Abdulla avloniy asarlarida pedagogik odob-axloq



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix08.08.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#120438
  1   2   3
16 (1)



3
rd 
 Global Congress on Contemporary Science and Advancements
Hosted From New York USA 
www.econferenceglobe.com 
50 
TECHMIND-2021 
ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA 
PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ 
Xurramov Mansur Musurmon o‘g‘li 
Nizomiy nomidagi Toshkent 
pedagogika universiteti talabasi 
 
Annotatsiya
:
Yetuk olim va pedagog o‘z davrida Abdulla Avloniy o‘zining 
yangi jadid harakatlari , pedagogik qarashlari orqali ta’lim va fan 
sohasi hamda dars jarayoniga bir qancha o‘zgarish va yangilanishlar 
olib kirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning pedagogik qarashlari 
asosida maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 
interaktivlik, faollik, o‘zaro hurmat va tarbiya masalalariga o‘z 
yechimini topadi. Abdulla Avloniy yozgan bir qancha pedagogik 
asarlarida ham tarbiya va odob-axloq tamoyillari va ta’lim sohasiga 
jiddiy etibor beradi. Ushbu maqola davomida biz Abdulla Avloniy 
pedagogik qarashlari hamda uning asarlaridagi tarbiya masalasini 
o‘rganamiz. 
Kalit So‘Zlar:
«Ikkinchi muallim», obrazli ifodasi, ilm, g’oyaviy to’liqlik, 
o‘zbek pedagogikasi, milliy istiqlol. 
Milliy istiqlolga erishib, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz 
ma`naviyatini yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy 
hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O'zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh 
avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek 
adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat ‘‘Adabiyot yoxud milliy 
she`rlar’‘ hamda ‘‘Birinchi muallim” , ‘‘Turkiy guliston yoxud axloq” , ‘‘Ikkinchi muallim” , 
‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o'qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir tadqiqot uchun 
manba bo'la oladi. Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va tushunchalarni bolalar ongiga 
sodda va tushunarli yetkazishi alohida e`tiborni tortadi. Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy 
o'qib chiqish va unda ilk darslikka xos tuzilmani, g’oyaviy to’liqlikni, kitoblardagi o’ziga xos 
xususiyatlarni o'rganib chiqish zarur. 
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz 
birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo‘lar, 
desak xato bo‘lmas. 
Kitob maktabni olqishlovchi she'r bilan boshlanadi: 
Maktab sizi inson qilur, 
Maktab hayot ehson qilur, 
Maktab g‘ami vayron qilur, 
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! 
Maktabdadur ilmu kamol, 
Maktabdadur husnu jamol, 
Maktabdadur milliy xayol, 
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! 
Bu she'rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot 
sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi. Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida 
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish 
sohasida katta ahamiyatga molikdir. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta'limiy 
tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-
axloq haqida fikr yuritiladi. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə