Amir Temurning soliqqa oid fikrlari



Yüklə 350,42 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü350,42 Kb.
#135137
Amir Temurning soliq

Amir Temurning soliqqa oid fikrlari

Reja

  • O`zbekiston soliq tizimi.
  • Amir Temur va temuriylar davridagi soliq tizimi.
  • Soliq tizimidagi ustunlik va kamchiliklar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 123-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qilishi va soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqligi belgilab qo‘yilgan.

Soliqlar har qanday davlat shakllanishining asosiy manbasi hisoblanadi. Soliqlar, bu – davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim vositasi hisoblanadi. Soliq mexanizmi soliq huquqi va soliqqa tortishni boshqarish asoslariga tayangan holda soliq munosabatlarini tartibga soladi.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari Soliq kodeksida belgilangan prinsiplarga zid bo‘lishi mumkin emas.

Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagona ekanligi belgilangan.

Soliqlar deganda – Soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Shu bilan birgalikda davlatni adolatli idora etishda soliq siyosatining o’rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunar edi. Amir Temurning soliqlar masalasi bilan jiddiy shug’ullanganligini isbotlaydigan qator dalillar mavjud.

Amir Temur soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari uning farzandlariga siyosiy vasiyati bo’lmish «Temur tuzuklari» da ifodalangan bo’lib, uning soliq siyosati xususiyatlarini quyidagi fikrlari orqali ifodalashimiz mumkin: «Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solib qo’yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag’allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohning tarqoqligi, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi».

Amir Temur farmoyishiga binoan soliq undirish ishlari rahm-shavqatga asoslangan bo'lishi lozim: «Amr qildimki, hosil pishib etilmasdan burun raiyatdan molu jihot olinmasin. Hosil etilgach, hosilni uch bo'lib olsinlar. Agar raiyat soliq to'lovchi yubormasdan, soliqni o'zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to'plovchi yubormasinlar. Agarda oliq-soliq oluvchini yuborishga majbur bo'lsalar, ular soliqlarni buyruq berish va yaxshi so'z bilan olsinlar, kaltak, arqon ishlatish, ishni urish-so'kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib, zanjir bilan kishanlamasinlar. Yana buyurdimki, xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo'li bilan emas, balki ogohlantirish, qo'rqitish va tushuntirish yo'li bilan undirsinlar. Qaysi hokim hukmining ta'siri cho'p va kaltaklash ta'siridan kamroq bo'lsa, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdur».

Amir Temur yuritgan soliq siyosati o'z davriga nisbatan soliqqa tortishning ilg'or g'oyalarini o'zida ifodalay olgan. Soliqlarning davlatni mustahkamlashdagi ahamiyati hisobga olinishi bilan birgalikda, muhim xususiyati sifatida qayd etish lozimki, u soliq to'lashga layoqatli soliq to'lovchilar bo'lishini e'tirof etgan. Shu boisdan ham davlat va soliq to'lovchilar o'rtasida soliq munosabatlarini shakllantirishga e'tibor qaratadi. Vaholanki, bu boradagi muammolar hozirgi


Amir Temur yuritgan soliq siyosati o'z davriga nisbatan soliqqa tortishning ilg'or g'oyalarini o'zida ifodalay olgan. Soliqlarning davlatni mustahkamlashdagi ahamiyati hisobga olinishi bilan birgalikda, muhim xususiyati sifatida qayd etish lozimki, u soliq to'lashga layoqatli soliq to'lovchilar bo'lishini e'tirof etgan. Shu boisdan ham davlat va soliq to'lovchilar o'rtasida soliq munosabatlarini shakllantirishga e'tibor qaratadi.
Yüklə 350,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə