7-ma’ruza
Ishlatish yer osti quduqlari jihozlari
Quduq usti jihozi buzilganda yoki ziyon etganda, ishlatish quvurlari
buzilganda va quvurlararo oraliq sifatsiz sementlanganda ochiq favvoralanish
quduq tubi ishlatish quvurlari yordamida bartaraf qilinadi. SHuningdek, u bir
vaqtning o‘zida alohida ikki va undan ortiq mahsuldor
gorizontlarni ishlatishda,
ochilgan mahsuldor gorizontni yuqorigi va pastki gorizontlardan ajratishda, liftli
quvurlarni quvurorti muhitidan ajratishda, qator texnologik jarayonlarni
o‘tkazishni ta’minlashda qo‘llaniladi.
Quduq ichi jihoziga odatda, pakerlar, yakorlar, quvurlarni ajratgich, quduqni
tayyorlashda qo‘llaniladigan asboblar, ajratuvchi klapanlar, o‘tkazuvchi nippellar,
quduq tubi jihozlarini boshqarishga mo‘ljallangan kanat texnikasi qismlari kiradi.
KPG, KO va KSG majmualari
ga belgilangan gaz olish rejimi buzilganda
yoki halokatlar sodir bo‘lganda quvurlarni avtomatik tarzda berkitishni
ta’minlovchi quduq ajratgich-klapanlar kiradi.
Echib o‘rnatiladigan quduq jihozlari texnologik
jarayonlar vaqtida
almashtiriladi. Buning uchun LSG1K-131 (quduq usti germetik bo‘lganda)
turidagi
kanat texnikasi va qurilmalari qo‘llaniladi.
Majmualarning shartli belgilanishi quyidagicha:
K-kompleks; S (yoki P) - quduq(quduq tubi); G – gazli quduqlar; harfdan
keyingi son–quvurlarning shartli diametrlari (mm); keyingi sonlar – ishchi
bosim(MPa); oxirgi son – paker diametri(mm);
K1 – kislotoga chidamlilik (muhitda SO
2
hajmiy miqdori 10% gacha); K2 –
sulfid kislotaga chidamlilik (muhitdagi SO
2
va N
2
S hajmiy miqdori har biri uchun
26% dan kam).
Misol: KPG-89-35-145K1; KPG-89-35-145K2; KGS-73-70-112; KSG-89-
70-136K3.
KPG turidagi gaz quduqlari uchun quduq tubi jihozlari majmuasi
agressiv muhitdagi SO
2
va N
2
S ning hajmiy miqdori 6% gacha bo‘lgan
gazli
quduqlarni qazib chiqarishga mo‘ljalangan.
KPG majmuasi tarkibiga quyidagilar kiradi (2.17-rasm, 2.8-jadval): 2PD-
YAG turidagi gidravlik paker, quvurlarni bir-biridan ajratgich RK, sirkulyasiya
mexanik klapani KSM, sirkulyasiya gidravlik klapani KSG,
ingibitor klapani
KING, teleskopik birikma ST, ajratuvchi klapan KA, boshmoq klapani, qabul
qiluvchi klapan nippeli, keskich klapani uchun nippel va presslovchi klapan uchun
nippel.
Sirkulyasiya mexanik klapani quduqlarni to‘g‘ri va teskari yuvishdaquvur va
quvur orti muhitida o‘zaro aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Yana quduqlarni
o‘chirishda qo‘llash mumkin.
Sirkulyasiya gidravlik klapani quduqlarni o‘chirish
jarayonida sirkulyasiya
mexanik klapani yordamida iloji bo‘lmaganda quduqlarni halokatli o‘chirishda
qo‘llaniladi. Klapan quvur yoki quvur ortida ortiqcha bosim ta’sirida emirilib
ketadi.
Mexanik va gidravlik sirkulyasiya klapanlari kanat texnikasi yordamida
boshqariladi.
2.19-rasm. KPG turidagi quduq jihozlari majmuasi:
a-emirilishga chidamli toifa; b-normal toifa; 1-ST turidagi teleskopik birikma; 2-
KSG
turidagi sirkulyasiya klapani; 3-KING turidagi ingibitor klapani; 4-KSM
turidagi sirkulyasiya klapani; 5-RK turidagi kolonnalarni ajratuvchi; 6-3PD-YAG
(PPG5) turidagi paker; 7-o‘tkazish nippeli; 8-1ZK turidagi qulf; 9-KUM turidagi
tenglashtiruvchi klapan; 10-KA turidagi klapan-ajratgich; 11-pakerning kesuvchi
klapani; 12-ST2 turidagi teleskopik birikma; 13-KSG1 turidagi sirkulyasiya
klapani; 14-K turidagi kamera; 15-KINGS turidagi ingibitor klapani; 16-2PD-YAG
turidagi paker; 17-ZNSV1 turidagi qulf.
Xulosa
Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishning joriy xolatini taxlil etish,
katlamning parametrlarini urganish va quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini
tuzish maksadida davriy tarzda gazogidrodinamik tadqiqotlar olib boriladi.Bu
tadqiqotlar davomida katlamning bosimi va
xarorati urganilib , quduqning ishlashi
bir necha rejimda sinab kuriladi.Gazogidrodinamik tadqiqotlar barqaror va beqaror
rejimlarda olib boriladi.Barqaror rejimdagi tadqiqot natijasiga kura, indikator
chizigi chiziladi , beqaror rejimda esa, quduq tubi bosimining tiklanish chizigi
chizilib, bu chizma tasvirlarga ishlov berish natijasida katlamning parametrlari
aniklanadi va quduqni ishlatishning anik texnologik rejimi tuziladi.