8-mavzu. Iqtisodiy tizim modellari va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 6,52 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü6,52 Kb.
#163246
8-MAVZU

8-MAVZU. IQTISODIY TIZIM MODELLARI VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI Reja:

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari bilishga turli hil yondashuvlar.

Iqtisodiy tizim tushunchasi. Iqtisodiy tizim modellari.

Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni. Mulk obektlari va subektlari.

Mulk shakllarining tasniflanishi.

Mulkchilik shakllarini ozgartirish usullari


1
2
3
4
5

Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo'lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  • tarixiy-formacion yondashuv;
  • madaniylashish (civilizaciya) darajasi jihatdan yondashuv

    texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;

    social-iqtisodiy shakllar o'zgarishi jihatidan yondashuv

Iqtisodiyot tizim turlari

  • Ananaviy iqtisodiyot-Uzoq davrlar mobaynida ananaviy tarzda amal qilib keluvchi urf-odatlar, tartiblar , udumlar asosida yuritiluvchi iqtisodiy tizim
  • Mamuriy buyriqbozlik iqtisodiyoti-Barcha moddiy resurslarga davlat mulkchiligining hukmronligi xojalik yuritishga oid barcha muhim qarorlarning markazlashtirilgan tartibda mamuriy organlar tomonidan qabul qilishiga asoslanuvchi iqtisodiy tizim
  • Bozor iqtisodiyoti- Tovar-pul munosabatlari , raqobat , va bozor mexanizmlariga asoslangan holda yuritiluvchi iqtisodiy tizim
  • Aralash iqtisodiyot-Iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va boshqarishda bozor mexanizimi tamoyil va qonunlarini mamuriy tartiblash usullari bilan oqilona tartibda uyginlashtirib foydalanishga asoslangan iqtisodiy tizim

Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni civilizaciyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida o'rganish ham muhim o'rin tutadi. “Civilizaciyas”so'zi lotinchada fugarolarga oid, ijtimoiy degan manolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga francuz faylasuflari tomonidan nisbatan yagin vaqt - ikki asr oldin kiritilgan bo'lib, tafakkur va erkinlik hukmron boigan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo'llanilgan. Umuman olganda civilizaciya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.

Xususiylashtirish – davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga otishidir

  • davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish,
  • davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish
  • mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish
  • mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish
  • ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish
  • davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bir qator yo‘llar bilan amalga
oshiriladi

Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin:


davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish;
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish
Egalik qilish
    • mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi

Foydalanish
    • bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir.

Ozlashtirish
    • u mol-mulkni daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.

O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari

    • Umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimi korxonalarini xususiylashtirish

I-bosqich (1992-1993 yillar)
    • Ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirish hamda ularning aksiyalarini respublika qimmatli qog‘ozlar bozorida sotish

II-bosqich (1994-1995 yillar)
    • Aksiyalarining nazorat paketi davlat mulkida bo‘lgan yirik korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish

III-bosqich (1996-1998 yillar)
    • Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish

IV-bosqich (1998-2002 yillar)
    • Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va jadallashtirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini faollashtirish va salmog‘ini oshirish19:32

V-bosqich (2003 yildan boshlab)
Yüklə 6,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə