7-amaliy mashg‘ulot (2 soat) variatsiya ko’rsatkichlari



Yüklə 228,2 Kb.
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü228,2 Kb.
#125526
  1   2   3
7-mavzu

7-amaliy mashg‘ulot (2 soat)

VARIATSIYA KO’RSATKICHLARI


Maqsad: Variatsiya ko’rsatkichlari haqida tushuncha, o’rtacha kvadratik chetlanishni aniqlash, dispersiyani hisoblash
.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi, 2002 yil 26 dekabr.
2. Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 84-95 betlar., Noutbuk va tarqatma materiallar
3. http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
Ishning mazmuni:



7.1. Variatsiya ko’rsatkichlari haqida tushuncha
7.2. O’rtacha kvadratik chetlanishni aniqlash
7.3. Dispersiyani hisoblash

Yuqorida ta’kidlanganidek, o’rtacha miqdorlar mavhum miqdorlardir. Ular o’rganilayotgan to’plamga umumlashtirilgan holda baho beradilar xolos, lekin uning birliklarini tuzilishini, ularni bir-biridan farqini ko’rsatmaydilar, aksincha bu holat o’rtachalarda yopilib ketadi. To’plam birliklarining o’rtacha atrofida ayrim guruh va guruhchalarga bo’linishini, ular o’rtachadan qanday masofada joylashganligini, ularning ichidagi tebranishlarni o’rtacha miqdorlar ifodalab bera olmaydi.


Variatsiya” so’zi lotincha “variatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’zgarish, farq, tebranishni bildiradi. Ammo har qanday farq ham variatsiya bo’lavermaydi.
Statistikada variatsiya deganda, o’zaro qarama-qarshi omillar ta’sirida bo’lgan, bir turli birlikdan tashkil topgan miqdoriy o’zgarishlarga tushuniladi. O’rganilayotgan belgining tasodifiy va surunkali (sistematik) variatsiyalari bo’lishi mumkin.
Tasodifiy variatsiyani boshqarib bo’lmaydi. Surunkali variatsiyaga qisman bo’lsada, ta’sir o’tkazish mumkin. Surunkali variatsiyani tahlil qilish asosida o’rganilayotgan belgida o’zgarishni unga ta’sir qiluvchi omillarga qanchalik bog’liqligini baholash mumkin. Masalan, ajratilgan to’plam birliklari variatsiyasining kuchi va xarakterini o’rganishda, ular miqdoriy, ayrim vaqtlarda sifat tomondan qanchalik turdosh ekanligini va shu vaqtning o’zida aniqlangan o’rtacha ular uchun xarakterli ekanligini statistik baholash mumkin.
Quyidagi ikki o’rtachani olaylik:


х I 90кг; х II 90кг.



Ikkala o’rtacha teng. Lekin ular qanday birliklar asosida hisoblanganligi bizga noma’lum. Misol uchun aytaylik, uchta talaba quyidagicha ball to’plagan: birinchisi 89 ball; ikkinchisi-90; uchinchi-91. O’rtacha to’plangan ballni hisoblasak, u 90 ga [(89+90+91):3] teng. Ikkita talabadan bittasi 19 ball, ikkinchisi 161 ball to’plagan. O’rtacha ball bu erda ham 90 ga [(19+161):2] teng.
Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, х1 hodisaga to’g’ri baho bermoqda, ya’nibirliklarning o’rtachadan farqi juda oz, х2 esa birinchining aksi, х2 o’rtacha orqali
biz o’rtachalar hodisaning ichki tuzilishini haqiqatdan ham bekitishiga guvoh bo’ldik.
Statistikaning muhim vazifalaridan biri faqatgina umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (o’rtachalarni) hisoblash bilan cheklanmasdan, balki to’plam birliklarining o’rtachadan tafovutini, farqini, chetlanishini ham o’rganishdir. Bu ishni statistika variatsiya ko’rsatkichlari yordamida bajaradi.

Yüklə 228,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə