2–amaliy ish Mavzu: Sementbetonning tarkibini va sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalarini tanlash, ularni qurishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar otryadini shakllantirish



Yüklə 39,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü39,87 Kb.
#158124
  1   2



2–amaliy ish
Mavzu: Sementbetonning tarkibini va sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari 
konstruksiyalarini tanlash, ularni qurishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar 
otryadini shakllantirish 
 
Sementbeton
– yirik va mayda to‘ldirgich (shag‘al yoki chaqiq tosh va qum), bog‘lovchi 
material (sement)ni suvga ma’lum (hisoblab aniqlangan) miqdorda qorib tayyorlangan qurilish 
materialidir.
SHNQ 2.05.02-07 ga ko‘ra qattiq yo‘l to‘shamalariga
1.
Sementbetonli quyma qoplamalar; 
2.
Sementbeton asosli asfaltbeton qoplamalar
3.
Temirbeton, armobeton va beton plitalardan yig‘ma qoplamalarga ega bo‘lgan 
to‘shamalar kiritiladi. 
I va II - toifali yo‘llarda sementbeton qoplamaning asosi chaqiq tosh, shag‘al va qumli-
shag‘al xamda, sement bilan mustahkamlangan materiallardan quriladi. III - toifali yo‘llarda 
organik bog‘lovchi-lar bilan mustahkamlangan gruntdan foydalaniladi. 
Sementbetonli qoplamalar quyma va yig‘ma xolatda quriladi. Avtomobil yo‘llarida 
xarakatlanuvchi avtomobil transportining yuqori xarakat qatnovi xamda tarkibidagi og‘ir yuk 
avtomobillarning ko‘payishi sementbeton qoplamalarini asosan I-III – toifali yo‘llarda qurishga 
sabab bo‘ladi. 
Sementbetonli qoplamalar quyma va yig‘ma xolatda quriladi. Quyma sementbeton 
qoplamalari yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, uzoq muddatga xizmat qila oladi. 
Beton qoplamalar qalinligi SHNQ 2.05.02-07 ga asosan 18-24 sm deb qabul qilingan. 
Yo‘l qurilishida sementbetonli qoplamalar bir va ikki qatlamli quriladi. Markaziy Osiyo 
sharoitida, asosan, bir qatlamli qoplama qurish qabul qilingan. Ikki qatlamli qoplama qurishdan 
maqsad ostki qatlamida uncha mustahkam bo‘lmagan maxalliy materiallardan foyda-lanib, arzon 
qatlamga ega bo‘lishdir. 
Betonyotqizgichlar 
24-jadval 
Mashina turi 
YOtqizish tasmasining 
kengligi b, m 
Qatlam qalinligi
h
cm
, m 
Ishchi tezligi
V
p
, m/s 
DS-169-6.0 
gusenitsali 
6.0 
0.16....24 
60...1200 
Wirtgen SO-250 
Wirtgen SO 500 
Wirtgen SO 850 
Wirtgen SO 1600 
1.0...2.5 
2.0...6.0 
2.5....9.0 
5.0...16.0 
0.3 gacha 
0.4 gacha 
0.4 gacha 
0.5 gacha 
1000 
Ish unumdorligi
T
B
сл
сл
p
K
K
К
h
a
b
V
У







)
(
m
3
/s
.
(80)
bu erda: 
p
V
-ishchi tezlik, m/s; 
b
-qatlam qalinligi (yotqizish tasmasi); 
сл
h
-yotqizilgan qatlam 
qalinligi (zich jismda), m; 
a
-bir necha tasmali yotqizilgan qatlamda qo‘shni tasmalarni qamrash 
(qoplash) kengligi, m (
a
=0.5 m); 
сл
К
-yotqizilgan qatlam qalinligini hisobga oluvchi koeffitsient 



(18-rasm); 
В
К
=0.75, 
Т
К
=0.75. 
18- rasm. Sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalarini qurish 
 
Qattiq yo‘l to‘shamasining konstruksiyasi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi: 

Qurish texnologiyasi bo‘yicha: quyma, yig‘ma, yig‘ma-quymali; 

Qatlamlar soni bo‘yicha: bir va ikki qatlamli: 

Armaturalar turi va bor-yo‘qligiga qarab: armaturasiz, armaturali, (armobetonli, temir-
betonli, uzluksiz armaturali); 

Sement turiga qarab: oddiy portlantsementli, sulfatga turg‘un sement; 

Beton turi bo‘yicha: og‘ir betonli, engil betonli (keramzit betonli, termolit betonli); 

Yo‘l to‘shamasida joylashishi bo‘yicha: qoplamada, to‘shama asosida; 

Zichlanishi bo‘yicha: titratib va shibbalanib. 
Qo‘zg‘almas qolip va xarakatlanuvchi izli qolipda betonli qoplama qurilsa, avval, albatta, 
tekislovchi qatlam qurib olinadi. Bu qatlamning vazifasi qoplamani asos ustida siljishiga 
bo‘lgan qarshiligini kamaytiradi, asosning notekis joylarini tekislaydi. Tekislab olish uchun 
qum va mayda chaqilgan tosh zarralariga bitum bilan ishlov berib yotqizsa bo‘ladi. Bunda 
ular qalinligi 3-5 sm bo‘lsa kifoya. 
19-rasm. Sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalarini qurish 



Sementbetonli qoplamalarda harorat ta’siridan yuz beradigan kengayib-torayishlarni va sodir 
bo‘ladigan kuchlanishni ta’sirini so‘ndirish uchun ko‘ndalang va bo‘ylama choklar kuriladi. 
Ko‘ndalang choklarga kengayish, siqilish, qayishishga ishlaydigan va ishchi choklar kiradi. 
SHNQ 2.05.02.07 ga asosan ko‘ndalang choklar kengligini siqilishda 15 mm, kengayishda 20 
mm, bo‘ylama choklarni 10 mm qilib qurish lozim. 
20- racm. Deformatsiya choklaridagi shtirning joylashish sxemasi 
1-mustaqil asosli qoplamani qurishda siqilish choki (chaqiq tosh, grunt, sement bilan 
mustahkamlangan); 2-kengayish choki; 3-bo‘ylama chok; 4-bo‘sh asosdagi siqilish choki (qum, 
qum-shag‘alli qorishma); 5-ishchi chok; 6-shtirlar; 

Yüklə 39,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə