6-MAVZU: GIDROLOGIK OMILLAR TA’SIRIDA VUJUDGA
KELUVCHI TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR.(2 SOAT)
REJA:
1.
Yer usti va yer osti suvi ta'sirida yuzaga keladigan jarayonlar.
2.
Suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida yuz beruvchi jarayonlar.
3. Karst, suffyuziya, o’zan va qirg’oq eroziyasi tabiiy jarayonlariga tavsif
Gidrologik va gidrogeologik oqim o’zaro chambarchas bog’liq
holda
shakllansada, ular tabiiy geografik jarayonlarning shakllanishida turlicha ahamiyat
kasb etadi.
Gidrologik oqim deb, suvning yerning yuzasi bo’ylab harakatlanayotgan
qismiga aytiladi. Gidrologik oqimni o’z navbatida o’zansiz va o’zanli deya ikki
guruhga bo’lib o’rganish mumkin.
O’zansiz oqim.
Erigan
qor suvi, yomg’ir yog’ishi, do’l tushishi tufayli
qiyalama yon bag’irlar bo’ylab, bir necha mm qalinlikda yer yuzasini sidirg’asiga
qoplab oluvchi oqim shakllanadi. Ular ba’zan mayda jo’yakchalar xosil qilsada, bu
jarayon uzoq vaqt davom etmaydi. Shu boisdan ushbu mayda jo`yakchalar
qurigandan keyin nurash, deflyatsiya va boshqa jarayonlar ta’sirida o’zgarib
yemirilib ketadi.
O’zansiz oqim garchand qisqa muddat mobaynida faoliyat ko’rsatsada, yon
bag’irlarning yemirilishi, yemirilgan jinslarning oqim bilan birgalikda qo’shilib
olib ketilishi, boshqa
joyga olib borib yotqizlishi, to’planishi kabi jarayonlar yuz
berad. Yon bag’irlar bo’ylab karbonatli, sul’fatli va xloridli jinslar ochiq uchragan
holatlarda esa karst jarayoni rivojlanadi.
O’zanli oqim.
Mayda jo’yakchalar bo’ylab oqib tushadigan suvlarning
qo’shilishidan yon bag’irning quyiroq qismida nisbatan birmuncha keng va
chuqurroq bo’lgan jo’yakchalar vujudga keladi. Bunday chuqurliklar bo’ylab
harakatlanayotgan suv o’zanli oqim deyiladi. Chunki
oqim xarakatlanayotgan
tabiiy pastqamlik o’zan o’rnini o’taydi.
O’zanli oqimni shartli ravishda ikki guruhga ajratgan holda o’rganishimiz
mumkin: 1) vaqtincha suv oqimi, 2) doimiy suv oqimi. Ularni tabiiy geografik
jarayonlar shakllanishida tutgan o’rniga ko’ra alohida-alohida tarzda tavsiflashimiz
mumkin.
Vaqtincha suv oqimi.
Bunday xususiyatga ega bo’lgan oqimlar asosan
aridiqlimli mintaqalar uchun o’ta xususiyatlidir. Chunki
vaqtincha oqar suvlar
erigan qor suvi.yu yomg’ir, do’l tushishi, yoki yer osti suv zaxiralarining qisqa
muddat mobaynida yer yuzasiga ko’tarilishi tufayli yuzaga kelgan suv manbalari-
buloqlar (efemer buloqlar) ta’sirida yuzaga keladi.
Vaqtincha oqar suvlar ta’sirida tuproq eroziyasining asosiy ko’rinishi tarzida
jarlarni vujudga keltiradi.
Surilma.
Surilma deb, ko’l, dengiz, jar shuningdek suv omborlari, kar’er,
kanallarning tik qirg’og’ida, tog’ jinslari massasining tog’ yon bag’irlari bo’ylab
pastga surilib (sirg’anib) tushishiga aytiladi.
Surilma tushunchasi sof turkiy o’zakdan iborat bo’lgan
xalq tabiiy
geografik termini bo’lib, surilish, sirpanish kabi mazmun beradi. Bu tushuncha
ushbu jarayonning tabiiy xususiyatlari va xududiy geografik tarqalish jixatlaridan
kelib chiqqan holda shakllangan.
Eruvchan tog’ jinislariga suv ta’sir etishi tufayli
yuzaga keluvchi tabiiy
geografik jarayon
karst deb ataladi.
Ushbu atama Bolqon yarim orolidagi
oxaktoshli (yura davriga xos) Karst platosi nomidan kelib chiqqan bo’lib, u
detoponim, ya’ni geografik nomlarning terminlarga,
oddiy turdosh otlarga
aylanishi tufayli yuzaga kelgandir. Bu jarayon tabiatda, rel’efning shakllanishi,
gidrologik va gidrogeologik oqimning o’zaro aloqasi, qazilma boyliklarning
shakllanishi va h.k. jarayonlarining shakllanishid muhim rol o’ynaganligi uchun u
XIX asrning oxirlari va XX asrlarning dastlabki damlaridan e’tiboran
izchil
o’rganila boshlandi.
Savollar
:
1. Gravitatsion kuch tufayli yuz beruvchi tabiiy geografik jarayonlar xususida
tushuncha bering.
2. Surilmalar qanday geografik tabiiy sharoitlar asosida vujudga keladi?