6- mavzu. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari Reja



Yüklə 28,38 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü28,38 Kb.
#163439
er-xotinni mulkiy huquq va majburiyalari


6- Mavzu. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari
Reja:

  1. Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari tushunch

  2. Er-xotinlarning xususiy va umumiy mulki

3. Er-xotinning mulkiy huquqlari bo‘yicha javobgarligi
Tayanch iboralar: nikoh davomida orttirgan mol-mulk, umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, er va xotinning har birining mulki, umumiy mol-mulkini bo’lish.


  1. Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari tushunchasi O‘zbekiston Respublikasimustaqillik yillari davomida ijtimoiy munosabatlarning turli sohalarini huquqiy jihatdan tartibga solish borasida bir qancha yutuqlarga erishdi. Shu jumladan, oilaviy munosabatlar sobiq Ittifoq davrida ham huquqiy tartibga solinib kelingan. 1 F.M. Otaxo‘jayev. O‘zbekiston Respublikasining Oila huquqi. –T.: TDYuI. 2005. –125-b. Lekin oilaviy munosabatlardagi ko‘pchilik holatlarga yetarlicha e’tibor berilmagan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining oilaviy munosabatlarni tartibga solish borasidagi Oila kodeksi bu masalalarni ham o‘z ichiga olgan. Er-xotinlarning mulkiy huquq va majburiyatlari shaxsiy huquq va majburiyatlari bilan bir vaqtning o‘zida vujudga keladi. Er-xotinlarning mulkiy huquq va majburiyatlari ikki asosda, ya’ni, qonun va shartnoma asosida vujudga keladi. Qonun asosida vujudga keladigan er-xotinlarning mulkiy huquqlarini quyidagicha tasniflaymiz: – er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki; – er-xotinning har birining xususiy mulki; – er-xotinning shaxsiy foydalanishdagi mulki; – er-xotinning o‘zaro aliment majburiyatlari. Oilaviy munosabatlarda ko‘p uchrab turadigan mulkiy masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga solish muhim vazifadir. Shuning uchun ham Oila kodeksida er-xotinlarning mulkiy huquq va majburiyatlari atroflicha yoritib berilgan.

2. Er-xotinlarning xususiy va umumiy mulki Er-xotinlarning mulklari o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 1. Xususiy mulk, ya’ni er yoki xotindan faqat bittasiga tegishli bo‘lgan va u tomonidan tasarruf etiladigan mulkidir. Unga quyidagilar kiradi: er (xotin) ning nikohga qadar faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mulki (masalan, uy, uy jihozlari, omonatga qo‘yilgan pul, qimmatbaho qog‘ozlar va boshqalar). O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonuni va FKning 164-moddasida belgilanishicha, mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu ma’noda mulkdor o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdorning o‘z xohishi deganda, uning o‘z erki, irodasi bilan o‘z manfaatlarini ko‘zlab, birovning (uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, g‘ayrihuquqiy ta’sirisiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda zo‘rlik, tazyiq ko‘rsatilgan bo‘lsa, qonun mulkdorning xohish-irodasi erkin amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi. Ayni vaqtda mulkdorning o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonun, insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim. Mulkdorning mulkiy huquqini o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishda uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o‘ziga, yaqinlariga yoki boshqalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Mulkdorning o‘zi xohishiga ko‘ra yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilish, umumiy qoida bo‘yicha bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi. 2. Umumiy mulk, ya’ni er va xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini nikohdagi hayoti davrida topilgan mol-mulk tashkil qiladi. Bulardan tashqari er va xotin o‘rtasida qarzlar mavjud bo‘lishi mumkinki, bular ham ikki turga bo‘linib, umumiy qarzlar va shaxsiy qarzlari bo‘lishi mumkin. Shaxsiy qarzlarga: zarar keltirish natijasida; aliment majburiyatidan, mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan majburiyatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek, shaxsiy qarzlar er-xotindan bittasining nikoh tuzilgunga qadar majburiyati yuzasidan kelib chiqib, o‘z shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun olgan qarzlaridir. Umumiy qarzlari esa ularning ikkalasi ishtirok etib olgan qarzlari bo‘lib hisoblanadi. Mulkiy munosabatlar er-xotinlar o‘rtasida har doim ham barqaror kechavermaydi. Ko‘pgina hollarda sud yo‘li bilan himoya qilinishiga to‘g‘ri keladi. Oila kodeksining 23-moddasiga ko‘ra er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari degan tushuncha Oila kodeksida yangilik sifatida kiritildi. Buning ahamiyatli tomoni shundaki, bizning o‘zbek an’analarimizga ko‘ra, qolaversa bozor sharoitida yoshlarning ota-onalari yoki o‘zlari birgalikda o‘rtada ko‘char va ko‘chmas mulklar xarid qilishadi. Mazkur qoida mana shunday holatlarda keyinchalik kelib chiqadigan nizolarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, er-xotinga to‘y munosabati bilan berilgan sovg‘alar yoki to‘ydan keyingi marosimlarda berilgan sovg‘alar, agar ular umumiy foydalanish buyumlaridan iborat bo‘lsa, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibiga kiradi. Bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Mulk bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda er va xotinning huquqlari, ularning majburiyatlari, mulkdan foydalanish tartibi, er va xotinning umumiy va xususiy mulki bilan bog‘liq masalalar Oila kodeksida o‘z aksini topgan. Er va xotinning mulkiy munosabatlarini ko‘rib chiqishda, albatta mulk va mulk huquqi hamda mulk bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlarning asosiylaridan, bu mulk munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlardir. Mulk va mulk bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi chiqargan hujjatlar bilan, shuningdek, boshqa qonunosti normativ aktlari bilan ham tartibga solinib turiladi. Bu o‘rinda «O‘zbekiston Respublikasida Mulkchilik to‘g‘risida»gi, «Xususiy korxona to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlash hamda boshqa mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish shu asosda insonning mulkdan begonalashtirilganiga barham berish lozim. Mulking tegishliligi mulkiy huquq bilan belgilanadi. Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z hohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir1. Mulk bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar nafaqat mulkiy huquqni vujudga keltiradi, balki shu bilan birga mulkiy majburiyatlarni ham keltirib chiqaradi. Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkiy huquqlar doirasida oilaviy mulkning o‘rnini belgilash, bunda ayniqsa, oilaviy mulkning tarkibiy qismi hisoblangan er-xotin mol-mulkining huquqiy maqomi, ularning o‘zaro mulkiy huquq va majburiyatlarini aniqlash lozim bo‘ladi.
3. Er-xotinning mulkiy huquqlari bo‘yicha javobgarligi Er-xotinlarning mulkiy munosabatlari yangi Oila kodeksida bir qator o‘zgarishlar bilan berilgan. Kodeksda er-xotin o‘rtasidagi mulkiy munosabatlar ikki guruhga bo‘lingan. Bular quyidagilar: – er-xotinlarning mulkiy-huquqiy munosabatlari; – er-xotinlarning aliment bilan bog‘liq huquqiy munosabatlari. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 5-bobi er-xotinlarning qonuniy rejimi bilan belgilanuvchi mulklar va shartnomaviy rejim bilan belgilanuvchi mulklarni o‘z ichiga oluvchi normalarda tashkil topgan er-xotinlarning mulkiy-huquqiy munosabatlarini belgilab beradi. Qonuniy rejim deganda, er-xotinlarning birgalikdagi mulklari rejimi tushuniladi. Birgalikdagi mulkni er-xotinlarning nikoh davrida topilgan va ularning har qaysisi egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish borasidagi teng bo‘lgan mulklar tushuniladi. Bunda mulk kimning nomida ekanligi ahamiyatga ega emas. Umumiy mulkka nisbatan har ikki tomon, garchi ulardan biri mol-mulk topishda biron joyda ishlamay, uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan, farzandlarini tarbiyalagan, bemorga qaragan, qari ota-onasining parvarishi bilan shug‘ullangan bo‘lsa ham, teng huquqli hisoblanadilar. Bu holat ko‘proq ayollarda uchraydi. Er-xotin mulkining qonuniy tizimi ko‘pchilik er-xotinlarning qiziqishiga javob beradi. Ayniqsa, erkaklarga nisbatan kam daromadli ekanligida. Bu holatni biz ayollarning ko‘pincha farzandlar tarbiyasini, uy ishlarini muhim deb hisoblab, uy yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lishida ko‘ramiz. Bunday holatda qonuniy rejim umumiy mulkdagi xotinning hissasini belgilab beradi va uning huquqlarini himoya qiladi. Ko‘pchilik holatlarda voyaga yetmagan farzandlar manfaatlari yotganda sud er-xotinni sud tartibida ajratayotganida mol-mulkni bo‘lish tenglik tamoyilidan chetga chiqishi mumkin. Agar er-xotinlardan biri umumiy mulkni oila manfaatlari ziyoniga ishlatgan bo‘lsa, oilaning umumiy mulkini bo‘lish vaqtida uning ulushi kamaytirilishi mumkin. Bunday hollar bir tomonning alkogol ichimliklarga berilishi yoki bo‘lmasa giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun ularni sotib olishi, turli o‘yin, lotereya va o‘z xobbilariga ishlatishlarida namoyon bo‘ladi. Ushbu salbiy holatlar oila mulkiga ziyon yetkazadi. Yuqoridagi holatlarda sud albatta, er yoki xotinga (oila mulkiga ziyon yetkazgan tomonga) nisbatan ko‘proq mulkning tegishli bo‘lishini belgilashi lozim. Hozirgi vaqtda jamiyatimizda ko‘plab shunday holatlar uchrab turibdi. Bunday holatlar ko‘pincha erlar tomonidan sodir etilmoqda. Er o‘zining oilasi oldidagi burchlarini unutib, o‘z maishati uchun oilaning mol-mulkini ishlatib yuboradi, oilasining ahvoli bilan hecham ishi bo‘lmaydi va o‘z oilasiga ziyon yetkazadi. Mamlakatdagi yangi iqtisodiy vaziyat bizning hayotimizni o‘zgartirib yubordi. Xususiy tadbirkorlik, ishlab chiqarish imkoniyatlari ko‘plab ayollarga erkaklarga nisbatan ko‘proq daromad olish imkonini yaratdi. Mamlakatda yetarlicha mol-mulkka ega bo‘lgan mulkdorlar paydo bo‘ldi. Oila kodeksida er-xotinlarning mulkiy huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi normalarda ham bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Avvalo, bu o‘zgarishlar, yangiliklar mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi tamoyillarda aks etadi. Er-xotinning qonuniy tartibdagi mulki ularning qonun hujjatlarida belgilangan imperativ normalar bilan tartibga solingan mulkidir. Imperativ normalar bilan tartibga solinadigan, er-xotinning kelishuvi bilan o‘zgartirib bo‘lmaydigan ularning mol-mulkining qonuniy tartibi bilan birga ularning dispozitiv normalar bilan tartibga solinadigan mol-mulkining shartnomaviy tushunchasi ham mavjud. Oila Kodeksidaa er-xotinlarning qonuniy mulkidan tashqari II bo‘lim 6-bob 29-36-moddalarida belgilangan “Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi” ham mavjud. Bu qoidani qonunchilikka kiritilishining sababi bozor iqtisodiyotini yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulkchilik mavjudligi bilan bog‘liq. Nikoh shartnomasi deb, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuviga aytiladi. Oila kodeksi loyihasini tayyorlashda er-xotin mulkining qaysi biri to‘g‘ri degan masala tug‘ildi. Shunda hech qanday shubhasiz birgalikdagi umumiy mulk eng maqbul deb topildi. Er-xotinning qonuniy mulk tartibining mavjudligi er-xotinning nikoh shartnomasini tuzishlari shart emasligini anglatadi. Statistika ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, hatto nikoh shartnomasi anchadan beri mavjud bo‘lgan davlatlarda ham nikoh shartnomasini ko‘pchilik aholi tuzayotgani yo‘q. Barcha fuqarolar uchun bir xil huquq va erkinliklarni ifodalab bergan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi nikoh shartnomasining asosi hisoblanadi. Uning birdan-bir sharti, uni amalga oshirishning kafolati boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkiga shartnomaviy munosabatlar tatbiq etilishi umumiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 216-moddasi 1-bandida belgilangan. Oila huquqining normalari esa ularni har taraflama kengaytirib bergan – nikoh shartnomasining huquqiy tabiati; uni tuzish shakli; nikoh shartnomasining mazmuni; uni o‘zgartirish, tasarruf etish, haqiqiy emas deb topish asoslaridan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasi 1-bandiga asosan “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish ha qidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. Umumiy ko‘rinishda bunday ta’rif nikoh shartnomasiga ham tegishlidir. Ammo bu shartnomaning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shunday qilib Nikoh shartnomasining shakliga tegishli hisoblangan o‘zaro bog‘langan ikki taraf ham: o‘z huquqidan o‘z xohishi bo‘yicha erkin tasarruf etish huquqi; er va xotinning har birining mulkiy huquqlarining buzilishini bartaraf etish; mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinning mulkiy huquqi buzilishini bartaraf etish; er-xotinning mulkiy huquqini ta’minlab, ma’lum barqarorlikni saqlab qolish; nafaqat jismoniy shaxsning, hatto davlatning ham mulkiy manfaati kafolatilanishiga rioya qilishga imkon beradi. Nikoh shartnomasining o‘ziga xos xususiyati nafaqat uning shaklida, hatto ichki mazmunida ham ifodalangan. Ular Oila kodeksining 31-moddasida keltirilgan umumiy qoidalar bilan belgilanib, er-xotin qonun bilan belgilangan er-xotinning birgalikdagi mulki tartibini o‘zgartirib, uning o‘rniga er-xotin shartnomasi tartibini belgilash huquqiga egadirlar. Nikoh shartnomasi Oila kodeksining 31-moddasi 5-bandiga binoan “Er-xotinning huquq layoqati va muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni, er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni, er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni, mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni, er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni nazarda tuta olmaydi”. Aks holda, birinchidan, er-xotindan bittasining huquqini cheklashga, ikkinchidan, Oila kodeksi 1-moddasi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Nikoh shartnomasini tuzish yoki tuzmaslik er-xotinning o‘zlariga tegishlidir. Agar ular nikoh shartnomasini tuzmasalar, u holda mulkiy huquqiy munosabatlari qonuniy tartibda belgilangan huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Er-xotinning birgalikdagi mol-mulki ilgarigidek ko‘pchilik er-xotinlarning manfaatlariga javob beradi. Keyingi vaqtlarda muhim iqtisodiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga qaramay ayollarning daromadlari erkaklarning daromadlariga nisbatan kamroqdir, chunki ularning ko‘proq vaqti oilada uy-ro‘zg‘or ishlari va bolalar tarbiyasiga ketadi. Er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini nikoh davrida topilgan mulk tashkil etadi. Nikoh davrida topilgan hamma mulkni er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki deb hisoblasa bo‘ladi. Qonunchilik er-xotinning alohida ajratilgan mulkiga nafaqat ularni nikohgacha bo‘lgan mulkini, ya’ni hadya yoki meros asosida olgan mulkini, shu bilan birga haqsiz bitimlar asosida vujudga kelgan mulkini ham kiritadi. Bu turdagi mulklar doirasiga birinchi navbatda haqsiz ravishda er-xotindan bittasi tomonidan xususiylashtirish asosida olingan kvartira ham kiradi. Shartnomaning yetakchilik roli va mulkiy munosabatlarning yangi tamoyillari huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilab qo‘yilgan. Nikoh shartnomasi fuqarolik shartnomasining alohida turi sifatida ko‘rilishi lozim, chunki unda er-xotinning mol-mulki huquqiy tabiatini belgilash va o‘zgartirishni nazarda tutadi. Nikoh shartnomasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u kompleks xarakterga ega ekanligi, o‘zida nafaqat er-xotinning mol-mulkini vujudga keltirish yoki uning huquqiy tartibini o‘zgartirish, shu bilan birga er-xotinning bir-biriga moddiy ta’minot berishini ham tartibga solishni belgilab berishi mumkin
Yüklə 28,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə