2-laboratoriya ishi Yo‘l qurilishida qurilish-montaj ishlarining sifatini kompleks baholash. Ishdan maqsad



Yüklə 13,98 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü13,98 Kb.
#156619
  1   2   3
2-laboratoriya ishi Yo‘l qurilishida qurilish-montaj ishlarining-hozir.org


2-laboratoriya ishi Yo‘l qurilishida qurilish-montaj ishlarining sifatini kompleks baholash. Ishdan maqsad

2-laboratoriya ishi
Yo‘l qurilishida qurilish-montaj ishlarining sifatini kompleks baholash.

Ishdan maqsad: Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga asosan sementbeton qoplamalarini qurishda sifatni nazorat qilishni o‘rganish.
Yo‘l qurilishida qurilish-montaj ishlarining sifatini kompleks baholash SHNQ 3.06.03-08 me’yoriy hujjatga muvofiq bajariladi.

1.1. Quyidagi ishlar sifati baholanadi:


- alohida ish turlari (yo‘l poyi asosini tayyorlash, ko‘tarmalarni qurish va o‘ymalarni ishlash, suvlarni chetlatish ishlari, qo‘shimcha to‘kma yo‘l yoqasi, yo‘l to‘shamasida asos va qoplamalar qatlami);
-avtomobil yo‘llarining konstruktiv elementlarini qurish (yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasining asosi va qoplamasi);
-qurilish ishlari tugallangan avtomobil yo‘llari yoki ba’zi qismlaridagi qurilish-montaj ishlari;
-muayyan vaqtda bajarilgan qurilish-montaj ishlari(oy, chorak, yil). Tayyorgarlik va mustahkamlash ishlari, sun’iy inshootlar qurish ishlari, yo‘l va avtotransport xizmati bino va inshootlar qurish, yo‘lga tegishli qurilma va jihozlashni O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining “Qurilish-montaj ishlarini sifatini baholash” to‘g‘risidagi me’yoriy hujatlari asosida bajarish lozim.
1.2. Alohida ishlarning sifatini baholashni, natijaning o‘rtacha baholash darajasini loyiha va meyoriy hujjatlar talabiga javob berishini quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bunda:
Р – o‘rtacha baho;


Р – n ta o‘lchamlarning loyiha va meyoriy hujjatlar talabiga javob beruvchi darajasi, ballar bilan belgilanadi;
n – o‘lchamlar soni, har bir ish bo‘yicha baholanadi.
1.3. Alohida ishlarning sifatini baholashni “P” ning ko‘rsatkichi kattaligiga qarab belgilanadi:
Р=4,61-5,0 bo’lganda “a’lo” (5 ball)
Р=3,91-4,6 bo’lganda “yaxshi” (4 ball)
Р=3,0-3,9 bo’lganda “qoniqarli” (3 ball).
Har bir baholanishi lozim bo‘lgan ishlarda “qoniqarli” bahoni, agar texnik hujjatlardagi talablardek o‘lchamlari kam miqdorda farq qilsa (kam miqdordagi nuqson GOST 15467 dan) loyiha idorasi va buyurtmachi bilan kelishilganda beriladi. Bunday o‘lchamlarning soni umumiy o‘lchamlar sonining 50% dan ko‘p bo‘lmasligi shart.
1.4. Har bir turdagi ishlarni qabul qilish, quyidagi ilovadagi jadvalga kiritilmagan, lekin materiallarning va buyumlarning o‘lchamlari loyiha, me’yoriy hujjatlar va standartlar talablariga javob berishi majburiydir. Ishlar ilovadagi jadvalda ko‘rsatilmagan, texnik hujjatlar talablaridan kam miqdorda farq qiluvchi xollarda loyiha korxonasi va buyurtmachi bilan mos ish turi uchun (i) formula yordamida hisoblangan Pi kompleks ko‘rsatgichining qiymati 0,25 (har bir o‘lcham)ga kamaytiriladi. Agar shu ko‘rsatkichlar soni 3 dan kam bo‘lsa, shu turdagi ishlar “qoniqarli” deb topiladi (3 ball).
1.5. Agar ko‘rsatkichlarni baholashda bazi bir ish turlari o‘lchamlari loyiha va me’yoriy hujjatlarning shu ishlarini bajarish sharoitlari talablariga javob bermasa, bu ishlar qayta qabul qilishni va baholashni tuzatilgandan qayta bajarilgandan so‘ng hal etiladi.


Yüklə 13,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə