4-Amaliy ish



Yüklə 26,25 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü26,25 Kb.
#162928
Amaliy ish 4

4-Amaliy ish




PORTLOVCHI MODDANI PORTLATIB YONISH KO'RSATKICHLARINI HISOBLASH. PORTLOVCHI MODDA ZARYADI PORTLAGANDA HOSIL BO’LADIGAN GAZLAR HARORATINI ANIQLASH.

Portlashda hosil bo’ladigan gazlar harorati (0С) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:



bunda Qv – portlovchi modda portlash issiqligi, J/mol; сv–hajm o’zgarmas bo’lganda 0 dan T 0C gacha oraliqda barcha portlash mahsulotlarining o’rtacha issiqlik sig’imi, J/(mol∙0C).
Issiqlik sig’imining qiymati haroratga bog’liq holda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

bunda а va b – tajriba yo’li bilan aniqlangan koeffisiyentlar.
Tenglamani yechish orqali quyidagiga ega bo’lamiz:

Ba’zi bir gazlarning issiqlik sig’imi haroratga bog’liq holda quyidagi formulalar bo’yicha aniqlanadi:

ikki atomli gazlar uchun


cv=20,1+18,8∙10-4tJ/(mol∙0C);
to’rt atomli gazlar uchun
cv=41,9+18,8∙10-4tJ/(mol∙0C);
suv bug’lari uchun
cv=16,76+90∙10-4tJ/(mol∙0C);
karbonat angidridi uchun
cv=37,7+24,3∙10-4tJ/(mol∙0C);
qattiq mahsulotlar uchun
cv=26,8J/(mol∙0C);
Gazlar aralashmasi issiqlik sig’imini yuqorida keltirilgan formulalar bo’yicha aniqlashda aralashmani tashkil etuvchi har bir gazning ulush miqdori hisobga olinib, ∑а va ∑b ning yig’indi qiymati hisoblanadi.
Bunda hisoblash formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

5.1-misol.Nitrogliserin portlash harorati aniqlansin.
Masala yechimi. Nitrogliserin portlash issiqligi 1443 kJ/mol ga teng.POrtlashda hosil bo’ladigan barcha mahsulotlar issiqlik sig’imi (4.1-misolga qarang) yuqorida keltirilgan formulalar bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:
3СО2 uchun:
3∙(37,7+24,3∙10-4t)=113+72,9∙10-4t;
2,5Н2О uchun:
2,5∙(16,76+90∙10-4t)=41.9+225∙10-4t;
Jami:
cv=154,9+297,9∙10-4t.
Demak,
а=154,9; ∑b=297,9∙10-4.
Ushbu aniqlangan qiymatlarni formulaga qo’yib t ning qiymatini aniqlash mumkin:



5.1-masala.Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan ammiakli selitra portlovchi moddasining portlash gazlari haroratini aniqlang:
2NH4NO3→4H2O+2N2+O2.
5.2-masala.Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan nitroglikol portlovchi moddasining portlash gazlari haroratini aniqlang:
C2H4(ONO2)2→2CO2+2H2O+N2.
5.3-masala.Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan dinitronaftalin portlovchi moddasining portlash gazlari haroratini aniqlang:
C10H6(NO2)2→CO+3H2O+N2+9C.
5.4-masala.Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan trotil portlovchi moddasining portlash gazlari haroratini aniqlang:
2C6H2(NO2)3CH3→5H2O+7CO+7C+3N2
5.5-masala.Portlash reaksiyasi quyidagicha bo’lgan geksogen portlovchi moddasining portlash gazlari haroratini aniqlang:
C3H6N6O6 →3H2O+3CO+3N2
Yüklə 26,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə