20-dars. Amaliy mashg‘ulot



Yüklə 19,85 Kb.
tarix30.05.2022
ölçüsü19,85 Kb.
#88368
Dars ishlanmasi

20-dars. AMALIY MASHG‘ULOT


DARSNI OLIB BORISH TEXNOLOGIYASI



Maqsad

O‘quvchilarda berilgan masala modelini tuzish ko‘nikmasini hosil qilish.

Darsning turi (shakli)

Amaliy.

Dars rejasi

Berilgan masala modelini tuzish.

Natija

  • Modellashtirishning asosiy bosqichlari va ularni amalga oshirish ketma-ketligini aytib beradi.

  • Berilgan masala modelini tuza oladi.

Tayanch so‘zlar va iboralar

Algoritmlar, Tarmoqlanuvchi algoritmlar.

O‘qitish shakllari

Sinfda ishlash, guruhda ishlash, yakka tartibda ishlash.

O‘qitish metodi va texnologiyalari

Munozara, suhbat, savol-javob, “Kim chaqqon?” musobaqa metodi.

O‘qitish vositalari

Taqdimot, videodarslar, refleksiya kartochkalari (har bir o‘quvchi uchun), darslik: 30-bet.

AKT va interfaol vositalar

  • kompyuter

  • elektron doska

  • smart doska

  • proyektor

  • Televizor

  • kolonkalar

  • www://dr.rtm.uz

  • LMS Google Classroom

  • LMS Moodle

Adabiyotlar va internet resurslari

  1. Chris Roffey. Computer science. Programming book for Python. – USA: Cambridge university press. 2017. – 204 p.

  2. Chris Roffey. Python basics. Coding club. Level 1, 2. – USA:

Cambridge university press. 2012. – 85 p.

  1. www://dr.rtm.uz






DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

I. Tashkiliy qism


Salomlashish, davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
Uy vazifasi tekshiriladi, savol-javoblar uyushtiriladi.

III. Qiziqtirish (motivatsiya)


O‘quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish. Sinf doskasida sana, mavzu va qiziqtirish uchun savol yoziladi.

  1. Qanday algoritmlar chiziqli algoritm deb ataladi?

  2. Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb ataladi?

  3. Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb ataladi?

Javoblar bahs-munozara shaklida tahlil qilinadi.

IV. Mavzuni tushuntirish


Mavzu yuzasidan asosiy ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu www://dr.rtm.uz sayti yoki QR-kod
orqali yuklab olingan taqdimot va videolar yordamida taqdim etiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga aralash
algoritm haqida ma’lumot beriladi. Taqdimot yordamida darslikning 44–46-betlaridagi ma’lumotlar
tushuntirib beriladi.
O‘quvchilar, o‘z navbatida, diqqat bilan eshitib, mavzu haqida yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Shuningdek,
aralash algoritm ta’rifini hamda misollarning yechilishini daftarlariga yozib oladi.

V. Mavzuni mustahkamlash


Mavzuni mustahkamlash uchun “Kim chaqqon?” musobaqa metodidan foydalaniladi. O‘quvchilarga
46-betdagi 3-masala bajarishga beriladi. Kvadrat tenglama yechimlarini topish algoritmiga mos
blok-sxemani boshqa metodlarda tuzish topshiriladi.

VI. Baholash


O‘quvchilarni mustaqil ravishda bajargan ishlari baholanadi. O‘qituvchi darsdagi faolliklari hamda savol-javoblardagi ishtiroklariga qarab o‘quvchilarni baholaydi.



Baholash

Baho

Sana

Sinf jurnali

“5” – a’lo
“4” – yaxshi
“3” – qoniqarli
“2” – qoniqarsiz




O‘quvchi kundalik daftari




www.kundalik.uz





VII. Mavzuni xulosalash


Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qilinadi. O‘quvchilar tinglab, o‘z fikrlarini aytadi.

VIII. Uy vazifasini berish


Uy vazifasi – 26-betdagi 4, 5-topshiriqni mustaqil ravishda bajarish.
IX. Refleksiya
Refleksiya kartochkalari yordamida darsning borishi, o‘quvchilar tomonidan tushunilishi va ular qiziqishi aniqlanadi.
O‘quvchilar dars haqidagi fikrlarini beradi va o‘z faoliyatlarini baholaydi.
Yüklə 19,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə