3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Reja



Yüklə 107,42 Kb.
səhifə1/16
tarix26.04.2023
ölçüsü107,42 Kb.
#106973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3-Mavzu


3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i.
Reja:
1.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari va soliq solish ob’ekti.
2.Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i imtiyozlari.
3.Soliq bazasi va stavkasi hamda soliqni hisoblash tartibi.
4.Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi.


3.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari va soliq solish ob’ekti.
Ma’lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq to’lovchilar ikkiga bo’lingan, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslardir.
Jismoniy shaxslarga – yuridik shaxs maqomini olmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar kiradi.
Jismoniy shaxslar to’layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan salmoqli o’rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i – davlat byudjeti daromad manbalaridan biri bo’lib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq to’lovchilari deb (bundan buyon ushbu bo’limda soliq to’lovchilar deb yuritiladi) quyidagilar e’tirof etiladi:
1) O’zbekiston Respublikasining rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar;

  1. O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan jismoniy shaxslar.

Soliq solish ob’ekti- soliq to’lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining (bundan keyin ushbu bo’limda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob’ekti deb hisoblanadi. Soliq solish ob`ekti soliqlarni to`g`ri hisoblab chiqarish va belgilangan soliq imtiyozlarini tadbiq etilishida muhim oringa egadir.
Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiradi:
1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;
2) mulkiy daromadlar;
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
4) boshqa daromadlar.

Yüklə 107,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə