kiritsak, bu o‘tkazgichga mexanik kuch ta’sir qiladi. Shunga binoan, rotorga ta'sir qiluvchi aylanuvchi moment vujudga keladi. Agar magnit maydon va rotor birga aylansa, bunday aylanish sinxron aylanish deyiladi. Asinxron dvigatellarda rotorning aylanish tezligi dvigatelning o‘qi (val) dagi ish mashinasi hosil qilgan tormozlovchi momentga bog‘liq. Demak, rotorning aylanish tezligi magnit maydon aylanish tezligidan farq qiladi. Mana shu farqni xarakterlovchi kattalik „sirpanish“ deyiladi va bu kattalik quyidagi formuladan aniqlanadi:


b unda n — magnit maydonning aylanish tezligi,
n1 — rotorning aylanish tezligi.

Dvigatelni yurgizish paytida n = 0; S = 1 . Dvigatelning salt ishlash rejimida:


n0 = n1 , S = 0. Demak, sirpanish S = 1 + 0 atrofida o‘zgaradi.

Asinxron dvigatelning rotorida hosil boMadigan EYK ning chastotasi quyidagi formuladan aniqlanadi:


b unda: n0—n1— magnit maydon va rotor aylanish tezliklarining ayirmasi, p— juft qutblar soni. Bu formulani magnit maydonning aylanish tezligiga ko‘paytirib bo‘lamiz:


Demak, rotoming EYK va tokining chastotasi sirpanish kattaligi bilan aniqlanadi. Sirpanish kattaligi esa yuqorida aytib o‘tganimizdek dvigatelning mexanik yuklanishi bilan aniqlanadi. Rotorda vujudga keladigan mexanik EYK, elektromagnit induksiya qonuniga asosan, transformatorning ikkilamchi chulg‘ami EYKinikiga o‘xshash formuladan aniqlanishi mumkin.
Normal rejimda ishlaydigan asinxron dvigatelning sirpanishi 5 = 0,01+ 0,06 chegarada o‘zgaradi. Sirpanishning nominal qiymatini nazarga olib bu ifodani tahlil qilamiz. Dvigatelni yurgizish paytida sirpanish eng katta (maksimal) S = 1 qiymatga erishadi. Rotor toki formulasining ham surati, ham maxrajida sirpanish kattaligi bor. Lekin tokning miqdoriga suratdagi sirpanish maxrajdagi sirpanishga nisbatan ko'proq ta'sir qiladi. Shu tufayli dvigatelni yurgizish paytida sirpanish maksimal —o‘z nominal qiymatidan o‘nlab marotaba katta qiymatga, rotor toki ham nominal qiymatidan 8—12 marta katta qiymatga erishadi. Asinxron dvigatelni
yurgizish paytida o‘tkinchi jarayon juda qisqa vaqtda — sekundning o‘ndan bir hissasi davomida o‘tsa ham, rotor toki va demak, stator toki ham nominal tokka nisbatan o'nlab marotaba oshadi. Bu asinxron dvigatelning kamchiligidir.


TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1.Rotor nima?
2. Sirpanish kattaligi qanday aniqlanadi?
3. Asinxron dvigatelning kamchiligi nimada?
Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə