22. Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan qanday insoniy fazilatlarga ega bo'lishni taqozo etadi



Yüklə 17,42 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü17,42 Kb.
#124241
etika oraliq baza


22.Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan qanday insoniy fazilatlarga ega bo'lishni taqozo etadi
Tibbiyot deontologiyasi tib xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lishni taqozo etadi. Bu fazilatlar: bilimdonlik, odamiylik, jasorat, mehr-shafqat, xushmuomalalik, halollik, pokizalik, insoflilik, sofdillik, ziyraklik, hozirjavoblik, bosiqlik, kamtarlik, izlanuvchanlik, andishalilikda ko'rinad

23. Tibbiyot amaliyotida yatrogen kasalliklarga sabab bo’ladigan 4 asosiy omil qaysilar?


Tib amaliyotida yatrogen kasalliklarga sabab bo 'ladigan 4 asosiy
omilni nazarda tutish kerak:
1. Bemorning anamnezini y’ig'ish.
2. Bemorning ichki holatini o'rganish.
3. Laborator tahliliga baho berish.
4. Tashxis va kasallik oqibatini aniqlash.

21.29.Muloqot san'atini egallagan oilaviy vrach qanday xastaliklarga uchragan bemorlar va ulaming yaqinlari bilan bir tarzda suxbat qurmasligi kerak?


Muloqot san'atini egallagan oilaviy vrach miokard infarktiga, miya insultiga, rakka, bronxial astmaga, silga, shizofreniyaga, zaxm, OITS (SPID) kabi xastaliklarga uchragan bemorlar va ulaming yaqinlari bilan bir tarzda suxbat qurmasligi kerak. Murakkab jarroxlik amaliyotidan oldin bemorlar va uning yaqinlari bilan olib boriladigan qiyin va uzoq suxbat uslubi o’ziga xos va murakkabdir

43.Tibbiyot bioetikasi nechta muloqot modellarini o'z ichiga oladi va ular qaysilar?


4 ta modeli

44. Muloqotning tarixiy modellari :


Muloqotning tarixiy modellari: 1. Gippokrat modeli (bemorga zarar keltirmaslik). Gippokrat (460-377 e.a.) qasamyodida bu modelni tarifi bor. "Bemorga zarar keltirma, bemomi axvolini yomonlashtiradigan muolaja qilinmasin». Muolaja va diagnostika niyatida qilinadigan chora tadbirlar natijasida bemorga ruxiy va jismoniy zarar yetqazmaslik xamda evtanaziyaga yo’l qo’ymaslik nazarda tutiladi.

2. Parasels modeli - mehribonlik qilish, bemorga ota-onasi kabi g’amxo’rlik qilish va bemor salomatligi javobgarligini o’z zimmasiga olish. Parasels (1493-1541 y.m.) - paternalism (pater - "ota"lat.), g’oyasining mazmuni shifokorni muolaja jarayonida bemorga otalarcha munosabat, yoki vasiylik qilish ma’nosini anglatadi, demak bemorni shifokorga to’liq ixlosi bo’lib, barcha muolajalarni muxokama qilmay to’- liq bajarishi tushuniladi.


3. Deontologiya modeli (Shifokor burchi). Deon - burch, logos - fan ma’nosida bo’lib, burch qoidalariga va shifokorlik qasamyodiga rioya qilish va bemorga kim bo’lishidan qat’iy nazar sidqidildan muolaja o’tqazish, uni parvarishlash xamda to’liq fidokorlik nazarda tutiladi.
4. Bioetika modeli (inson sha'ni va xuquqini xurmat qilish). Barcha diagnostik va davo muolajalarni va kasalligi to’g’risida bemor shani va xaq-xuquqlariga zid kelmasligiga rioya qilgan xamda yatrogeniyaga sabab bo’Imaydigan tarzda bu jarayonlar to’g’risida bemorlarga ma’lumot berish va ularning roziligi bilan muolaja va tekshiruvlar o’tqazish tushuniladi.
56.Noverbal muloqotni ahamiyati nimada?
Muloqotning ikkinchi ko'rinishi noverbaldir, yani so'z yordamisiz
muloqot. Bunday muloqot asosan xatti-harakat, imo-ishoralar, tana vaziyati, mimika bilan yuzaga keladi. Noverbal muloqot verbal muloqotni
to’ldirishi, uni ta’sirchanligini ta’minlashi muloqotni natijasini qanday
bo’lishini ta’minlashi mumkin. Shifokor o’z xatti xarakatini, mimikasini
nazorat qila olishi kerak
53.O'limi tez orada muqarrar bemorlar bilan muloqotning asosiy amal qiladigan jihatlari qaysilar?
57.Verbal muloqotning asosiy shartlari va qoidalari ayting
1. Bir kishi so'z boshlaganda juda zarurat bo'lmasa tashlab ketmang, oxirigacha eshiting. So'zlagan vaqtingizda qichqirmang, qizishib ketmang, odob, tarbiya doirasidan chiqmang. 2. Yolg'on aralashtirib so'zlamang, to'g'ri so'zlang, hech kimni g'iybat qilmang, birovning gapini orttirib, ko'paytirib so'zlamang. 61 3. Tilingizni yomon so'zlarga o'rgatmang, eshitgan hamma gapni to'g'ri deb ishonavermang, tekshiring, to’g'ri bo'lsa so'zlang. Nutqingizni juda cho'zib yubormang. 4. Muloqotda biror kishi haqida noloyiq so'zlar aytmang. Boshqalarga gap bermasdan faqat o'zingizgina so'zlab, hammani bezor qilmang, odamgarchilik so'zda emas, balki amalda ekanini unutmang. 5. Ota-bobongizni, o'zingizni hadeb maqtab, kerilib yurmang. Kamolotdan, ya'ni mukammallikdan mahrum bo'lgan odamga quruq so'z bilan maqtanib yurish soyasida kamolot kelmaydi. 6. Biror narsa to'g'risida so'rasalar, qo'pollik bilan emas, odob tarbiyasiga rioya qilib javob bering. Tinglovchi kishi so'zingizni yana qaytarib aytishni so'rasa, yo'q demay, qaytarib ayting. 7. Agar bir voqea to'g'risida gapirmoqchi, fikringizni bayon qilmoqchi bo'lsangiz, avvalo yaxshilab o'ylab, tarbiya odobiga rioya qilib, muloyimlik bilan so'zga kirishing, so'zingizni qasam ichib quvvatlamang, o'z fikringizga o'zingiz hayron bo'lib qolmang, o'z flkriga hayron bo'lish - nodonlar odati, qasam ichib: «Mening so'zim to'g'ri», - deb da'vo qilish yolg'onchilik alomatidir. 8. Zaruriyat bo'lmasa, qayg'u-alamli xabarlarni so'zlamang. Hikoya yo'li bilan bo'lsa ham odob, tarbiyaga qarshi bo'lgan so'zlarni og'zingizga olmang. Zimmangizga omonat qo'yilgan sirlarni fosh qilmang. 9. Hech kimni yomon so'zlar bilan tilga olmang, ta'na va tuhmatdan uzoq bo'ling, jamoa oldida ikki kishining pichirlab so'zlashuvi odobsizlikdir, buni yodingizdan chiqarmang. 10. Ota-bobolarimiz, «Yaxshi so'z-jon ozig'i, yomon so'z-bosh qozig'i» deganlar. Bobolarimizning bu hikmatli so'zlariga amal qiling, hamma bilan yaxshi muomalada bo'ling, hech kimning diliga ozor bermang, yaxshilik qilishni o'zingizga odat qilib oling.
59.Bemor qarindoshlari bilan muloqot qoidalari
Bemor qarindoshlari bilan ko'pincha qaltis, og'ir holatlarda muloqot
qilinadi. Xususan:
- O'zi haqida to’liq va to'g'ri ma'lumot bera olmaydigan ruhiy kasalning;
- O'limi muqarrar bo’lgan, lekin buning ochiq belgilarini sezmayotgan bemorning;
- Jonlantirish holatida yotgan, ya'ni shifokor bilan suhbatlashish
layoqatiga ega bo'lmagan bemorning;
- Nozik va qaltis operatsiya yoki oddiy operatsiya qilinishi zarur
bo'lgan bemorning qarindoshlari bilan alohida, yakkama-yakka suhbat
qilinishi zarur.
Bunday suhbatlar yuridik hujjatlarda (zaruriy holatlarda) o'z aksini
topishi zarur (masalan, bemor operatsiyasiga ruxsat etuvchi xatni yozish).
Ba'zan bemorning qarindoshlari bilan ahvolning yomonligi yoki
qandaydir oxirgi chora ko'rish maslahatlashiladi. Bu hufyona (yashirincha) kechgan suhbatdan bemor shubhalanmasligiga e'tibor muhimdir.
60.Ruhiy bemorlar bilan muloqotning o'ziga xosligi nimada ?
61.Kasalliklar turlaridan kelib chiqib, bemorlar bilan muloqotni guruhlarini aytib bering
muloqotni quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Ruhiy bemorlar bilan muloqot.
2. O'limi tez orada muqarrar bemorlar bilan muloqot.
3. Yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlar bilan muloqot.
4. Jarrohlik bo'limidagi bemorlar bilan muloqot.
5. Ginekologiya va tug'ruq bo'limidagi bemorlar bilan muloqot.
6 . Pediatriyada muomala odobi.
7. Bemor qarindoshlari bilan muloqot.
Yüklə 17,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə