A Ta’limiy maqsad



Yüklə 19,05 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü19,05 Kb.
#81182
dars ishlanma 1


Fan: Mehnat ta’limi (qiz bolalar)


Mavzu: Sanitarya va gigiena haqida tushuncha . Oshxonada ishlaganda shaxsiy

gigiyena qoidalari.Amaliy mashg’ulot: sabzavotlariga birlamchi ishlov berish, to’g’rash usullaridan foydalanib , salatlar tayyorlash va dasturxonga tortish.
a) Ta’limiy maqsad –O’quvchilarga milliy oshxonani xususiyatlari va shaxsiy gigiyena haqida tushuntirish.

b) Tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash.

v) Rivojlantiruvchi maqsad – o’zbek milliy pazandachiligini rivojlantirishga turli salatlar tayyorlashga o’rgatish.

Kompetentlikni shakllantirish: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish: (darsda shakllantiriladigan kompetensiyalarning tagiga chizing)

Umumiy kompetensiyalar:

  • Kommunikativ kompetensiya

  • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

  • Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya

  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  • Umummadaniy kompetensiya

  • Matematik savodxonlik va fan-texnika taraqqiyoti yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

Xususiy kompetensiyalar:

  • Xavfsiz mehnat qila olish kompetensiyasi

  • Mahsulotlarni loyihalashtirish va modellashtirish kompetensiyasi

  • To‘g‘ri va ongli kasb tanlay olish kompetensiyasi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Bilimlarni mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “Muammo va yechim”, “Krossvord”, “Labirint”, “Tushunchalar tahlili” “Kubik” “Charxpalak”, “T-jadval”, “BLITS savol” va shu kabi metodlar (belgilangan metodlardan darsda qo‘llanilishi lozim bo‘lganining tagiga chizing).

Darsda jihozi: pazandachilik o`quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari, shablonlar, mehnat qurollari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a)Salomlashish b)Davomatni aniqlash



II. Uyga vazifani so‘rash:

a)Savol – javob o‘tkazish b)Topshiriqlarni tekshirish



III. Yangi mavzu bayoni:

Oshxonada ishlatilgan bir qancha sanitariya gigiyena qoidalariga , xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilish kerak.Sabzavotlariga birlamchi ishlov berishda uni loy, tuproqlardan tozalanadi.Archilgan kartoshkani esa albatta,suvga solib qoyish kerak,aks holda qorayib qoladi .Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish da:



saralash → yuvish → archish→ qayta yuvish→to’g’rash.

Sabzavotlardan harxil salatlar tayyorlash mumkun.Salatlarni bir qancha turlari mavjud bo’lib, ulardan sabzavotlardan qaynatib, qovurib , dimlab pishirilgan holdagi yoki sabzavotlarni homligicha holatida salat tayyorlash mumkin. Salatlar mavsumlarga mos holda qilinadi.Ularni tayyorlayotganda , albatta shakliga ham katta e’tibor berish kerak.Chunki, ko’rinishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Salatlarni harxil ya’ni salat yog’i qo’shib , mayonez qo’shib tayyorlash mumkin. Salatlar xo’rrandalar uchun albatta mos kelishi kerak. Chunki ayrim insonlar da qandli diabet, gipertoniya kabi xavfli kassaliklari bo’lganlagi tufayli ular ay rim maxsulotlarni tanavvur qila olmaydilar. Bunday insonlarga yengilhazm bo’la digan maxsulotlar tavsiya etiladi. Salatlar aksariyat ovqatdan oldin tanovul qilinadi va u juda oz miqdorda bo’lishi, to’yimli emasligi bilan boshqa taom lardan farq qiladi. Shuning bilan u doimomahsulottarkibi bilan ajralib turishi kerak.Salatlarni dasturxonga tortayotganda uni did bilan bezagan holatda odob bilan ya’ni avval uyning kattasiga so’ng yosh lar ketma-ketligiga e’tibor qaratgan holda tortiladi.Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish ketma – ketli gini amalda o’quvchilar bilan birgalikda bajariladi. Sabzavotlar asosan asosiy va murakkab usullarda to’g’raladi. Asosiy usullarda taomlar va salatlar tayyor lashda qo’llaniladi.Murakkab usullarda esa turli xil bezaklar tayyorlash uchun ishlatiladi.Oddiygina salat tayyorlaymiz.Buning uchun avval kerakli mahsulot lar tanlab olinib birinchi ishlov beriladi.Hamma to’g’ralgan masalliqlarni idish ga solib tuz,ko’katlar solib aralshtiriladi.Salatni mahsus idishga solib sabzavot lar va ko’katlar bilan bezatiladi va dasturxonga tortiladi.Albatta dasturxonga tortishda o’zining tartib qoidalarini tushuntirib ketiladi.O’quvchilarni milliy odoblarimiz va dasturxon odobi haqidagi tushunchalarini yanada mustax kamlab keitladi.



IV. Darsni mustahkamlash

1) Sabzavotlarga birlamchi ishlov berishni tushuntirib bering va amalda bajarib ko’rsating?



V.Baholash: Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

VI. Uyga vazifa :Salat tayyorlashni o’rganib kelish.


Yüklə 19,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə