188 mamlakatda moliya bozori ifratuzilmasini rivojlantirish yo`llari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix02.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#108068
1   2   3
mamlakatda-moliya-bozori-ifratuzilmasini-rivojlantirish-yo-llari

190 
Fond bozori moliyakredit tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat boshqaruvi 
obʼyekti hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi investorlar manfaatini emitentlar va vositachilar 
tomonidan qilinadigan noqonuniy hattiharakatlardan himoya qilishdir. Shu maqsadlarda 
qimmatli qogʻozlar emissiyasi, ularning muomalada boʻlishi hamda qimmatli qogʻozlar 
bozorining professional qatnashchilari faoliyatini tartibga soluvchi, shuningdek
mamlakatda amalda boʻlgan tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqiladi, maxsus maʼmuriy 
idoralar tuziladi. 
Oʻzbekistonda investitsiya jarayonlarini boshqarish va boʻsh turgan pul mablagʻlarni 
iqtisodiyotga jalb qilishning samarali vositasi boʻlgan Fond bozorining shakllanishi 90-
yillar boshlariga toʻgri keladi. 1993-yil 2-sentabrda bu bozor faoliyatining huquqiy bazasi 
boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida" 
qonuni qabul qilindi. 
Qisqa muddatlarda Fond bozori infratuzilmasining asosiy muassasalari — 1994-yilda 
"Toshkent" respublika fond birjasi oʻz faoliyatini boshladi. Respublika Prezidentining 1996-
yil 26-martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qimmatli 
qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish 
toʻgʻrisida" Farmoniga koʻra, respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi 
vakolatli davlat organi hisoblanadigan Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini 
muvofiklashtirish va nazorat qilish markazi tuzildi. 1999-yilda naqdsiz chiqarilgan qimmatli 
qogʻozlarni saqlash, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalaridagi davlat 
hissasi (huquqi) hisobini yuritadigan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va 30 dan 
ortiq ikkinchi bosqich depozitariylarini oʻz ichiga olgan ikki pogʻonali depozitariylar tizimi 
tashkil topdi. Respublika Fond bozorida brokerlar, dilerlar, boshqaruvchi kompaniyalar, 
investitsiya fondlari, investitsiya maslahatchilari, reyestr yurituvchilar va investitsiya 
kompaniyalaridan iborat 300 dan ortiq professional qatnashchilar faoliyat yuritadi (2004). 
Ulardan "Elsis kliring" hisobkitob palatasi (1998) respublikada birlamchi (uyushgan) Fond 
bozori ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni samarali amalga oshirishga 
koʻmaklashadi. "Vaqt" milliy depozitariysi (1994) Fond bozorining yirik instituti boʻlib, 
qimmatli qogʻozlarni saklash va ularga boʻlgan huquklar hisobini olib boradi. "Davinkom" 
("Davlat investitsiya kompaniyasi", 1999) xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini 
investorlarga sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 
vakolatli vakili hisoblanadi. 2000-yilda respublikada investitsiya muassasalarining milliy 
uyushmasi tashkil etilgan. Uning tarkibida 45 dan ortiq investitsiya muassasasi bor (2004).
So‘nggi yillarda milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini institutsional modernizatsiya 
qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarining yangi tahrirlari, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul 
qilinishi sohaning tashkiliy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish uchun mustahkam 
zamin yaratdi.
Ayni tahlikali davrda moliya tizimining xavfsiz darajada saqlab turilishi kelgusida 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning asosiy omillaridan biri ekanligini inobatga olib, 


191 
bugungi kunda moliya munosabatlar tizimi samaradorligini xalqaro andozalar asosida 
oshirish choralariga alohida ahamiyat berilmoqda. 
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda moliya bozori, shu 
jumladan, fond bozorini rivojlantirish yo‘lida tarixiy qadam tashlandi. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli Farmoni 
bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion 
g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat 
dasturiga asosan moliya bozorini rivojlantirish, sohada davlat boshqaruvini tubdan isloh 
qilish va davlat organlarining bir-birini takrorlovchi, ortiqcha nazorat funktsiyalarini bekor 
qilish hamda moliya bozori uchun yagona davlat organini tashkil etish masalasi qo‘yildi.[2] 
Albatta, ushbu masalaning islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlarining biriga 
aylanishi bejisga emas edi. Shu kungacha O‘zbekiston Respublikasida moliya bozorini 
tartibga solish, uning asosiy tarkibiy bo‘g‘ini hisoblangan qimmatli qog‘ozlar bozorini 
tartibga solish
va rivojlantirish bo‘yicha samarasiz, aytish mumkinki, mantiqiy nuqtai nazardan 
nomuvofiq tizim yo‘lga qo‘yilgan edi. Ya'ni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish va 
rivojlantirish uchun mas'ul vakolatli davlat organi hisoblangan Qimmatli qog‘ozlar bozorini 
muvofiqlashtirish
va rivojlantirish markazi davlat mulkini boshqarish sohasida vakolatli organ – Davlat 
raqobat qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan edi.
Fond bozoridagi, xususan, ikkilamchi bozordagi hozirgi holat shuni ko‘rsatdiki, aholi 
va investorlarning, shu jumladan, xorijiy investorlarning erkin mablag‘larini jalb qilish 
hisobiga kapitalning milliy bozori tomonidan iqtisodiyotning real sektorini moliyalashtirish 
bo‘yicha asosiy vazifalari bajarilmasdan qoldi. Fond bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik 
qilayotgan asosiy sabablar, bu bozorni boshqarishdagi tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy 
talablarga javob bermasligi, aktsiyadorlik jamiyatlariga ortiqcha talablarning qo‘yilishi, 
shuningdek, fond bozori sektorlarini isloh qilishda balanslashgan yondashuvlarga javob 
bermaydigan bozorning respublikadagi xususiylashtirish jarayonlari bilan bog‘liqligi bo‘ldi. 
O‘zbekistonda fond bozorining 25 yildan beri faoliyat yuritib kelayotganiga qaramay, 
bugungi kunda respublikada fond bozorining rivojlanishi dastlabki bosqichda desa ham 
bo‘ladi. Fond birjasi ushbu davr mobaynida Davlat raqobat qo‘mitasining auktsion 
maydonchasi, ya'ni aksariyat hollarda davlat mulkiga qarashli korxona va tashkilotlarning 
xususiylashtirish mexanizmi rolini bajarib kelgan. Shuningdek, mazkur birja faoliyatini 
tartibga solish bevosita Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan. Fond 
birjasida investor va aktsiyalar sotuvchi o‘rtasidagi bitim davomida yuzaga keladigan 
nizolar Davlat raqobat qo‘mitasida qoshida tashkil etilgan maxsus markaz yoki komissiya 
tomonidan ko‘rib chiqilgan.[3] 
Bu esa yillar davomida mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda 
ochiq bozor munosabatlariga asoslangan raqobat muhiti shakllanishi uchun, shuningdek, 
fond bozorining rivojlanish holati iqtisodiyotning real sektoriga uzoq muddatli va 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri,


192 
shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha mavjud imkoniyat va 
salohiyatdan foydalanishga imkon bermay, ko‘zlangan islohotlarni samarali amalga oshirish 
va respublikani jadallik bilan innovatsion rivojlantirishga to‘siq bo‘lib keldi.
Institutsional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish va moliya 
bozorining ishonchli ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi 
kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son Farmoni bilan Davlat raqobat 
qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish 
markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi 
mustaqil organ sifatida qayta tashkil etilishi sohada izchil instutsional o‘zgarishlarni boshlab 
berdi.
Ayni shu instutsional islohotlar samarasi o‘laroq, Kapital bozorini rivojlantirish 
agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan milliy moliya bozorini rivojlantirish bo‘yicha 
izchil chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar 
hajmi 2025 yilga borib, YaIMning 10 – 15 foiziga yetishi kutilmoqda (hozirda 0,2 foizni 
tashkil etadi).[4] 
«Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yagona 
fond birja. U 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta kompaniya o‘z 
aksiyalari va 4 ta emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z obligatsiyalari bilan savdo 
qiladi. 
Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan ularni 
jismoniy va yuridik shaxslar - investorlar xarid qilishi mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – qimmatli qog‘ozlarni saqlash, yuritish, 
harakatini hisobga olish yagona tizimini ta'minlaydigan hamda boshqa turdosh xizmatlarni 
ko‘rsatadigan tashkilot. (Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1999 
yi 21 maydagi 263-sonli “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va 
uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, majburiy litsenziyalashsiz 
amalga oshiradi).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə