Andijon davlat



Yüklə 26,34 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü26,34 Kb.
#144841
Xakimova Dildora. Jahon tarixi — копия



ANDIJON DAVLAT
UNIVERSITETI

Mustaqil


Ta’lim
GURUHI: _______________________________________________________
Kafedra nomi: ___________________________________________________
Bajardi:_________________________________________________________
Qabul qildi: ______________________________________________________

Mavzu: Mil.avv VII-VI asrlarda Qadimgi Attika


Reja:
1. Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi
2. Sparta jamiyati
3. Mil. avv VII-VI asrlarda Attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi
Mil.avv I ming yillikning boshlarida ilk bor finikiyaliklar begona hududlarda o’zlarining yangi manzilgohlari (Kaloniya)larini barpo qila boshladilar. Finikiyaliklardan keyin yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etadilar. Kaloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari uchun tayanch nuqtalari bo’lib xizmat qilgan. Yunonlarning kaloniyalarni barpo qilish faoliyati mill.avv VIII-VI asrlarga to’g’ri keladi. Bu vaqt buyuk yunon kalonizatsiyasi davri deb aytiladi.
Kaloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko’payib ketganligidir. Arxaik davrning boshlanishida aholi sonining keskin o’sishi natijasida, demografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni taqchilligiga olib keldi.
Yunonistonning o’zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli bo’lgan yerlar deyarli yo’q edi. Aholining ortiqcha qismi shu sababli begona hududlarga borib yangi yerlarni o’zlashtirishga majbur bo’ldi.
Buyuk yunon kalonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. Kambag’allashgan jamoachi dehqonlar o’zlarining boyib ketgan zodagon qarindoshlariga qarzi uchun qul bo’lishni xohlamadilar, ular o’zlarini qarzlari uchun garovga qo’yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur bo’ladilar. Ular uchun yagona yo’l begona joylarga ketish edi. Arxaik Yunonistonning shaharlari bu vaqtda yirik iqtisodiy markazlarga aylandilar, savdo iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biriga aylandi. Bu shaharlarning boy savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yo’llarda o’rnashib qolish uchun savdo kaloniyalari barpo qilishga harakat qildilar.
Mil.avv VII-VI asrdagi kalonizatsiya jarayonida da’vo qilingan yunon shaharlari bir necha yo’nalishda rivojlandi. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo’yidagi Milet kaloniyalari savdoga ixtisoslashgan edilar.
Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanar edilar. Bu yerda, ayniqsa, spartaliklar asos solgan Tarent shahri kaloniyalar orasida yetakchi o’rinni egalladi. Shahar Sparta shevasini va boshqaruv uslubini to’liq saqlab qoldi.
Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari mill. Avv 735-yil atrofida Naksos, Kartanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messana) hamda Regiyni da’vo qildilar.Shimolda Gaetan qo’ltig’ida Qum shahriga asos solindi. Loklar Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri (hozirgi Kap Spartivento’)ni, Korinf aholisi Sitsiliyaga vaqt o’tishi bilan yunon g’arbini bosh markazi va metropoliya rolini o’ynagan Sirakuzani barpo qildilar. Sirakuza o’z navbatida Ajor va Kamirinani barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar Agrigent shahriga asos soldilar. Shunday qilib, yunonlar Sitsiliyaning sharqiy va janubiy qismini egalladilar. Orolning g’arbida bu yerga yunonlardan ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qiladilar. Vaqt o’tishi bilan orolning g’arbida Finikiya yerlari qisqarib faqat Finikiyaning uch nuqtasi Solunt, Panom (hozirgi Palerma) va Motiya qoldi.
Miloddan avvalgi VI asrda yunonlarning Italiya va Sitsiliya kaloniyalari gullab-yashnadi va Bolqon Yunonistonidan ko’ra boy hududga aylanib Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu kaloniyalarning gullab yashnashining asosi qishloq xo’jaligi, savdo-hunarmandchilik edi.
Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeyadagi Xalkida aholisi tomonidan, Epir qirg’og’idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi. Korinfliklar Ambrakiy qo’ltig’ida Ambrakiya va Anaktom, Illiriya qirg’og’ida Appaloniya va Epidamin kaloniyalariga asos soldilar.
Qora dengiz qirg’oqlarida Kichik Osiyodagi yunonlarning eng kuchli savdo markazi Miletning fuqarolari o’nlab kaloniyalarni barpo qildilar. Abidos, Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezunt, Qora dengiz shimoli, shimoliy-g’arbiy qirg’oqlarida Ol’viya, Appaloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya, Bosforda Kalxidon (megaralilar asos solgan) Qora dengizning Yevropa qirg’og’ida Vizantiy, Gerakleya kaloniyalari qad ko’tardi.
Mil. avv VII asrda Misrda ham yunonlsrning tayanch nuqtalari vujudga keldi. Bu yerda Navkratis kaloniyasi barpo qilindi. Shimoliy Afrikada Liviya qirg’og’ida shoir Kallmax va olim Eratosfenning vatani Kirenaga asos solindi. Yunonlarning g’arbga siljishini Karfagen, janubi sharqda esa Misr to’xtatdi.
Yunonistonda mil. avv VIII-VI asrlarda xo’jalik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar siyosiy hayotga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Milet, Efes, Korinf, Silkion, Megara, Afina shaharlari va Sitsiliya orollarida iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar. Tiranlar aslzodalarning kuch-qudratini zaiflashtirib, demosni kuchaytirdilar va o’zlari istamagan holda hokimiyatlarini halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar. Omma ichida mustahkam tayanchga ega bo’lish uchun tiranlar kambag’al qatlamlarni tirikchilik o’tkazish uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Ular aholini ish bilan band qilish maqsadida yo’llar, kanallar, binolar qurilishi kabi jamoat ishlarini uyushtirdilar. Savdo hunarmandchilik va qishloq xo’jalik sohalarini bevosita qo’llab quvvatladilar. Tiranlar madaniyat-ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana va diniy e’tiqodlarni rag’batlantirdilar. Ularni hukmronligi davrida yunon polislari o’zlarini buyuk kelajaklari poydevorini qo’ydilar. (Afina-Plsistrat davrida, Sirakuza-Gelon davrida). Korinf va Samos shaharlarini gullab-yashnashlariga tiranlar sababchi bo’ldi. Tiranlar boshqaruvga o’z qarindosh-urug’larini tortdilar, ular boshqaruvda yollanma qo’shinlardan foydalandilar.
Yunon shaharlarida demos ma’lum darajada kuchga to’lganidan so’ng o’zlari yoqtirmagan tiranlarni hokimiyatidan yengil qutildilar. Tiraniya urug’ zodagonlari bilan kurashda yetakchi ro’l o’ynab mil. avv V asr boshlarida deyarli hamma joyda polis tuzumini o’rnatilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berdilar va hokimiyatni topshirib, siyosiy sahnadan chiqib ketdilar.
Yunon polisini shakllanishi va uning o’ziga xos xususiyatlari Qadimgi yunon jamiyati iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy tashkilotini asosiy shakli polis edi. Polis bu jamoani alohida tipi bo’lib dehqon va shahar aholisini o’zida birlashtirgan yerga ishlovchilar fuqaro jamoasi edi.
Yunon polislari asosini uni taraqqiyotibva shakllanishini belgilaydigan asosiy shartlari quyidagicha edi: Eng avvalo davlat va xususiy mulk birlashgan antik mulkchilik shakli edi. Yunon jamoasi a’zosi bo’lgan fuqaro yerga egalik huquqiga ega edi, har bir fuqaro polis hududida yer ulushiga ega bo’lishi shart edi.
Polis jamoasi tarkibiga kirgan fuqarolarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarning majmuasiga ega edilar. Faqat polis fuqarolarigina aholini imtiyozli qismini tashkil etar edi.
Fuqarolarning asosiy sifati ozod kishi mavqei edi. Yunon fuqarolik mavqeini fuqaro ota-onadan tug’ilishi bilan olar edi. Fuqarolik huquqini sovg’a qilishga faqat polisning xalq yig’ini haqli edi. Oligarxiya hukmron bo’lgan polislarda fuqarolik mavqeiga ega bo’lish uchun fuqaro mulkiy senz, yerga egalik, og’ir qurol-aslahasi mavjudligi shartlarini bajarish lozim edi. Polisning iqtisodiy asosini qishloq xo’jaligi, yerga mehnat qilish tashkil etar edi.
Yerga egalik, dehqonchilik uzoq vaqt polis fuqarosini imtiyozi bo’lib qoldi. Polis fuqarosidan boshqa hech kim uning hududida yerga egalik qilish huquqiga ega emas edi hamda polis fuqarolar jamoasiga tegishli jamoa yerlariga egalik qila olar edi.
Polis jamiyatida barcha huquqiy narmalar manbasi xalq yig’inida ishlab chiqilgan qonun edi. Fuqarolarni qonunlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi ishtiroki ajralmas huquq edi. Shunday qilib, polis fuqarolik jamoasi a’zolari bo’lgan shahar va qishloq aholisi uyushgan, yopiq jamoani tashkil qilgan bo’lib, o’z imtiyozlari va huquqlarini qat’iy saqlab himoya qilar edilar. Poli hududi shahar va uni atrofidagi qishloqlarni o’z ichiga olar edi. Yunon polisi o’z hududiga ko’ra uncha katta bo’lmagan 100-200 kv. Km hajmdagi maydonni egallar edi. Har bir polis aholisi 5 mingdan 10 ming kishini tashkil etib, ulardan taxminan 1-2 ming kishi fuqarolik huquqiga ega edi. Faqat polislardan Sparta maydoni 8400 kv. km: Afina 2500 kv. km. ni tashkil etar edi.
Qadimgi Sparta arxaik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini tugallanish vaqtiga to’g’ri keladi. Doriy qabilalar mil. avv XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Mil. avv X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo’ldi.
Qadimgi yunonlar Sparta davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik doriylar bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o’rnashdilar
Attika – qadimgi Oʻrta Yunonistonning janubi-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga koʻra, Afina atrofida A.ning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir boʻlgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga choʻzilgan. Miloddan avvalgi 6-asrga kelib Afina A.da mutlaq iqtisodiy va siyosiy ustunlikka erishgan. Hozirgi Gresiyada A. shu nomdagi ma’muriy-hududiy birlik – nom (markazi – Afina).
Attikada davlatchilik institutlari Peleponnesning turli viloyatlariga nisbatan erta shakllana boshlagan bo'lsa ham Afina faqatgina katta va qudratli davlat birlashmasi boiib qolmasdan, polis Yunonistonining ramzi, klassik davrdagi Elladaning markaziga aylandi.
Attikada polis tizimi urug6 muassasalarining doimiy ichki transformatsiyasi orqali sodir bo‘ldi. Arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, Attikada neolit davriday<>q aholi istiqomat qilgan. Uning hududida mil. aw , II ming yillik oxirida qadimgi podsholik shakllangan. Peleponnesda qabilalaming jiddiy ko‘chishlariga sabab bo‘lgan doriylar bosqini 158 Attikaga нпсЬяНк ta’sir o‘tkazmagan. Doriylar Attikaga suqilib kira olmaganlar, bu yerda asosan qadimgi aholi (ioniylar va pelasglar) yashagan. Shu bilan birga Attikada Peloponnesdan siqib chiqarilgan ba’zi axey qabilalari ham boshpana topgan. Bu elementlardan mil. aw. I ming yillik boshlarida yunon tilining ioniy lahjasida gaplashadigan Afina qabila guruhlari paydo bo‘ladi. Gomer davrida Attika hududida basileylar va oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilgan mustaqil urug‘ jamoalar bo‘lgan. Aholi qonqarindoshchilik belgilari bo‘yicha 4 fila (qabila), u esa o‘z navbatida 3 ta fratriyadan tashkil topgan. Har bir fratriyada bir necha o‘nlab urug‘lar mavjud bo'lgan. Attikada boshqa yunon viloyatlarida bo‘lganidek, mil. aw. IXVIII asrlarda Urug‘ jamoa munosabatlari yemirilib, ilk davlatchilik belgilari paydo bo‘ladi. Attikada polis tizimini paydo bo‘lishi boshqa urug‘ manzilgohlar ichida Afinani yuksalishiga imkon beradi. Afrnada sifatli gil tuproq bo‘lgan va u kulolchilikni rivojlanislii uchun katta (urtki bergan. Mazkur tuproqlar Afinadagi Dipilon rayonidan topilgani uchun Dipilon ko'zlari deb nomlanib, butun Yunonistonda mashhur bo'lgan.
Afina dengizdan 5 km uzoqlikda joylashib, qaroqchilaming hujumidan pana bo‘lgan qoyali Akropolda joylashganligi Attikani boshqa manzilgohlariga nisbatan aholining xavfsizligun ta’minlashga xizmat qilgan.
Mil. aw . VIII-VII asrlarda shakllanayotgan Afina polisida yetakchi rolni urug4 zodagonlari — yevpatridlar egallaydi. Avval barcha qabiladoshlarga tegishli bo‘lgan ko‘plab yerlar zodagonlar tomonidan o‘zlashtirib olinadi. Yeridan ajralgan qarindoshlaming aksariyat qismi qashshoqlashadi va yevpatridlarga qaram bo‘lib qoladi. 0 ‘sha davr an’analariga ko‘ra urug‘ tartiblari, ya’ni huquq qoidalari yozilmagan, bu esa zodagonlaming o‘z manfaatlarini suiste’mol qilishlariga sabab bo‘lgan. Yevpatridlar urug4 munosabatlari qoldiqlaridan yangi sharoitlarda o‘z hukmronliklarini qo‘llab-quwatlash maqsadida foydalanganlar.
Drakont islohotlari. Urug" muassasalariga eng katta zarba Afinadagi mavjud huquq normalarini mil. avv. 621-yilda arxont Drakont tomonidan yozma holga keltirishi bo4adi. Drakont faqatgina qadimgi davrlardan yetib kelayotgan amaldagi huquqni yozib qolmay, balki qonunchilikka o‘sha davr ijtimoiy iqtisodiy vaziyatini aks ettiradigan bir qator yangi qonunlami ham qo‘shadi. Drakont qonunlari bo‘yicha qadimgi xun olish bekor qilinadi. Yangi sud tizimi kiritiladi, qasddan va ehtiyotsizlik tufayli yuz bergan qotillik o‘rtasidagi farq o'matiladi. Qonunlar shaxsiy mulk huquqini mustahkamlab, shaxsiy mulkka ko‘z olaytirishga (u tomorqadan sabzavot o‘g‘irlash boiadimi yoki yer maydonini o‘zlashtirib olish bo‘ladimi) eng oliy jazo o‘lim belgilanadi. Bunday qat’iy tartib qoidalar o‘sha davrda shakllanayotgan shaxsiy mulkni urug‘ tuzumidagi jamoa munosabatlari institutidan himoya qilish edi. Drakont qonunchiligi yangi davlatchilik tartiblarining o6rnatilishi va fuqarolami qattiq eksplutatsiya qilishdan manfaatdor boigan yevpatridlaming yirik g‘alabasi edi.
Biroq, Afina aholisining asosiy qismi og‘ir ahvolda yashashda davom etdi. Chunki, jamoa boyligining asosi bo4gan yer, iqtisodiy hayotning dastagi yevpatridlar qo‘lida edi. Bu esa Afina fuqarolari o‘rtasida o‘tkir norozilikni keltirib chiqaradi. “Bundan so‘ng uzoq vaqtgacha zodagonlar va xalq o‘rtasida nizolar kelib chiqadi”, deb 160 yozgan edi, Aristotel. Bu davlatchilik tizimi oligarxik ko‘rinish olgan edi. Asosiysi kambag‘allar faqat o‘zlari emas, balki xotin bolalari bilan qullikka tushib qoladilar. Ular pelatlar deb atalib, hosilning 1/6 qismi yoki 17% evaziga boylaming yerlarida mehnat qilganlar. Yerlaming deyarli barchasi ozchilik qo'lida edi. Agar ijara to'lovlarini to‘lamasa o'zini yoki bolalarini qul sifatida olib ketishlari mukin edi. Bu holat Solon davrigacha davom etadi.
Afinada mil. aw . VII asrda ijtimoiy qarama-qarshilik shu qadar murakkab ko‘rinish oldiki, bundan qonli to‘qnashuvlar xavfi kehb chiqadi. Bunday murakkab sharoitlarda yevpatridlar yon berib Solonni arxont sifatida saylashga majbur bo'ladilar. Unga va^iyatni mo“ tadillashtirishdan iborat bo‘lgan og'ir vazifani yuklaydilar (mil. avv. 594 yil).
Mil. avv VI asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib-qoidalar g’alaba qildi. Natijada Afina ko’ngilli qo’shinlari tarkibi ham o’zgardi. Uning asosiy qismini og’ir qurollangan jangchi goplitlar tashkil etadi, ular ko’p sonli uchinchi qism zevgitlardan to’ldirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilarni va harbiy flot matroslarni tashkil etdilar.
Adabiyotlar:

  1. Xalqaro munosabatlar tarixi va diplamatiyasi. Hammualliflikda, T., 2009

  2. Qadimgi dunyo tarixi. Y.S Krushkol tahriri ostida 2-j. T., 1975. Хрестоматия по истории Древнего Гретции. Под. Ред. Д.П. Каллистова. М.,1964

  3. Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л. Утченко. М., 1962

  4. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent 2009.

  5. Античная Гретция. Под.Ред. Е.С. Голубцовой. М.,1983. Т., 1-2

  6. Гафуров Б.Г. Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. М., 1984.

  7. Шофман А.С. Распад империи Александра Македонского. М., 1984

  8. Фролов Э.Д. Рождение греческого полиса. Л., ЛГУ, 1988.

  9. Глускина Л.Н. Проблемы социально-эконимической истории Афин IV в. До н.е. Л., 1975.

  10. Егоров А.Б. Рим на грани эпох; проблеми рождения и формирования принцпиата. Л., ЛГУ,1983.

Yüklə 26,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə