8-Laboratoriya ishi
Kimyoviy muvozanat
Kerakli asboblar: Probirkalar,sekuntomer,menzurka, pipetkalar.
Kerakli reaktivlar:Na2S2O3, H2SO4, distillangan suv, (FeCl3), (NH4SCN), NH4CI . Kraxmal va J2
1-tajriba .Moddalar konsentrasiyasini o’zgarishining kimyoviy muvozanatga ta’siri
Temir (III) xlorid bilan ammoniy rodanit orasidagi reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Bu sistemaning muvozanat konstantasi (doimiysi) uchun tenglamani yozing.
Kimyoviy stakanga taxminan 10 ml dan temir (III) xlorid (FeCl3) bilan ammoniy rodanitning suyultirilgan eritmasidan solib aralashtiring. Hosil qilingan eritmaning qo’ng’ir- qizil rangda bo’lishi, temir (III) rodanidning hosil bo’lganini bildiradi. O’zaro ta’sir etayotgan moddalardan birortasining konsentrasiyasi o’zgartirilganida muvozanatning qaysi tomonga siljishini qo’ng;ir- qizil rangning o’zgarishidan aniqlash mumkin. Hosil qilingan rangli eritmani to’rtta probirkaga teng miqdorda quying. Birinchi probirkaga temir (III) xloridning to’yingan eritmasidan 2-3 tomchi va ikkinchi probirkaga ammoniy rodanidning to’yingan eritmasidan 2-3 tomchi quying. Uchinchi probikagaammoniy xlorid tuzidan ozroq solib yaxshilab chayqating. Uchta probirkadagi eritmalarning ranggini to’rtinchi probirkadagi eritmaning rangi blan taqqoslang.Uchta probirkadagi temir (III) rodanidning konsentrasiyasi qanday o’zgaradi? Eritma rangining o’zgarishiga qarab muvozanat siljigan tomonni aniqlang. Muvozanat konstantasi tenglamasidan foydalanib, muvozanat siljishi to’g’risidagi xulosalarni tushuntiring.
Qilingan ishlar quyidagi tartibda yozilishi kerak.
Yozish tartibi.
Probirkaning nomeri
|
Quyilgan modda
|
Eritma rangining o’zgarishi
|
muvozanat siljishi (yo’nalishi)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-tajriba. Temperatura o’zgarishining kimyoviy muvozanatga ta’siri.
Kraxmalga iod ta’sir ettirilganda ko’k rangli murakkab tarkibli barqaror modda hosil bo’ladi. Bu ekzotermik (issiqlik ajralishi bilan sodir bo’ladigan) reaksiyadir. Sistemaning muvozanatini shartli ravishda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin.
Kraxmal+ yod= rangli modda + Q
Ikkita probirkaning har biriga 2-3 ml dan kraxmal eritmasidan oslib, ustiga 2-3 ml dan yodli suv qo’shing. Ko’k rangning paydo bo’lishiga ahamiyat bering. Probirkalardan birini qizdiring. Qizdirilganda eritma rangini o’zgarishini (yoki butunlay yo’qolishini) Le- Shatelye prinsipi asosida tushuntirib bering.
Nazorat savollari.
1.Kimyoviy muvozanatiga temperaturaning ta`siri.
2. Ekzotermik va endotermik reaksiyalarni tushintirib bering.
3. Le – Shatel`e prinspi haqida tushunsha bering.
4.Kimyoviy reaksiya tezligi nima?
5. Kimyoviy reaksiya tezligiga moddalarning konsentratsiyalari qanday o`zgaradi.
6.Kimyoviy reaksiya tezligiga moddalarning konsentratsiyalarini bog`liqlik grafigini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: |