4-ma’ruza. Naryad va farmoyish berish. Qisqa muddatli va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar



Yüklə 6,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix03.06.2023
ölçüsü6,99 Mb.
#115331
  1   2   3   4   5   6
Mirkomil 1



5-Ma’ruza. Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish.

Reja:
I. Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish.
II. Ish jarayonida nazorat olib borish.
III. Brigadani boshqa ish joyiga
ko‘chirish
.
IV. Ish
jarayonida
tanaffus
va
ish
tugashini
rasmiylashtirish.
V. Sinov savollari.


I. Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish.

Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish faqat navbatchi yoki
bunga vakolati bor shaxs tomonidan ruxsat olinganidan so‘ng amalga
oshirilishi mumkin. Issikliq avtomatikasi va o‘lchovchi uskunalarida
ishlashga ijozat berish tartibi bundan mustasno.

Ruxsat ish joyini tayyorlashni va ishlashga ijozat berishni
bajaradigan shaxsga telefon, radio, chopar orqali yoki yaqin o‘rtadagi
podstansiya navbatchisi orqali beriladi. Bunday ruxsatni oldindan
berish qat’iyan man etiladi.

Brigadani faqat bitta naryad bilan ishlashiga ijozat beriladi.

Naryadda ish joyini tayyorlashga taalluqli ko‘rsatilgan chora-
tadbirlarni o‘zgartirish man qilinadi.




Ish joyini tayyorlashga taalluqli chora-tadbir to‘g‘ri va etarligiga hamda
ishni xavfsiz bajarilishiga shubxa paydo bo‘lganda ish joyini tayyorlash
to‘xtatiladi.

Ishboshi ishlashga ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan
bajargan taqdirda, u ish joyini brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi
bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan birortasi bilan tayyorlashi shart.

Ishlashga ijozat beruvchi ishlashga ijozat berishdan oldin, ish joyini
tayyorlashga taalluqli texnik tadbirlarni bajarilganligi to‘g‘risida ishonch
hosil qilishi kerak. Ishonch, o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, tezkorlik jurnalida
yozilgan yozuvga qarab, ishlab turgan elektr tarmoq chizmasidagi
belgilariga qarash yoki navbatchi, tezkor-ta’mirlovchi
xodim va elektr
energiya iste’mol qiluvchi korxona xodimining ma’lumotlari orqali, hosil
qilinishi mumkin.



Ish rahbari va ishboshi ishlashga ijozat berishdan oldin ishlashga ijozat
beruvchidan ish joyini tayyorlashda qanday chora-tadbirlar ko‘rilganini
aniqlashi va bu joyni tayyorlash qanday bajarilganini bevosita shaxsan o‘zi ish
joyida ko‘zdan kechirishi kerak.

Ishlashga ijozat berishdan oldin ish joyi tayyorligini ish rahbari ishlashga
ijozat beruvchi bilan birgalikda yoki uning ruxsati bilan ishboshi, ish rahbari
yoki ishlashga ijozat beruvchi xodim bilan tekshirishi kerak.

Elektr uskunada naryad va farmoyish bilan ishlashga ijozat berish bevosita
ish joyining o‘zida amalga oshirilishi lozim.

Farmoyish bilan ishlashda ish joyini tayyorlash kerak bo‘lmagan taqdirda
brigadani ishlashga ijozat berish ish joyiga borib amalga oshirilishi shart emas,
havo va kabel elektr uzatish, hamda havo aloqa tarmoqlarida esa talab
qilinmaydi.



Yüklə 6,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə