8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konustitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati Konustitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati



Yüklə 10,93 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü10,93 Kb.
#158316
8-декабр Конституция


8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konustitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati “Konustitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati!”


Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari yashash huquqidan boshlanadi. Hayot oliy qadriyat hisoblanib, insonning hayotiga dahl qilishga hech kimning haqqi yoʻq.

Yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qoʻyilgan.
Konstitutsiyada insonning huquq va erkinliklari yashash huquqidan boshlanadi. Hayot oliy qadriyat hisoblanib, insonning hayotiga daxl qilishga hech kimning haqqi yoʻq.
Shaxsning fikr va soʻz erkinligi Konstitutsiyaviy huquqning eng muhimlaridan biridir. Har bir shaxs har qanday voqea hodisaga nisbatan oʻz shaxsiy fikriga ega boʻlib, u oʻz fikrini oshkora aytish huquqiga egadir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklarining himoyachisidir. Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini buzib, ozodlikdan mahrum qilish jazo muddatini oʻtayotganliklari sababli ularning huquq va erkinliklari muayyan darajada cheklanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida: “Jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyatning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak” deb belgilab qoʻyilgan.
Jazoni ijro etishda mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladigan huquq va erkinliklar kafolatlanadi. Ularning huquq va erkinliklari jinoyat ijroiya qonunchiligida belgilanganidan ortiqcha darajada cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mahkum shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlib qolaveradi va Konstitutsiya himoyasida boʻladi. Davlat uning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy daxlsizligi uchun javobgardir.
Ozodlikdan mahrum qilish yuridik tomondan huquqlarni cheklash majmuini oʻz ichiga oladi, mahkum shaxslar baʼzi huquq va erkinliklardan mahrum boʻladilar, boshqalari qisman cheklanadi, uchinchi toifasidagi huquq va erkinliklari oʻzgarishga yuz tutadi.
Agar mahkum shaxsning asosiy konstitutsiyaviy huquq va erkinliklaridan mahrum qilinishi haqida gapirilsa, “ozodlikdan mahrum qilish” soʻzi avvalambor, mahkumning Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin holda yura olmasligi va yashash joyini erkin tanlay olmasligi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida belgilab qoʻyilgan huquq va erkiniliklaridan mahrum boʻlishi tushuniladi.
Shunday qilib, ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari sezilarli darajada cheklanadi, oʻzgaradi yoki umuman ularda bu huquq va erkinliklar boʻlmaydi. Lekin mahkumlarda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning koʻpi saqlanib qoladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart” deb belgilab qoʻyilgan.
Bu huquqlar mahkumlarning huquqiy holatida saqlanib qoladi. Konstitutsiyaning 26-moddasida: “Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsizlik yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” deb belgilab qoʻyilgan boʻlib, mahkum shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Mahkum shaxslarning huquqiy holati Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 2-bobida oʻz aksini topgan. “Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi”.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari sifatida Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan umum fuqarolik huquqlari va majburiyatlariga egadirlar.
Mahkumlarning huquqiy holati Jinoyat-ijroiya qonun normalarida belgilab qoʻyilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida oʻz ifodasini topgan huquqning umumeʼtirof etilgan norma va tamoyillariga mos keladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Yüklə 10,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə