188 mamlakatda moliya bozori ifratuzilmasini rivojlantirish yo`llari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix02.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#108068
  1   2   3
mamlakatda-moliya-bozori-ifratuzilmasini-rivojlantirish-yo-llari



188 
MAMLAKATDA MOLIYA BOZORI IFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH 
YO`LLARI 
 
O`rolov Sanjar Mamaturoyimovich 
tadqiqotchi, Namangan sh., O`zbekiston Respublikasi 
 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada mamlakatimizda moliya bozori infratuzilmasini 
rivojlantirishning nazariy asoslari, shuningdek, mavjud holat, tahlillar va istiqbolli rejalar 
haqida so‘z boradi.
 
Kalit so‘zlar: 
moliya bozori infratuzilmasi, qimmatli qog‘ozlar, kapital, 
obligatsiyalar, harakatlar strategiyasi, moliyaviy instrumentlar. 
 
 
WAYS TO DEVELOP FINANCIAL MARKET INFRASTRUCTURE IN THE 
COUNTRY 
 
Urolov Sanjar Mamaturoyimovich 
researcher, Namangan Sh., Republic of Uzbekistan 
 
Abstract.
In this article discusses the theoretical foundations of the development of the 
financial market infrastructure in our country, as well as the current situation, analyzes and 
future plans.
 
Key words: 
financial market infrastructure, securities, capital, bonds, action strategy, 
financial instruments. 
Fond bozori, qimmatli qogʻozlar bozori — moliya bozorining kimmatli qogʻozlar 
emissiyasi va ularning oldisotdisi bilan shugʻullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy 
vazifasi: investitsiyalarni, yaʼni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika 
ravnaqiga zarur investitsiya mablagʻlarini toʻplash hamda taqsimlash; qimmatli qogʻozlar 
paketlaridan foydalangan hodda mulk egaligini oʻzgartirish; qimmatli qogʻozlar oldisotdisi 
yoʻli bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qogʻozlar chiqarish yordamida davlat qarzini 
moliyalashtirish va boshqa 
Fond bozori qatnashchilari kapital "isteʼmolchilari" (emitentlar) va uni "takdim 
etuvchilar" (investorlar)dir. "Isteʼmolchilar" davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik 
milliy va xalqaro kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli 
qogʻozlar bilan ish yurituvchi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya 
banklari, sugʻurta jamiyatlari, pensiya fondlari va boshqalar) va yakka (xususiy shaxslar, 
shu jumladan, venchur biznesining uncha katta boʻlmagan korxona egalari) guruxlarga 
boʻlinadi. 
Fond bozori ishlari uning professional xodimlari: brokerlar (bitimda oʻz kapitali bilan 
qatnashuvchi vositachilar), boshqaruvchilar (ishonib topshirilgan qimmatli qogʻozlarni 
idora qiladigan shaxslar), kliringlar (oʻzaro majburiyatlarni aniqlash bilan shugullanuvchi 


189 
tashkilotlar), depozitariylar (qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi); 
reyestr yurituvchilar (qimmat qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishini bajaradi); savdo-
sotiqni tashkil etuvchilar (qimmatli qogozlar bilan bitam tuzishga yordam berish xizmagini 
bajaradi); jobberlar (qimmatli qogʻozlar bozori konʼyunkturasi boʻyicha mutaxassislar) 
orqali amalga oshiriladi. Ular bilan birga qimmatli qogʻozlar bozoriga bank xizmatchilari, 
investitsiya fondlari xodimlari, shuningdek, moliyaviy bozor uchun zarur boʻlgan 
qonunchilik va nazoratni taʼminlovchi davlat xizmatchilari va yuristlar xizmat koʻrsatadi. 
Fond bozori infratuzilmasini fond birjasi, roʻyxat (reyestr)ga oluvchi muassasalar, 
depozitariylar tizimi tashkil etadi. 
Fond bozori qimmatli qogʻozlarning kelib tushish vaqti va usuliga qarab birlamchi va 
ikkilamchi bozorlarga ajratiladi. Birlamchi bozor — Fond bozorining asosi hisoblanadi. 
Unda birinchi marta chiqarilayotgan qimmatli qogʻozlar joylashtiriladi. Birlamchi 
bozorning asosiy qatnashchilari qimmatli qogʻoz emitentlari va investorlardir. Investitsiya 
qilish uchun asosiy va aylanma moliyaviy kapital zaxiralariga muhtoj boʻlgan emitentlar 
Fond bozorida qimmatli qogʻozlar taklifini belgilaydi. Oʻz kapitalini qoʻllash uchun foydali 
soha izlovchi investorlar qimmatli qogʻozlarga talabni shakllantiradi. Birlamchi bozorda 
vaqtincha erkin pul mablagʻlarini jalb etish amalga oshiriladi. Lekin birlamchi bozor 
jamgʻarmani faqat milliy iqtisodiyot koʻlamidagina kengaytirish bilan chegaralanmaydi. 
Unda erkin pul mablagʻlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha taqsimlanishi 
ham sodir boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida qimmatli qogʻozlar keltiradigan daromad 
taqsimlanish mezoni boʻlib xizmat qiladi. Bu holat esa erkin pul mablagʻlari eng koʻp 
daromadni taʼminlovchi korxonalarga, xoʻjaliklar, tarmoklar va sohalarga yoʻnaltiradi, 
degan maʼnoni bildiradi. Birlamchi bozor yangi chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning 
emitentlar tomonidan joylashtirilishini nazarda tutadi. Shu bilan birga korporatsiyalar, 
hokimiyatlar, oʻzoʻzini idora qiluvchi mahalliy organlar emitentlar boʻlishlari mumkin. 
Bunday emitentlar guruxlarining bozordagi ahamiyati mamlakatdagi iktisodiyot holati va 
uning umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi. Koʻpchilik mamlakatlarning davlat 
byudjetidagi doimiy taqchillik qimmatli qogʻozlar bozorida davlatning muhim rol 
oʻynashini taʼminlaydi. Yakka va institutsional investorlar ham qimmatli qogʻozlar 
xaridorlari boʻlishi mumkin. Bular tijorat banklari, pensiya fondlari, sugʻurta 
kompaniyalari, investitsiya fondlari, oʻzaro yordam fondlari va h.k. 
Qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozori — birlamchi bozorning zaruriy 
qoʻshimchasi. Unda qimmatli qogʻozlarning olibsotarlik shaklidagi aylanmasi sodir boʻladi. 
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarning shakliga qarab ularni uyushtirilgan (birjali) va 
uyushtirilmagan (birjadan tashqaridagi yoki "koʻcha") bozorlariga ajratish mumkin. 
Uyushtirilgan bozorni fond birjalari tashkil qiladi. Qimmatli qogʻozlar bilan qilinadigan 
boshqa barcha bitimlar uyushtirilmagan bozorda amalga oshadi. Birjadan tashqari 
aylanmadagi savdoni mutaxassislar — brokerlar va dilerlik kompaniyalari olib boradi. 
Birjadan tashqari aylanmada savdo jarayonlarini bajaradigan yagona markaz yoʻkligi tufayli 
oldisotdi bitimlari telefon va kompyuter tarmoklari orqali bajariladi. Narxnavolar birjadan 
tashqari aylanmani tartibga soluvchi qoida asosida kelishib belgilanadi. 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə