Аналогли ўлчаш асбоблари



Yüklə 90,54 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü90,54 Kb.
#165196
  1   2   3   4
ANALOGLI O‘LCHASH ASBOBLARI met

ANALOGLI O‘LCHASH ASBOBLARI




Reja.



  1. Elektromexanik turidagi analogli asboblar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.

  2. Elektromexanik turidagi o‘lchash asboblarining turlari, ularning ishlashi, metrologik tavsiflari.

  3. O‘lchash asboblarining shkalasidagi shartli belgilar.



Elektromexanik turidagi analogli asboblar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


O‘lchash asbobi deb, o‘lchash uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vositaga aytiladi. Analogli o‘lchash asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar va umuman o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funksional) ravishda o‘lchanayotgan kattalik bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu turdagi asboblarning struktura sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.



1 rasm. Analogli o‘lchash asbobining struktura sxemasi


Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan iborat deb qarash mumkin.


O‘lchash zanjiri o‘lchanadigan elektr kattalikni (kuchlanish, quvvat, chastota va xokazoni) unga proporsional bo‘lgan va o‘lchash mexanizmiga ta’sir qiluvchi kattalikka o‘zgartirib beradi.
O‘lchash mexanizmi unga beriladigan elektr energiyasini qo‘zg‘aluvchan qicm va u bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich harakatining mexanik energiyasiga aylantirib beradi. Elektromexanik o‘lchash mexanizmlari magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, induksion va elektrostatik mexanizmlardan iborat bo‘ladi.
O‘lchash asboblari qaysi tizimga taaluqli mexanizmdan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, asbob qo‘zg‘aluvchan qismining xarakatlanishi elektromagnit maydon energiyasining o‘zgarishiga bog‘liq.
O‘lchanadigan kattalik ta’siri ostida hosil bo‘lib, asbob ko‘rsatkichini ko‘payish tomoniga og‘diruvchi moment aylantiruvchi moment deyilib, u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
M=dWye /d, (1)
bu yerda We - elektromagnit maydon energiyasi, - asbob qo‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi.
Yuqoridagi ifodani (1) boshqacha ko‘rinishda yozish mumkin:
M=F(X1),
ya’ni aylantiruvchi momentni o‘lchanadigan kattalik va asbob qo‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi funksiyasi deb qarash mumkin. O‘lchash asbobining qo‘zg‘aluvchan qismiga aylantiruvchi momentdan tashqari aks (teskari) ta’sir etuvchi moment ham ta’sir etishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment bo‘lmaganda edi, asbobning strelkasi shkalasidan chetga chiqib ketgan bo‘lar edi. Aks ta’sir etuvchi moment aylantiruvchi momentga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib, qo‘zg‘aluvchan qisminiig burilish burchagi kattalashishi bilan ortishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment M aylantiruvchi momentga tenglashguncha (M=M) qo‘zg‘aluvchan qism aylantiruvchi moment taьsiridan buriladi. Ko‘p elektr o‘lchash asboblarida aks ta’sir etuvchi moment tortqi, prujina va osmalarning buralishi bilan hosil qilinadi. Bunday qurilmada aks ta’sir etuvchi moment qo‘zg‘aluvchan qismning burilish burchagiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni M=-W, bu yerda W tortqi yoki prujinaning materiali va uning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik, bu burchagining birligiga (1° yoki 1 radianga) mos keluvchi moment bo‘lib, solishtirma aks ta’sir etuvchi moment deb ataladi.
Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holati aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlarning tengligidan topiladi M=M va u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
= (2)
bu holatni 2-rasmda ko‘rsatilgan grafikdan ham kuzatish mumkin.



2 rasm

Asbob dinamik rejimda ishlaganida, boshqacha aytganda asbob ko‘rsatkichi (surilishida) joyidan qo‘zg‘alayotganida, yuqorida aytilgan aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlardan tashqari boshqa momentlar ham hosil bo‘ladi. Bu momentlar qo‘zg‘aluvchan qismning inersiya momentidan, tashqi muhit qarshiligidan va metall elementlari bo‘lgan holda hosil bo‘ladigan uyurma tok va hokazolardan vujudga keladi.
Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanganida vujudga keladigan va uning harakatini tinchlantirishga intiluvchi moment - tinchlantiruvchi moment deyiladi.
MT = R(d/dt) (3)
Bu moment tinchlantirish koeffisiyenti R ga va qo‘zg‘aluvchan qismning burchakli tezligiga d/dt proporsionaldir. Tinchlantiruvchi moment ma’lum darajada asbobning muhim ekspluatasion parametrlaridan biri - tinchlanish vaqtini belgilaydi.



Yüklə 90,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə