7-sinf adabiyot Mavzu: “Ravshan” dostoni. (3-soat) Darsning maqsadi



Yüklə 38 Kb.
tarix28.05.2023
ölçüsü38 Kb.
#113734
7-sinf 2-chorak. Ravshan 3-soat


Sana ____ ___________

7-sinf adabiyot
Mavzu: “Ravshan” dostoni. (3-soat)
Darsning maqsadi:

  1. tarbiyaviy maqsad -o’quvchilarda insonga xos nozik sezimlarni tuyish, o’z Vatani va e’tiqodiga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish;

  2. ta’limiy maqsad - o’quvchilarni doston matni bilan tanishtirish, undagi obrazlarni tahlil qilishga o’rgatish va badiiy timsol haqida tushuncha berish;

  1. rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarda aytgan gapi, tanlagan yo’li, bosgan qadami, qabul qilgan qarori uchun javobgarlik xisini shakllantirish.

Dars turi: suhbat, savol-javob.
Darsning jihozi: 7-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari.
Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism;

  2. Uyga vazifani so’rash;

  3. Doston matni ustida ishlash;

  4. Savol-javob;

  5. O’quvchilarni baholash;

  6. Uyga vazifra berish;

Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman.


Darsni tashkil etib bo’lgach, bu soatda o’quvchilaro’quvchilar e’tiborini doston vazni ham qahramonlar hoklatiga qarab o’zgarib borishiga qarataman. Ravshanning qalpoq bozorini surishtirib aytgan so’zlarida hamuch xil ohang borligini o’quvchilarga tushuntiraman. Qahramonning mungli nola, o’ziga xos yo’qlov ohangi bilan boshlangan o’rtaroqqa kelib, hazilomus tus oladi. So’ngroq Ravshanning so’zlarida kinoya usullari ko’rinadi. Ayniqsa, “Holing bilmas bir nechalar, Bedov mingan boyvachchalar” yoki “Tinmay elni kezarchilar, Jo’n savdoni buzarchilar” singari o’rinlarda hazil yaqqol ko’rinadi.
Keyinroq ohang yana jiddiylashadi. Ma’shuqasini topolmagan oshiqning intizorlikalri matn zamiridagi hazing ifodadan sezilib turadi. Ravshan o’z so’zini kuchli mung, ushalmay turgan armon ohanggida yakunlaydiki, bu ruhiy tovlanishlar ifodasini payqashga o’quvchilar e’tiborini qarataman.
Ravshanning “qalpoq bozori qaydadir”, deya slogan vahimasiga nashavand kishining munosabatiga o’quvchilar e’tiborini qarataman. Nashavandning bir necha jumladangina iborat so’zlarida o’zbeklarning tabiatidagi biroz shoshqaloqlik, soddalik, beparvolik singari xususiyatlar yaqqol aks ettirilganiga o’quvchilar diqqatini qarataman.
Shundan so’ng o’quvchilarga Zulxumor tasviri mukammalligini ifodalab beraman.
Dars yakunida darsdagi ishtirokiga ko’ra o’quvchilarni baholayman va uuyga vazifa beraman.
Uyga vazifa: Dostondan olingan parchani o’qib yakunlash, taassurot yozish.

Ko’rib chiqildi,


foydalanishga ruhsat: __________
(imzo)
Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə