55
TOSHKENT SHAHRINING TURIZM MANZARASI
Abdukarimova Maftunabonu
Andijon qishloq xo’jaligi va
agrotexnalogiyalar instituti
Turizm ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya
:
Maqolada O’zbekistonning megopolisi hisoblangan Toshkent
shahri durdonalari,turistik imkoniyatlarining o’sib borishi.
Kalit so’zlar
:
Toshkent
turistik
bozori,
Chilonzor
mintaqasi,turizm
infratuzilmasi, Oqtepa majmuasi, Xayrobod Eshon muqaddas qadamjosi, Dream
Park, Abulqosim Shayx madrasasi, Toshkent astranomiya muzeyi.
Abstract:
In the article, the masterpieces of the city of Tashkent, which is
considered the megapolis of Uzbekistan, and the growth of tourist opportunities
.
Keywords:
Tashkent tourist market, Chilanzor region, tourism infrastructure,
Oktepa complex, Khairabad Eshon holy shrine, Dream Park, Abulqasim Sheikh
madrasa, Tashkent Astronomy Museum.
Аннотация:
В статье шедевры города Ташкента, который считается
мегаполисом Узбекистана, и рост туристических возможностей.
Ключевые слова:
туристический рынок Ташкента, Чиланзарский
район, туристическая инфраструктура, комплекс Октепа, святыня
Хайрабад Эшон, Парк Дрим, медресе Абулкасим Шейха, Ташкентский
Астрономический Музей.
Dunyoda O‟zbekiston o‟zining xos iqlimi, tabiiy sharoitlari, go‟zal manzarasi,
madaniy boyliklari va boy turistik makonlari bilan alohida e‟tibor va e‟tirofdadir.
Jahon iqtisodiy sanoatida turizm sohasi ortiqcha xarajatsiz foyda topiladigan
sohalardan biri hisoblanadi. Xususan, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab
Respublikada
mavjud
diniy
qadamjolarni
avvalgi
holiga
keltirish,
rekonstruktsiyalash, tashrif buyuruvchilarga qulaylik
yaratish eng asosiy
masalalardan biriga aylandi. Buyuk ajdodlarimiz qo‟nim topgan maskanlarni qayta
tiklash, obodonlashtirish, ta‟mirlashga jiddiy e‟tibor berilgani tufayli ziyoratgoh
maskanlari 1.5 milliarddan ortiq мusulmon dunyosini ohangrabodek o‟ziga
tortmoqda. Mamlakatimiz go‟zal maskanlari ichida Toshkent shahri kichik turizm
maskani sifatida o‟z imkoniyatlarini namoyon etib bormoqda.
Toshkent shahrining Chilonzor tumani 1963-yilda tashkil
etilgan bo‟lib,
тoponimistlarning fikricha, tuman nomi chilon (jiyda) oʻsimligidan olingan. Toshkent
56
zilzilasidan (1966) keyin tumanda qurilish ishlari avj oldi. Tumandagi baʼzi joylar
Toshkent tarixi bilan bogʻliq. Chilonzor Oqtepasi arxeologik yodgorligi (IV-VIII asrlar,
X-
XI asrlar), Abulqosim Shayx madrasasi, Xayrobod Eshon meʼmoriy majmuasi
kabi meʼmoriy yodgorliklar shu tuman hududida joylashgan. Asosiy magistrallari —
Xalqlar doʻstligi, Muqimiy, Choʻponota, Farhod, Gavhar, Chilonzor, Qatortol, Al-
Xorazmiy koʻchalari. Muqimiy nomidagi musiqa va drama teatri, Davlat musiqali
komediya teatri, 2 kinoteatr, Navoiy nomidagi Milliy bogʻ, Dream Park(avvalgi nomi
Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi), Xalqlar doʻstligi saroyi faoliyat
koʻrsatadi[1]. Ko‟ngil ochar turizm infratuzilmasi bo‟lgan dream Park BMP Smart
Decision korxonasiga G„afur G„ulom nomidagi istirohat bog„ini tubdan
rekonstruksiyasi topshirilgan edi. Hozirgi kunda tuman infratuzilmasini rivojlantirish
maqsadida davlat sherikchiligi asosida 4 million dollar miqdorida investitsiya
kiritilgan. Umumiy rejaga asosan investitsiyalar hajmi 10 million dollarga boradi.
Rekonstruksiya davomida parkdagi hamma attraksionlarni yangilanadi. 30 ta
attraksion masalasida Rossiya, Xitoy, Ukraina, Turkiya korxonalari bilan
shartnomalar tuzilgan. “Park 2022-yil yozida ishga tushirildi[2].
O‟zbekiston turistik resurslari xilma xil bo‟lib, ular asosida diniy turizm ya‟ni
islom olami ulamolarining mozorlari va qadamjolari kiradi. Toshkent vohasidagi
islom ulamolari ziyoratgohlari ichida Xayrobod Eshon Majmuasi
o‟zining go‟zal
shakli va
ko‟rinishi, tashrif buyuruvchilarning ko‟pligi, tarixiy joy ekanligi bilan ajralib
turadi. Yodgorlik majmua millodiy XVIII-
XIX asrlarga ta‟luqli bo‟lib, Xayrobod eshon
otaning shaxsiy mablag‟lari hisobidan bunyod etilgan. Majmua masjid, maqbara,
hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarhli (7,5x7,7 m), bezaksiz, pishiq
g‟ishtdan ganch qorishmasidan barpo etilgan. Masjidning ichki devorlariga
taxmonlar va novoli tokchalar ishlangan. Ayvonlar islomiy naqshlar bilan bezatilgan
va XX asrda to‟liq ta‟mir etilgan[3].
Shuningdek, tumanning janubi-
gʻarbiy qismida joylashgan arxeologik
yodgorlik (IV-VIII; X-
XI) mavjud bo‟lib, u Chilonzor oqtepa deb nomlanadi. Chilonzor
Oqtepasi balandligi 15 metrli tepalik boʻlib, atrofida umumiy maydoni 60×75 metr
keladigan qadimiy qishloq xarobasi qoldiqlari joylashgan. Tepalikda olib borilgan
qazishmalar natijasida undagi imoratlar majmuasi ustma-
ust xom gʻisht va
paxsa
dan qurilganligi aniqlangan. Vazifasiga koʻra, majusiylik bilan bogʻliq boʻlgan,
kompozitsiyasi jihatdan bir-biridan farq qiladigan binolar 3 davrga mansubligi
ekanligi arxiologik qazishmalar natijasida aniqlangan. Unga ko‟ra birinchi davrda
(IV) bino paxs
a poydevorni ustiga qurilgan 4 minorali qasrdan iborat boʻlgan. Bino
kvadrati (13,5x 13 m2) ichki tomondan gumbazli uzunchoq 3 xonaga ajratilgan.
Ikkinchi davrda (V-
VI) dastlabki imorat atrofiga yangi xonalar va yordamchi xoʻjalik
57
xonalari qurilgan, shinak
li qoʻshimcha qalʼa devori bilan mustahkamlangan.
Uchinchi davr millodiy VII-VIII asrlarda dastlabki imorat qoldiqlari tuproq bilan
toʻlgʻazilib shibbalanishi natijasida vujudga kelgan, 9 metrli tagkursi ustiga qurilgan
tepasi ochiq toʻrtburchak (38×27 m2) hovli koʻrinishidagi noyob bino boʻlgan.
Arxeologik qazishmalar natijasida hovli sahnining qalin qatlamlaridan organik
qoldiqlar, Qovunchi madaniyatiga xos sopol buyumlar, yorgʻuchoklar va boshqalar,
shuningdek, turkashlarning VIII asrga ga oid tangasi ham topilgan. Arab xalifaligi
istilosidan soʻng bino bir qancha vaqt zardushtiylarning dafn etish joyi boʻlib xizmat
qilgan, soʻngra xarobaga aylangan. Keyinchalik X-XI asrlarda xaroba atrofida hayot
tiklanib kichik qishloq vujudga kelgan[4]ligi ta‟kidlanadi. Hozir Chilonzor Oqtepasi
atrofida zamonaviy imoratlar qad rostlagan bo‟lib, endilikda Chilonzor tumanidagi
mehmonxonalar bunyod etilgan bo‟lib, ya‟ni ularning soni hozirda 12 tani tashkil
etadi. Ular Royal Mezbon, Mehnat hotel, Sayyoh hotel, Rohat hotel, Malika hotel,
Aka hostel, Best guesthouse, Central Asia hotel, Shuhrat hotel, Grand Sohil hostel,
Regal Stay hotel kabi turistlarning ehtiyojini qondira oladigan bo‟lib, ular xorijiy
turistlar uchun zamonaviy xizmat turlarini taklif etmoqdalar. Shuningdek,
astranomiya tarixi bilan tanishishni istagan turistlar uchun Chilonzor tumanida
Toshkent astranomiya muzeyi o‟ziga xos dizayni, boy eksponatlari va xizmat turlari
bilan barcha qiziquvchilarni o‟ziga jalb etishga tayyor holga keltirilgan. Ushbu
Muzey butun Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan astronomiya muzeyidir. U
2009 yil Oʻzbekiston fanlari Akademiyasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya
instituti bazasida taʼsis etilgan. Ushbu muzey ochilishi 2009-yil BMT tomonidan
eʼlon qilingan. Bu muzeyga asos solinishi Oʻzbekistonning atoqli falakiyot olimi
Mirzo Ulugʻbek tavalludining 615 yilligi munosabati bilan bevosita bog‟liqdir[5].
Bugungi kunda Toshkent shahrida sayohat qiluvchilar sonining ortib borishiga
asosiy sabablardan biri turistlar uchun xizmat ko‟rsatadigan turlarning ko‟payib
borganidir. Masalan, 2020 yilda 229 ta turistik firma va tashkilotlar faoliyat yuritgan
bo„lib, ularga 88,1 ming nafar turistlar tashrif buyurdi va ularga xizmat ko„rsatildi.
O‟zbekistonda turistik firmalarning ham faoliyati kengayib bormoqda va turistlar
uchun servis xizmatlari ortib bormoqda
. Ularga тurfirma va turistik tashkilotlar
tomonidan 58,8 ming dona turxizmatlari sotilgan bo‟lib, ulardan 11,0 mingtasi kichik
korxona va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirildi. Mehmonxona va shunga
o„xshash joylashtirish vositalaridagi nomerlar 8,2 mingtani, joylar 16,0 mingtani
tashkil etdi. Joylashtirilgan shaxslar 289,4 ming kishini tashkil etgan bo„lib, ularning
69,2 % foizi O„zbekiston fuqarolari, 12,3 % MDH davlatlari fuqarolari va qolganlari
(18,5 %) uzoq xorijiy davlat fuqarolaridan iborat. Tunab qolishlar soni 803,3
58
mingtani tashkil etdi. Bundan tashqari Toshkentga tashrif buyurgan turistlarga
quyиdagi xizmatlarni ta‟klif qilishimiz mumkin:
sayr qilish uchun keng va yashil xiyobonlar,
favvoralar va ekologik bog„lar;
Shahardagi ko„plab muzeylarda O„rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyati
haqidagi noyob asarlar;
Buyuk me'moriy ansambllar, masjidlar va minoralar;
Har didga mos teatr va galereyalar
Xulosa sifatida shuni ta‟kidlash mumkinki, turizm industriyasi jahonda keng
rivojlanib borayotganiqtisodiy sohalardan biri bo‟lib, uni infratuzilmasida turli turistik
mashrutlar turistlarning qiziqishlari, orzu-niyatlari va estetik yondashuvlariga mos
ravishdaortib borayotgani barchaga ma‟lumdir. O‟zbekiston Respublikasi ham
mustaqillikni qo‟lga kiritgandan so‟ng, yangi turistik, mashrutlarni bunyod etish
tarixiy-ar
xeologik yodgorliklarni rekonstruksiya qilish va xizmat ko‟rsatish sohalari
kengaytirish orqali o‟z salohiyatini namoyon etib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |