Amaliyot hisoboti



Yüklə 292,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü292,74 Kb.
#112423
  1   2   3   4
Davlat Safarov amaliyot hisoboti




 
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
INSON RESURSLARINI BOSHQARISH 
FAKULTETI 
 
AMALIYOT HISOBOTI 
Amaliyot ob’ekti: Samarqand viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni 
qisqartirish bosh boshqarmasi 
GURUH: 301 
Talaba: D. Safarov 
Amaliyot rahbari: Sh. Yo’ldoshev 
Samarqand 2023 



Mundarija: 
Kirish……………………………………………………………………………….3 
1. Amaliyot ob’ekti haqida ma’lumot……………………………………………...4 
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining maqsad va 
vazifalari…………………………………………………………………………..10 
3. Samarqand viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh 
boshqarmasida olib borilayotgan amaliy ishlar va ularning natijalari…………….14 
Xulosa……………………………………………………………………………..25 
Foydalanilgan 
adabiyotlar……………………………………………………………………...…26 



Kirish 
Raqamli iqtisodiyotning jadal suratlarda hayotimiga kirib kelishi, barcha sohalarda 
zomonaviy bilim va ko’nikmalarga bo’lgan talabning kun sayin oshib borishi 
bevosita malakali kadrlarga bo’lgan talabni ham oshiradi. Shu nuqtai nazardan 
Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni 
har tomonlama o’z sohasining yetuk kadrlari bo’lib kamol topishlari uchun nazariy 
bilimlar amaliyot bilan bog’lanmoqda. Jumladan Sharof Rashidov nomidagi 
Samarqand Davlat Universitetida tahsil olayotgan talabalar ham o’z sohalariga 
mansub bo’lga ob’ektlarga maliyot o’tash uchun biriktirilmoqdalar. Men Davlat 
Safarov ushbu Universitetning Inson resurslarini boshqarish fakultetida tahsil 
olaman. Uchinchi kuirsda bizga uzluksiz amaliyot ya’ni 2022-2023 o’quv ylida har 
dushanba va seshanba kunlari amaliyot kuni qilib belgilangan. Men uzluksiz 
amaliyotni o’tsh uchun amaliyot ob’ekti sifatida Samarqand viloyat Iqtisodiy 
taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasini tanladim. Ushbu 
boshqarmada 11 ta bo’lim mavjud bo’lib, asosiy maqsad sifatida kambag’allikni 
qisqartirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash, sohaga 
oid aholi murojatlarini o’rganish va ijobiy hal etish belgilangan. Men Aholi 
mujrojatlarini qabul qilish, investitsiyalar bilan ishlash, qishloq xo’jaligi 
bo’limlarida bo’lib, menga biriktirilgan amaliyot rahbarlarim ko’magida nazariy 
bilimlarimni amaliyot bilan bog’ladim. 



1. Amaliyot ob’ekti haqida ma’lumot 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2020-yil 
26-martdagi 
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini 
tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5975-son Farmoni asosida 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Vazirlik 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish sohasidagi davlat 
siyosatini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati 
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi 
hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga 
va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida 
qabul qilingan va normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning mulkchilik va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, ijro 
etilishi majburiydir.
Vazirlik yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri 
tushirilgan va o‘zining nomi bitilgan muhriga ega. 
Vazirlikning rasmiy nomi: 
a) davlat tilida: 
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi; 
qisqa nomi — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
b) rus tilida: 
to‘liq nomi — Ministerstvo ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya 
bednosti Respubliki Uzbekistan; 
qisqa nomi — Minekonomrazvitiya; 
v) ingliz tilida: 
to‘liq nomi — Ministry of economic development and poverty reduction of 
the Republic of Uzbekistan; 
qisqa nomi — Ministry of economic development. 
Vazirlik quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Islom Karimov 
shoh ko‘chasi, 45a-uy. 
Vazirlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Vazirlikning markaziy apparati; 



Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni 
qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Vazirlikning hududiy boshqarmalari); 
tumanlar va shaharlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari); 
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi; 
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti; 
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi; 
Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari 
markazi; 
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” 
DUK; 
Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi. 
Hududiy 
boshqarmalar 
Vazirlikka 
hamda 
tegishliligiga 
ko‘ra 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga 
bo‘ysunadi. 
Vazirlikning 
tuman 
(shahar) 
bo‘limlari 
Vazirlikning 
hududiy 
boshqarmalariga hamda tegishliligiga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklariga 
bo‘ysunadi. 
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Tadbirkorlik 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi, Prognozlashtirish va 
makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish 
vaziriga bo‘ysunadi. 

Yüklə 292,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə