5-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Payvandlash robotlarining infraqizil nurli sensorlarini o‘rganish
Ishni bajarishdan maqsad:
Infraqizil nurli sensorlar haqida talabalarda umumiy bilimlarni shakllantirish,
optika hodisalaridan payvandlab ishlab chiqarishda
yuqori sezuvchanligi
natijasida ish samaradorligiga erishishning nazariy va amaliy bilim
ko’nikmalarini shakllantirish.
Nazariy qism:
Infraqizil nurlanish — to‘lqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 - 2 mm gacha bo‘lgan
ko‘zga ko‘rinmas elektromagnit nurlanish. Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan
(1800). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (to‘lqin uz. X=0,74—
2,5 mkm), o‘rta (2,5 — 50 mkm) va uzok. (50 — 2000 mkm)
sohalarga
bo‘linadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va
sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish spektri
sohasi (0,4— 0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga o‘tishda
keskin o‘zgaradi. Ko‘pgina moddalar ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish spektri
sohasida shaffof bo‘lsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida
shaffof bo‘lmasligi (yoki aksincha) mumkin. Mas, bir necha sm kalinlikdagi
tiniq suv qatlami todqin uz. X >1 mkm bodgan Infraqizil nurlanish uchun shaffof
bodmaydi; ko‘zga ko‘rinadigan nurlar spektri sohasida
shaffof bodmagan
germaniy va kremniy plastinkalari Infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof
bo‘ladi (germaniy uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qog‘oz
Infraqizil nurlanish spektrining uzok, sohasida shaffof bo‘ladi. Ko‘zga
ko‘rinadigan nurlanish spektri sohasida
shaffof bodmagan, lekin
Infraqizil
nurlanish spektri sohasida shaffof bo‘lgan moddalar Infraqizil nurlanish ni
ajratishda yorug‘lik filtrlari sifatida ishla-tiladi.
Ko‘pgina metallar ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish sohasiga qaraganda Infraqizil
nurlanish sohasini yaxshiroq qaytaradi, ya’ni ularning qaytarish xususiyati
birmuncha yuqori. Mac, A1, Ai, Ag, Si kabi elementlar to‘lqin uz. A.= 10 mkm
bo‘lgan Infraqizil nurlanish ning 98% ini qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer
atmosferasidan o‘tayotganida yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi
kamayadi.
Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan nurlanish
spektri kabi chiziqli, yo‘l-yo‘l va uzluksiz bo‘ladi. G‘alayonlangan atomlar (yoki
ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishidagina Infraqizil nurlanish spektri
chizikli bo‘ladi. Mac, simob atomlarining nurlanishi Infraqizil nurlanish
chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat.
G‘alayonlangan molekulalar yo‘l-yo‘l infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr
molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bog‘liq (qarang Moleku-lyar
spektrlar). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning Infraqizil nurlanish
spektri uzluksiz bo‘ladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) temperaturasiga
bog‘liq. Past temperatura (< 500°) dagi jism nurlanishining Infraqizil nurlanish
intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism Infraqizil nurlanish
manbai bo‘la olmaydi. Eng ko‘p ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai volfram
tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi.
Infraqizil nurlanish dan i. t. ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va ko‘pgina
amaliy masalalarni hal qilishda foydalaniladi (qarang Infraqizil fotografiya,
Infraqizil qizdirish). Infraqizil nurlanish bilan qorongdda ob’yektlarni suratga
olish, o‘chib ketgan xatni tiklash (o‘qish), signallarni uzatish va q. k. ishlar
bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va
foto-
elektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan foydalaniladi. Infraqizil
nurlanish cho‘g‘lanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha
qismini, Quyosh nurlarining 50% ga
yaqinini tashkil qiladi; ba’zi lazerlar o‘zidan
Infraqizil nurlanish chiqaradi.
Infraqizil qizdirish - materiallarni elektromagnit nurlar (to‘lqin uz. 1,3 — 4 mk/m
li infraqizil nurlar) yordamida qizdirish. Materiallarning bu nurlardan ma’lum
qismini yutish xossasiga asoslangan. Infraqizil qizdirishda energiya manbai sifatida
infraqizil nur ajratadigan trubali elektr qizdirgichlar, ko‘zguli quritish lampalari,
volfram spiralli elektr qizdirgichlar ishlatiladi. Manbalarning qizish darajasiga
qarab, ular past (700° gacha), o‘rta (700—1500°) va yuqori (1500° dan ortiq) trali
xillarga bodinadi. I. q. qurilmalari kamera, tunnel yoki qalpoq tarzida
tayyorlanadi;
ularning shakli va ulchamlari qizdiriladigan buyumga moslab tanlanadi. I. q. lok-
bo‘yoq materiallarni, sabzavot, mevalarni quritishda, kauchukni vulkanizatsiya
qilishda, termoplastik materiallarga shakl berish oldidan ularni qizdirish va b.
maqsadlarda qodlanadi.