22-sonli bhms “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”



Yüklə 3,08 Mb.
tarix20.10.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#128528
22-sonli BHMS

22-sonli BHMS “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”

BHMS asosiy maqsadi: chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilash.

  • “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga asoslanadi va buxgalteriya hisobini yuritish va tartibga solishning asosiy elementi hisoblanadi.
  • Respublika hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshiradigan barcha davlat korxona va tashkilotlari (banklar va kredit tashkilotlaridan tashqari) amal qilishi shart

O`zbekiston Respublikasida barcha korxona va tashkilotlar milliy valyutada - so`mda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart.

Chet el valyutasidagi operatsiyalar quyidagilar:

  • Aktivlar , ishlar va xizmatlarni chet valyutasida sotish yoki sotib olish;
  • Chet el valyutasida belgilangan kreditlar yoki qarzlarni olganda yoki to`laganda;
  • Chet el valyutasidagi majburiyatlar yuzaga kelganda va ularni qoplaganda

Chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalar Markaziy bank kursi o`zgarishiga bog`liq holda ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi. Aktivlarni koʻpaytiradigan yoхud majburiyatlarni kamaytiradigan kurs farqi ijobiy hisoblanadi. Majburiyatlarni koʻpaytiradigan yoхud aktivlarni kamaytiradigan kurs farqi salbiy hisoblanadi.

Xorijiy valyutadagi barcha operatsiyalar buхgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi Oʻzbekiston Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalentda aks ettiriladi

Valyuta kursi – Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining boshqa mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul birligiga nisbatan narхi

Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini so`mda qayta hisoblashda ushbu operatsiya sodir etilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo`yicha buxgalteriya hisobotiga kiritladi

Olib kelingan mahsulot, ish,xizmatlar narxlari chet valyutasidan milliy valyutaga baholangan sanadan boshlab to`lov qilingan sanagacha bo`lgan davr Ichida valyuta kursini o`zgarishi, korxonaning moliyaviy faoliyatidan daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.

Korxona va tashkilotlar har oyda balansnign valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo`jalik operatsiyalarini sodir etish sanasidagi Markaziy bank kursi bo`yicha qayta baholanadi. Qayta baholashdagi balansning valyuta moddalari quyidagilar:

Kassa va bank hisobvaraqalardagi valayuta mablag`lari

Debitorlik va kreditorlik qarzlari

Kreditlar va qarzlar

Pul ekvivalentlari va boshqa aktivlar va majburiyatlar

Quyidagilar qayta baholanmaydi:

Asosiy vositalar

Tovar moddiy zaxiralar

Nomoddiy aktivlar

O`rnatladigan asbob-uskunalar

KAPITAL QO`YILMALARI


XORIJIY INVESTITSIYALAR
USTAV KAPITALIGA AKSIYALARGA INVESTITSIYALAR

Korxonalarda kurs farqi korxonaning moliyaviy natijalariga to`g`ridan-to`g`ri olib boorish va jamg`arish usuli bilan hisobdan chiqriladi.

To`g`ridan-to`g`ri olib borish usulida kurs farqlari moliyaviy xo`jalik faoliyati natijalariga paydo bo`lishiga qarab olib boriladi.

Korxona quyidagi 2 ta usulning qaysi biridan foydalanishini hisob siyosatida aks ettirilishi kerak.

  • Jamg`arish usuli- 2019-yildan boshlab qo`llanilmaydi,ungacha bo`lgan davrda:
  • Chet el valyutasidagi qarzlar to`lanishiga qarab;
  • Balansning tegishli valyuta moddalari bilan operatsiya sodir etilishiga qarab;

O`zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymati shu davr Markaziy bank kursi bo`yicha so`mlarda qayta hisoblanishi lozim.

Valyutani bir marta emas, balki bir necha marta qayta hisoblashga toʻgʻri keladi. Avval – u korхona hisobraqamiga kelib tushganda (avans). Soʻng – daromadni tan olganingizda (debitorlik qarzi) yoki хarajat qilganingizda. Shuningdek yakuniy hisob-kitob qilayotganda qayta hisoblaysiz. Bir necha oy davomida valyuta hisobraqamingizdagi summa oʻzgarmasa-da, har safar qayta hisoblayotganingizda soʻmdagi ekvivalenti turlicha boʻladi, sababi Markaziy bankning valyuta kurslari har kuni oʻzgaradi. Bunday valyutani qayta hisoblash operatsiyalari valyutani qayta baholash deb nomlanadi. Valyuta hisobraqamlarini har oy qayta baholash zarur. Buхgalteriya hisobida sotib olingan valyuta, shuningdek uni хarid qilish boʻyicha хarajatlar (bank, birjaning vositachilik haqi) u kelib tushgan sanada amalda boʻlgan Markaziy bank kursi boʻyicha aks ettiriladi.

Moliyaviy hisobot va unga tushuntirishlarda quyidagilar yoritib berilishi kerak:

  • Korxonaning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlarining miqdori;
  • Qo`shilgan kapital sifatida tasniflanadigan kurs farqlari summasi;
  • Buxgalteriya hisobining boshqa schotlariga olib borilgan kurs farqlari miqdori;
  • Hisobot sanasidan keyin yuz bergan valyuta kurslari o`zgarishlarining oqibati, agar ular juda muhim bo`lsa va ularni yoritib bermaslik moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan to`g`ri baholashga va qarorlar qabul qilishga salbiy ta`sir ko`rsatsa;
  • Kurs farqini xo`jalik yurituvchi sub`ektning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarish usuli;
  • Moliyaviy hisobot tuzishning hisobot sanasidagi Markaziy bank kursi;

E`tiboringiz uchun raxmat !!!


Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə