Mavzu: Операцион тизимдаги бузилишларни аниқлаш ва улардан ҳимояланиш. Ishdan maqsad



Yüklə 33,01 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü33,01 Kb.
#142312
5.LABORATORIYA MASHGULOTLARINI UTKAZISH TEXNOLOGIYASI



Mavzu: Операцион тизимдаги бузилишларни аниқлаш ва улардан ҳимояланиш.




Ishdan maqsad: Windows OTmi ishga tushirilganda apparat xatoliklari sabablarini o‘rganish.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
1.Uslubiy ko‘rsatma bilan batafsil tanishing
2. Windows yuklanish vaqtida F8 (F11) funktsional tugmasini bosing va hosil bo‘lgan variantlar bilan tanishing, so‘ngra ularni o‘rganing.
Windows ishidagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish
Windows ishidagi xatoliklarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin.Ular apparat xatoliklari va dasturiy xatoliklar.
Yuklanish paytidagi apparat xatoliklari
Dastlabki xatoliklar Windows yuklanish vaqtida ko‘zga tashlanishi mumkin. Chunki u yuklanishi bilan tizim o‘z apparatlari sozligini tekshiradi va u xaqida sizga xabar beradi. Ulardan:

  • Tizim platasi

  • Protsessor

  • Tezkor xotira

  • Video plata

qattiq disk va boshqa qurilmalar bo‘lishi mumkin.
Agarda ulardan biri nosoz bo‘lsa, kompyuter ishga tushmaydi.
Ularni bartaraf etish uchun esa:

Istalgan Windows SP diskini qo‘yib tiklashni (vosstanovlenie) amalga oshiring.
Windows bilan bog‘liq xatoliklar
Windows ishida bir necha xatoliklar bo‘lishi mumkin:

  • Operatsion tizim noto‘g‘ri yoki to‘la o‘rnatilmagan bo‘lsa;

  • Drayverlar mavjud holatda bo‘lmasa; (Drayver – maxsus, tizimga xizmat ko‘rsatuvchi dastur bo‘lib, u operatsion tizim va qurilmalar orasida munosabat o‘rnatadi. Ya’ni ularni birgalikda ishlashini ta’minlaydi.);

  • Amaliy dasturlar cheklangan foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lsa;

Tizimning “osilib qolishi”
Windows operatsion tizimi bir me’yorda ishlab turib tasodifan “osilib qolishi” mumkin. Ushbu xolat dasturiy yoki qurilma sababli ro‘y beradi.
• Protsessorning “zo‘riqishi” yoki qizib ketishi.
• Tezkor xotiraning nuqsonli moduli.
• Manba blokining yetarlicha quvvat olmasligi va aksincha.
Ushbu holatlar tizimda tashkil topgan drayver dasturlari, tizimli kutubxona yoki o‘rnatilgan dasturlar orqali amalga oshishi ham mumkin.
Yuqoridagi holat ro‘y berganida quyida keltirilgan amallarni bajaring.
1. Windows OT idagi vaqtinchalik fayllarni o‘chirib tashlang.
2. Tizim reestrini tozalang va defragmentatsiya qiling.
3. Windows kutubxonasini SFC dasturi orqali tekshiring.
4. Windows Update saytiga kirib OT uchun yangi kalit o‘rnating.
Va nihoyat–avvalgidek, eng murakkab qurilmalarning drayverlarini tekshiring (videoplatalarni birinchi navbatda).
Tizim “sekinlashishi”
Noldan boshlab “Hard disk”ka OT ning yangi versiyani o‘rnatib ko‘ring.
Kompyuterga bir necha asosiy dasturlarni o‘rnating. Tezlik kamayadi, ammo bu holatda ham kompyuterning ish tezligi sizni albatta qoniqtiradi.
Bir muncha vaqt o‘tib xotirada fayllar soni ko‘payganidan keyingina tizimning sekin ishlayotgani ko‘zga tashlanadi.
Papkalar ochilmay qolishi, tasvirlar sekinlik bilan ekranga chiqishi va dasturlar yuklanishi sustlashishi kabi holatlar kuzatiladi.
Ushbu holatlarda quyidagi sabablar inobatga olinishi mumkin:
1. Juda ham ko‘p miqdorda o‘rnatilgan dasturlar, ulardan ko‘plari doimo xotirada qiyinchilik bilan yuklanadi.
2. Qattiq disk va tizim reestrlardagi vaqtincha kerak bo‘lmagan, yoki umuman nokerak, “musor”lar to‘planganida.
3. Qattiq diskning kuchli fragmentatsiyasiyaga ega bo‘lishi.
4. Windows ning ratsional bo‘lmagan sozlanishi.
5. Ishning jiddiy sekinlashishiga viruslar ham sababchi bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki siz qayta antivirus dasturingizni yangi bazalarni tekshirishingiz maqsadga muvofiq (albatta ularni internetdan yangilashni unutmang).
6. “Sekinlashishga” boshqa sabablar ham olib kelishi mumkin, lekin havaskor foydalanuvchiga ularni aniqlash qiyinroq. Windows ni yangilab unga tezkorlik qaytarish eng optimal yo‘ldir.
Nazorat savollari

  1. Kompyuter tizimi bilan bog‘liq qanday xatoliklar mavjud?

2. Mavjud dasturiy xatoliklar va ular qanday bartaraf etiladi?
3. Tizimning sekinlashish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari.
4. Tizimning qotib qolish sabablari va ularni bartaraf etish usullari.
Adabiyotlar va manbaalar
1.Abraham Silberschatz " Operating System Concepts, 6th Edition " p. 31 - 47
2. Ron Mensfild. Windows для занятых. S-Peterburg, Piter, 1997 г.
3. Windows, руководство пользователя.
4. V. Leontev. Новейшая энциклопедия PK. M. «Olma-press образование», 2005.
5.www.Wikipedia.ru
6. www.Tashiit.uz
Yüklə 33,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə