5-mavzu: jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari darsning o’quv masaqdi



Yüklə 22,28 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü22,28 Kb.
#141161
  1   2   3   4   5
Jismoniy tarbiy tizimida t2


5-MAVZU: JISMONIY TARBIYA VAZIFALARI VA VOSITALARI


Darsning o’quv masaqdi: Talabalarga umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari haqidagi tushunchalarni hosil qilish
Tayanch so’z va iboralar: yelka komari va qo'l muskullarini rivojlantirish,
gavda orqa muskullarini rivojlantirish, oyoq va qorin muskullarini rivojlantirish,dastlabki holat, nafas olish.
Reja.
1.Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari.
2.Mahg’ulotlarda umumrivojlantiruvchi mashqlardan foydalanish.
3.Dastlabki holatlar va safalanish mashqlari
Umumrivojlantiruvchi mashqlar - bu maxsus mashqlardir. Ular butun o’rganizmni rivojlanishi va sog’lonmlashishida muhim ahamiyat kasb etadi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarini rivojlanishi va mustahkamlan-ishiga , bug’imlarning harakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bushashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi.
Bu mashqlarning vazifasi to’g’ri qad qomatni shakllantirishbutun tayanch-harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish , nafas olish , almashinish jarayonlari, nerv sistemasi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oily motor markazlari ishini faollashtiradi, tezkorlik ,chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik , egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy emosional kayfiyat uyg’otadi.
Muayyan izchillikda beriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar butun o’rganizmni asta-sekin faoliyat holatiga jalb etishga , uning umumiy hayotiy faoliyatga yordam beradigan funksional jarayonlarni kuchaytirishga qaratilgandir.
Mashqlarning birinchi guruhi - yelka kamari va qo’l muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir.

Ular ko’krak qafasining nafas olish ko’lamini kengaytirish va oshirishga yordam beradi; diafragmani , qovurg’alararo muskullarni , butun nafas olish imkonini beradi, orqa muskullarni mustahkamlaydi, umurtqani rostlaydi, yurak muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, yurak qisqarishilari ritmini optimallashtiradi.



Yüklə 22,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə