Amaliy mashg`ulot №25 I. Mavzu: elektron ostsillografning ishlashini o’rganish. II. Soatlar miqdori :– 2 soat. III. Amaliy mashg`ulotni maqsadi



Yüklə 5,06 Mb.
səhifə1/2
tarix13.09.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#121793
  1   2
№25.Электрон осцилограф


AMALIY MASHG`ULOT №25
I.MAVZU: ELEKTRON OSTSILLOGRAFNING ISHLASHINI O’RGANISH.
II. SOATLAR MIQDORI :– 2 SOAT.
III.AMALIY MASHG`ULOTNI MAQSADI:

1.Ostsillografni ishlatib undan foydalanishni bilish.


2.Ostsilografning vertikal kirish sezgirligini aniqlash.
3.Noma`lum kuchlanish amplitudasini aniqlash.
4.Chastotalar nisbatiga ko’ra Lissaju shakllarini o’rganish.
IV. MASHG`ULOTDAN KUTILADIGAN NATIJA
Talabalar elektron ostsillograf haqida aniq ma`lumotlarga ega bo’lishadi. Elektron ostsillograf va uning bloklari to’g’risida aniq ma`lumotga ega bo’lishadi.
Elektron ostsillograf yordamida nurlarni boshqarish, fokuslash, signalni kirish sezgirligini aniqlashni, noma`lum kuchlanish amplitudasini, noma`lum kuchlanish davrlarini. Lissaju shakllarini o’z qo’llari bilan hosil qilish. Elektron ostsilografni signalini vertikal va gorizontal tekisliklarda boshqarishni o’rganishadi.
O’zgaruvchan tok impul`sini parametrlarini elektr nurli trubka orqali vizual ko’rish va aniqlashni o’rganishadi. Talabalar bu parametrlar to’g’risida to’liq ma`lumotga ega bo’lishadi.
V. MASHG`ULOT MAZMUNI. (REJA).

1.Elektron nurli trubkaning tuzilishi.


2.Vertikal va gorizontal og’diruvchi plastinkalar.
3.Elektron ostsillografning yoyish generatori.
4.Elektron ostsillografning ta`minot manbai.
5.Elektron ostsillografdan tibbiyotda foydalanish.
VI.QISQACHA NAZARIY QISM.
Ko’z bilan kuzatish yoki elektr signalga aylantirilgan ikki kattalikning funksional bog’lanishini yozish uchun ishlatiladigan o’lcham asbobi ostsillograf deb ataladi.
Ostsillograf o’zgaruvchan kattalikning vaqtga bog’liqligini kuzatish uchun ishlatiladi.

Elektron ostsillograf asosan 5ta qismdan iborat.
1) elektron nurli trubka 2) yoyish generatori 3) ta`minlash bloki 4) vertikal og’ish kuchaytirgichi, 5) gorizontal og’ish kuchaytirgichi.
Elektron nurli trubkani bir tomoni kengaytirilgan bo’lib, 10mm Sim ust. Bosimigacha xavosi surib olingan shisha ballondan iborat. Kengaytirilgan qismining tubi lyuminestsentsiyalanuvchi modda bilan qoplangan, unga elektronlar urilganda nurlanadi.

Ingichka qismida elektrodlar joylashgan, katod, boshqaruvchi elektrod ikkita anod, trubkani kengaygan joyi yaqinda og’diruvchi plastinkalar joylashgan. Boshqaruvchi elektrod potentsialini o’zgartirib elektron trubkada elektronlarni o’zgartirish mumkin. Katod, boshqaruvchi elektrod va anodlar elektron zambarakni tashkil etadi. Undan keyin VOP va GOP plastinkalari keladi.
Plastinkalarga potentsiallar ayirmasi berilganda VOP nurni vertikal yo’nalishda, GOP nurni gorizontal yo’nalishda og’diradi. Shunday qilib ikki juft plastinkalar yordamida nur ekranning ixtiyoriy nuqtasiga joylashtirish mumkin.
VOP va GOP plastinkalarga bir vaqtda ikki xil o’zgaruvchan kuchlanish berilganda, ostsillograf ekranida har xil shakldagi chiziqlar hosil bo’ladi. Chiziqlarning shakli, elektron nurli trubka VOP va GOP plastinkalariga berilayotgan kuchlanishning chastotalarini nisbatiga amplitudalariga, kuchlanish fazolari ayirmasiga bog’liqdir. Bu chiziqlar Lissaju shakllari deb ataladi.
Bu usuldan tibbiyotda vektor kardioskopiyada qo’llaniladi, bunda yurak biopotensiallari qo’shilib Lissaju shakillarini hosil qiladi, bu shakllardan yurakning holati haqida hulosa chiqarish mumkin.
Elektron ostsillograf yordamida quyidagi laboratoriya ishlarini bajaramiz.
1.Vertikal «Kirish U» ning sezgirligini aniqlash.
Ostsilografni vertikal kirishini sezgirligini deb, «Usilenie –U» ruchkasi berilgan holatda turganda, kirish kuchlanishi 1V ga o’zgarganda yorug’lik nuqtasini U o’qi bo’ylab siljishiga aytiladi.
Su=
l-vertikal bo’ylab nuqtani siljishi (millimetrlarda)
U-siljishni vujudga keltirgan kuchlanish vol`tlarda
Kuchlanishni effektiv qiymati bilan amplituda qiymati quyidagicha bog’langan.
U amp=
Tovush generatoridan 1V kuchlanishni o’lchab olib, uni ostsilografni «U» kirishga beramiz. Uef 1V bo’ladi, so’ngra ekranda hosil bo’lgan to’g’ri chiziqni uzunligini millimetrlarda o’lchab formulaga qo’yib ostsillograf sezgirligini aniqlaymiz.
2) Noma`lum kuchlanish amplitudasini aniqlash.
Agarda ostsillograf vertikal kirishning sezgirligini ma`lum bo’lsa bundan foydalanib noma`lum kuchlanish amplitudasining qiymatini aniqlash mumkin, ya`ni
Tovush generatorining 5 Om; 600 Om; 5000 Om li chiqish klemalarini kuchlanish manbai sifatida ishlatamiz sezgirlikni aniqlash uchun 5 Omli chiqish kuchlanishni olamiz, so’ngra «U» kuchaytirishni o’zgartirmasdan 600 Om chiqish kuchlanishdan olib ostsillografga beramiz va 1 –ni millimetrlarda o’lchaymiz. Xuddi shunday 5000Om li chiqishdan kuchlanishni ostsillografga berib –1 ni o’lchaymiz va formula bo’yicha noma`lum kuchlanish amplitudasini aniqlaymiz.
3) Noma`lum kuchlanishning davrini aniqlash.
Agar «X» kuchaytirishni o’zgartmasdan, ma`lum chastotali signalni ekranda bir yoki ikki davr joylashadigan qilib «Vxod U»ga bersak, unda quyidagi nisbatni yozish mumkin.
T0 (ochk) – 10(mm)
l0- ma`lum chastotali bir davrga to’g’ri keladigan «X» o’qidagi kesma so’ngra noma`lum chastotani signalni «Vxod U» ga beramiz va 10-masofada shu signalni nechta joylashishini aniqlaymiz. N*T1nl0 n-davrlar soni T1 – noma`lum kuchlanish davri quyidagi proporsiyani yozish mumkin.
4) Chastotalar nisbatiga qarab Lissaju shakllarining ko’rinishini o’rganish.
Elektron ostsilografni «Usilenie X» va «Usilenie U» ruchkalarini o’rta holatga qo’yamiz, X va U kirish klemalariga bir vaqtda har xil chastotalar beramiz ya`ni 50gts, 150gts va 200gts. Ekranda hosil bo’lgan shakllarni daftarga chiziladi.
VII.NAZORAT UCHUN SAVOLLAR.

1.Elektron nurli trubkaning tuzilishini tushuntirib bering.


2.Elektron ostsilograf qanday qismlardan iborat?
3.Ostsillografni sezgirligi deb nimaga aytiladi?
4.Lissaju shakllari deb qanday shakllarga aytiladi?
5.Vektor kordioskopning asosiy qismlarini aytib bering.
6.Tibbiyotda elektron ostsillografdan nima maqsadda foydalaniladi?



Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə