3-amaliy mashg’ulot mavzu: O’rmon huquqiy munosabatlar. O’rmon huquqiy munosabatlar tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#145239
1   2
3-AMALIY

O’rmon huquqiy munosabatlari. O’rmon huquqiy munosabatlari – bu huquq normalari bilan tartibga solib turiladigan o’rmonlarni muhofaza va himoya qilish, ulardan foydalanish, yaratish va mahsuldorligini oshirish, ular genofondini saqlash, yovvoyi madaniy o’simliklar muhofazasi, o’rmon ekotizimi va tabiat kompleksi bilan bog’liq, shuningdek o’rmonlardan yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanish jarayonida ularning huquqlari himoyasi bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlardir.

  1. O’rmon huquqiy munosabatlari o’rmon qonunchiligi va mazkur munosabatlarga doir boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

  2. O’rmon uchastkalari ijarasi va o’rmon mahsulotlari savdosi bilan bog’liq bo’lgan mulkiy munosabatlar fuqarolik, yer va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

  3. Yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik (o’rmonlardan tashqari) va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi, muhofaza etiladigan hududlar muhofazasi bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

  4. Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi o’rmon va mulkiy munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

  5. Agar O’zbekiston Respublikasining o’rmon qonunchiligida xalqaro shartnomalardagi boshqacha qoidalar o’rnatilgan bo’lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

Yuridik adabiyotlarda o’rmon huquqi normalari bilan o’rnatilgan va bevosita protsessual faoliyatni aniqlovchi protsessual o’rmon huquqiy munosabatlari mavjudligi ta’kidlanadi16. SHunday normalarga o’rmondan foydalanish huquqiga oid nizolarni hay etish haqidagi, o’rmon kesish biletlarini olish muddatlari shartnomalar tuzish haqidagi nizolar va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
3. O’rmon huquqiy munosabatlarning vujudga kelish, tugatilishi va to’xtatilish asoslari. Huquqiy munosabatlar vujudga kelishi, tugatilishi va to’xtatilishi asoslari yuridik fakt hisoblanadi, ya’ni hodisa va harakatlar yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, odamlarning barcha harakati va qilmishi ham huquqiy munosabatlarni vujudga kelishiga olib kelmaydi, balki faqat huquq normalarida mustahkamlanganlarigina huquqiy asos bo’lishi mumkin.
SHundan kelib chiqib, o’rmon huquqiy munosabatlarida yuridik faktlar deganda, o’rmon qonunchiligida o’rnatilgan o’rmonlardan foydalanish, muhofaza qilish va qayta ko’paytirish sohasida o’rmon huquqiy munosabatlarini vujudga kelishi, o’zgarishi va tugatilishi bilan bog’liq bo’lgan harakat va hodisalar tushuniladi. Jumladan, fuqaro D. o’rmonda bo’lib daraxtlar sohasida dam oldi, buloq suvidan ichdi, qushlarning kuylashini eshitdi va o’rmondan ketdi. Fuqaro D.ning o’rmonda bo’lish yuridik fakti aniq, ammo bunda o’rmon huquqiy munosabatlari vujudga kelmaydi, chunki, fuqaro D. tomonidan o’rmon qonunchiligi talablari buzilmagan. SHu vaziyatning boshqacha yo’sinda rivojlanishiga misol keltiramiz. Fuqaro D. o’rmonda bo’lib daraxtlar soyasida dam oldi, buloq suvidan ichdi, qushlarning kuylashini eshitdi, sigareta chekdi, sigaret qoldig’ini qurib qolgan xaslar ustiga tashladi va o’rmondan ketdi. Tashlangan sigareta qoldig’idan yong’in kelib chiqdi va buning oqibatida 0,2 ga maydonda o’rmon yonib ketdi. Bu holatda o’rmon huquqiy munosabatlarining vujudga kelishi uchun asos bor, chunki fuqaro D. O’zbekiston Respublikasining “O’rmon to’g’risida”gi qonunining 30-moddasi talablarini buzgan.
Amaliyotda ko’pchilik holatlarda o’rmon huquqiy munosabatlarining vujudga kelishi, o’zgarishi va to’xtatilishi o’rmonda foydalanish bilan bog’liq bo’ladi. Bu munosabatlarga “O’rmon to’g’risida”gi qonunda o’ndan ortiq moddalar bag’ishlangan. Xususan, shu qonunning 22-moddasida o’rmondan foydalanish huquqini berishga oid munosabatlarni tartibga soladi, 25-modda o’rmondan foydalanish turlarini belgilaydi, 24-modda esa o’rmondan foydalanish tugatish bilan bog’liq munosabatlarni o’rnatadi. O’rmon qonunchiligi buzilgan hollarda, shuningdek o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash va qayta ko’paytirish maqsadida o’rmondan foydalanish huquqi cheklanishi, to’xtatib turilishi yoki man etilishi mumkin.


Nazorat savollari:


      1. O’rmon huquqiy munosabatlari deganda nimani tushunasiz?

      2. O’rmon huquqiy munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

      3. O’rmon huquqiy munosabatlarining tasniflab bering.

      4. O’rmondan foydalanuvchilar qanday huquq va majburiyatlarga ega?

      5. O’rmon huquqiy munosabatlarning vujudga kelish va tugatilishi asoslari nimalardan iborat?

Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə