3-amaliy mashg’ulot mavzu: O’rmon huquqiy munosabatlar. O’rmon huquqiy munosabatlar tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#145239
  1   2
3-AMALIY

3-AMALIY MASHG’ULOT

Mavzu: O’rmon huquqiy munosabatlar. O’rmon huquqiy munosabatlar tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari.


O’rmon huquqiy munosabatlar tushunchasi va tasnifi. Davlat va huquq nazariyasida huquq normalari bilan tartibga solanadigan ijtimoiy munosabatlar “huquqiy munosabatlar” sifatida e’tirof etiladi. Huquqiy munosabatlar faqat ularning o’ziga tegishli bo’lgan bosqilariga ega bo’ladilar, bular: birinchidan, ijtimoiy munosabatlar; ikkinchidan, ular harakatdagi huquqiy normalar asosida tartibga solinadi; uchinchidan, huquqiy munosabatlar erkinlik harakatlariga ega bo’ladi; to’rtinchidan, huquqiy munosabatlar ishtirokchilari yuridik huquq va majburiyatlar egalari sifatida harakat qiladilar.
Umumiy tushunchadan kelib chiqqan holda o’rmon-huquqiy munosabatlarga quyidagicha ta’rif berish mumkin: o’rmon-huquqiy munosabatlari deganda, o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, foydalanish, qayta ko’paytirish va mahsuldorligini oshirish sohasidagi huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar tushuniladi. O’rmon huquqiy munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular aynan o’rmonlardan foydalanish, muhofaza qilish, qo’riqlash va qayta ko’paytirish bilan bog’liq holda vujudga keladi, o’zgaradi va tugatiladi. Bundan tashqari, o’rmon huquqiy munosabatlar o’rmon huquqi normalari asosida ham kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasining “O’rmon to’g’risida”gi qonunining 2-moddasiga aytilishicha, “O’rmon to’g’risida”gi qonunning vazifalari o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy ko’paytirishni ta’minlash hamda mahsuldorligini oshirish maqsadida o’rmonga oid munosabatlarning tartibga solishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat. O’rmon qonun hujjatlarida o’z ifodasini topgan huquqiy normalar davlat tomonidan o’rnatilgan va ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatidan o’rmon munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy qoidalardir. O’rmon huquqi normalarining o’ziga xosligi shundan iboratki, normalarda ifodalangan qoidalar ma’lum xulq-atvorni belgilash, majburiyat yuklash va huquq berishga yo’naltiriladi.
O’rmon huquqi munosabatlar juda xilma-xildir. Ba’zilari o’rmonlarni muhofaza qilish va qo’riqlash sohasida, boshqalari o’rmonlardan foydalanigsh sohasida, yana birlari o’rmonlari qayta ko’paytirish va mahsuldorligini oshirish sohasida yuzaga keladi.
SHunday qilib, o’rmon huquqiy munosabatlarining quyidagi turlarini tasniflash mumkin: 1) o’rmonga nisbatan davlat mulkchiligini huquqiy munosabatlari;
2) o’rmondan foydalanish, o’rmondan foydalanuvchilar – yuridik va jismoniy shaxslar huquqlarini himoya qilish bo’yicha huquqiy munosabatlar;
3) muhofazalovchi huquqiy munosabatlar;
4) o’rmonlarni qo’riqlash, qayta ko’paytirish va mahsuldorligini oshirish sohasidagi huquqiy munosabatlar;
5) o’rmonlarni boshqarish (hisobga olish, monitoring o’tkazish, nazorat qilish) sohasidagi huquqiy munosabatlar. Ushbu holatlarda o’rmon huquqiy munosabatlarini tasniflash uchun asos sifatida huquqiy tartibga solish predmeti olingan.
O’rmon huquqiy munosabatlarini tasniflashning navbatdagi asosi sifatida ularning yuridik belgilarini ko’rsatish mumkin. Bunga o’rmonlarni huquqiy tasnifi, o’rmon huquqi normalarning xarakteri va o’rmon huquqiy munosabatlari ishtirokchilari huquq va majburiyatlari mazmunining o’ziga xos xususiyatlari kabilar kiradi. Jumladan, O’zbekistonda o’rmonlar davlat o’rmon fondini tashkil etadi va u davlat ahamiyatidagi o’rmonlar, ya’ni o’rmon xo’jaligi davlat organlari ixtiyoridagi qoida boshqa idora va yuridik shaxslar ixtiyoridagi o’rmonlardan iborat bo’ladi.
O’zbekistonda o’rmonlar belgilangan maqsad va bajaradigan vazifasiga ko’ra, “O’rmon to’g’risida”gi qonnuning 15-moddasiga binoan, 15 ta qo’riqlanish toifalariga bo’linadi. Bular, o’rmonlarning daryolar, ko’llar, suv omborlari va boshqa suv ob’ektlari sohili bo’ylab o’tgan taqiqlangan mintaqalari; o’rmonlarning temir yo’l va avtomobil yo’llari yoqalab o’tgan ihota mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o’rmonlar; shahar o’rmonlari va o’rmon bog’lar va boshqalar. Bu holatda har bir toifa o’rmonlarning belgilangan maqsadining o’ziga xos xususiyatlarini farqlash lozim.
O’rmon munosabatdagi yana umumiy va aniq turlari bo’linadi. Ishtirokchilari doirasi bo’yicha umumiy xarakter kasb etuvchi o’rmon munosabatlari umumiy munosabatlar hisoblanadi. Masalan, “O’rmon to’g’risida”gi qonunning 4-moddasida ko’rsatilishicha, o’rmonlar davlat mulki – umummiliy boylik bo’lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan qo’riqlanadi. Demak, qonunning ushbu normasi O’zbekiston Konstitutsiyasining 55-moddasi talabidan kelib chiqib, barcha huquqlarga taalluqli bo’ladi. Yana bir misol, “O’rmon to’g’risida”gi qonunning 30- moddasiga ko’ra, fuqarolar o’simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanishni ko’zlab o’rmonlarda bo’ladi, yovvoyi dorivor hamda oziq- ovqatbop o’simliklar, mevalar va qo’ziqorinlarni o’z ehtiyojlari uchun yig’ish huquqiga ega. Qonunning ushbu qoidasi barcha fuqarolarning o’rmonlarda bo’lish huquqini aniqlab beradi.
Aniq o’rmon munosabatlari shu bilan tavsiflanadiki, bunda taraflarning huquqi va majburiyatlari tegishli huquqiy hujjat – o’rmon uchastkasidan foydalanish huquqi shartnomasida; o’rmon biletida; o’rmon kesish biletida aniq mustahkamlanadi. Jumladan, fuqaro order olib yog’och kesish va yog’och tayyorlash huquqiy munosabatlarining ishtirokchisi bo’lishi mumkin. So’nggi yillarda butun dunyoda o’rmonlarning genetik xususiyatlariga, xususan madaniy o’simliklarning yovvoyi navlari va birinchi navbatda qishloq xo’jaligi madaniy o’simliklariga alohida e’tibor berilmoqda. SHu bilan bog’liq holda O’zbekiston Respublikasning o’rmon qonunchiligiga quyidagi tahrirda alohida modda kiritilishi maqsadga muvofiq bo’lardi.

Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə