5-Ma’ruza: Karkas panelli binolar va ularning konstruksiyalari



Yüklə 347,97 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü347,97 Kb.
#103391
№5


5-Ma’ruza: Karkas panelli binolar va ularning konstruksiyalari.
Reja:
1.Karkas panelli fuqaro binolarning sxemalari.
2.Karkas panelli fuqaro binolarining afzalliklari.
3.Osmon o’par va yo’qori seysmik tumanlarda barpo etiladigan fuqaro binolarida qo’llaniladigan karkas panelli binolarining sxemalari.

Jamoat va qisman turar-joy binolari qurilishida karkas-panelli konstruktiv sxemalar keng qo‘llaniladi.Bunda tanlanayotgan ustun to‘rlari rejalashtirilayotgan elementlarning ko‘rinishi va o‘lchamlariga mos kelishi kerak.Karkas-panelli binolarda ichki hajmlardan erkin foydalanishni imkoniyati bo‘ladi,oyna,vitraj va vitrinalarni o‘rnatishda manyovrlash mumkin,karkassiz binolarga nisbatan konstruksiyalar egallab turgan er maydoni kamayadi va natijada foydali er maydonlari o‘rta hisobda 8-12% ga ortadi.Karkasning uchta sistemasi mavjud.


Ramali sistema ustunlardan va o‘zaro perpendikulyar tomonlarda joylashgan va bikr konstruktiv sistemani hosil qiluvchi, bikr qilib mahkamlangan orayopma rigellaridan iborat bo‘ladi.Bunda ustunlarni rigellar bilan bog‘lash juda murakkab va og‘ir bo‘lib,ko‘p metal sarflanishini talab qiladi.Ustunlarning ko‘ndalang qirqimlari ramali sistemada o‘zgaruvchan bo‘ladi.Agar karkas quyma bo‘lsa,u yig‘maga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi,lekin ishi ancha og‘ir bo‘ladi.Bu sistemani ko‘p qavatli fuqaro binolarida qo‘llanilishi ancha cheklangan( 156-rasm).
Rama-bog‘lovchili sistemada karkas elementlarining hamkorlikda ishlashi uni tashkil etgan rama va vertikal devor-bog‘lovchi(diafragma)larning ishlaridan iborat bo‘ladi.Devor-diafragma binoning butun uzunligi bo‘yicha joylashgan bo‘lib,poydevorga va tegib turuvchi ustunlarga bikr qilib mahkamlanadi.Ularni ramalar yo‘nalishigava tekisligiga perpendikulyar qilib joylashtiriladi.Devor-bog‘lovchilar orasidagi masofalar 24-30 m qilib olinadi.Ular silliq(tekis) yoki fazoviy bo‘lishi mumkin.Ko‘ndalang diafragma-bog‘lovchi binoning butun eni bo‘yicha joylashtiriladi.Fazoviy bikrlikni ta’minlash,metal sarfi va mehnat sarfi bo‘yicha rama-bog‘lovchili sistema ramali va bog‘lovchili sistemalar orasidagi o‘rinda turadi.Bu sistema unifikatsiyalashgan konstruktiv-rejaviy 6X6 va 3X3 m ustun to‘rlari qo‘llaniladigan 12 qavatgacha bo‘lgan jamoat binolarida ishlatiladi ( 157-rasm).
Bog‘lovchili sistema ko‘p qavatli jamoat binolarida qo‘llanilib,ular fazoviy bog‘lovchilar orqali,jumladan bir-biri bilan bikr mahkamlangan devor burchaklari va fazoviy elementlardan iborat bo‘lib, butun bino balandligi bo‘yicha joylashib “bikrlik yadrosi”ni tashkil etadi.Bu fazoviy bog‘lovchi elementlar poydevorga bikr mahkamlanadi va orayopmalar bilan qistiriladi hamda qavatlarora gorizontal bog‘lovchi-diafragma hosil qilib,devorlarga beriladigan gorizontal(shamol)yuklarni qabul qiladi.Bog‘lovchili sistemada metal va beton sarfi ramali va rama-bog‘lovchili sistemaga nisbatan 20-30% kam bo‘ladi( 158-rasm).

156-rasm.Rama sistemali bino sxemasi:
1-ustun; 2-rigel(to‘sin).


157-rama.Rama-bog‘lovchili bino sxemasi:
a-silliq bog‘lovchili;b-fazoviy bog‘lovchili;
1-kolonna; 2-rigel;3-silliq bog‘lovchi elementlar

158-rasm. Bog‘lovchili elementli bino sxemasi: a-korobkasimon; b-X-simon; v-doirasimon; g-qo‘shtavrli
Fazoviy bog‘lovchi elementlar baland qavatli binolarning o‘rta qismida joylashadi va liftlarni,kommunikatsion shaxtalarni va zinaxonalarni to‘sishda xizmat qiladi.
Bog‘lovchili sistemada “bikrlik yadrosi” binoning qoq markazida siljuvchi qoliplardan foydalanib,quyma ravishda binoning karkaslari montaj qilinishidan oldin barpo etilib,keyinchalik montaj kranlari unga mahkamlanadi.
159-rasmda regillari kundalang joylashgan karkas panelli binoning rejasini fragmenti ko‘rsatilgan.

159-rasm.Karkasli binoni orayopmasi rejasini fragmenti
NV-nastil;NR-nastil-rasporka;NRS-santexnik nastil-rasporka;NRF-fasadning nastil-rasporkasi;RR-rigel rasporka;MF-fasad devor paneli;MFU-fasadning burchak devor paneri
Rigelni ustun bilan bog‘lashda unifikatsiyalashgan bog‘lanish tuguni (stыk) ishlab chiqilgan (160-rasm).Ustunga devor panellari qistirma detallarga payvandlangan po‘lat elementlar orqali maxkamlanadi (161-rasm).Burchak devor panellarini ustunlarga maxkamlashga alohida e’tibor berilish kerak(162-rasm).

160-rasm.Rigelni ustun bilan bog‘lanish tuguni: 1-ustun;2-qistirma detal;3-bog‘lovchi planka;4-rigel;5-M200li semenit-qorishma


161-rasm.Devor panellarini ustunga bog‘lanish tuguni: 1-ustun;2-qistirma detal;3-bog‘lovchi armatura;4-devor paneli

162-rasm.Burchak devor panelini ustunga birikishi:
1-tashqi burchak devor paneli;2-qistirma detallar;3-bog‘lovchi elementlar;4-tasmasimon devor paneli;5-ustun
Takrorlash uchun savollar
1.Karkas -panelli konstruktiv sxemalarni qanday turlari mavjud ?
2.Ramali konstruktiv sxemani tushuntirib bering ?
3.Rama-bog‘lovchili konstruktiv sxemalar qaerlarda qo‘llaniladi?
4.Bog‘lovchili konstruktiv sxemaning afzalliklari?
5.Devor panellarini ustunlarga biriktirish usullari.
Yüklə 347,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə