Angren universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti pp 113-guruh “Psixologiya nazariyasi” fanidan



Yüklə 40 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü40 Kb.
#156703
  1   2   3   4   5
Genetik psixologiya




ANGREN UNIVERSITETI
Pedagogika va psixologiya fakulteti
PP 113-GURUH
Psixologiya nazariyasi” fanidan
Genetik psixologiya” mavzusida
MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Madumarova D
Fan o’qituvchisi: Izzatullayeva L


Mavzu: Genetik psixologiya
Reja:

  1. Genetik psixologiya.

  2. Zoopsixologiya.

  3. Tarixiy psixologiya.

  4. Yosh psixologiyasi.

  5. XX-asrning birinchi yarmida psixologiya boshqa sohalari.


Kirish. Amerikada vujudga kelgan bixeviorizm psixologiya maktabi psixologiya falsafaga emas balki tabiatshunoslik fanlariga tayanib kuzatish, eksperiment o`tkazish, ichki (sube‘ktiv) metoddan voz kechib tashqi obe‘ktiv metoda ko`chish g`oyalarini ilgari surdilar. Bixevioristlar insonlar va hayvonlar ruhiy dunyosini o`rganish bevosita hissiy organlar yordami bilan aks ettiriladigan narsalar va hodisalarga yo`naltirilishi kerak degan pozitsiyani egalladilar.
Bixeviorizm psixologiya maktabi, psixologiya fani inson va hayvonlar orgaizmlarining faqat tashqi ifolai harakatlarini (mimika, imo-ishora, pantomimika, nuqt kabilari ) tadqiq qilishi kerak. Undan tashqari na obe‘kt , na aspek bo`lishi mumkin emas, degan davo bilan chiqdilar.
Bixeviorizm maktabi psixologiya fanining predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar hulqini o`rganishdan iboratdir, degan g`oyani ilgari surdilar. Bixeviorizm xulq deganda organizmning faqat tashqi muhitdagi qo`zg`ovchilarga nisbatan qaytaradigan javob reaktsiyalari (harakatlari) yig`indisini tushunadi.
Demak, bixeviorizm nazariyasiga ko`ra, psixologiyaning bosh vazifasi faqat tashqi stimul (S) bilan unga qaytariladigan reaktsiyalar (R) o`rtasidagi teng ma‘noli bog`lanishlarni aniqlashdan iboratdir, xolos. Bixeviorizm ongning inson hulqidagi rolini va uni ilmiy jihatdan o`rganishni, tekshirishni inkor qiladi.
Bixeviorizm asoschilari amerikalik psixologlar Dj. Uotson (1878 -1958 y.), E.Torndayk (1871-1949 y), K.Leshli (1890-1858 y), A.Vess (1874-1931 y.) va boshqalar . Hozirgi davrda bu oqim bir nechta mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin, ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi , ya‘ni hammalari uchun umumiy formalar S-R xizmat qilib kelmoqda. Bixevioristlar psixika, ong, sezgi,idrok, iroda, hayol va shu kabi tushunchalarni psixologiya fanidan uloqtirib tashladilar.
Bixeviorizmning asoschi E.Torundayk hayvon (kalamush) psixikasini o`rganishdagi metodni inson ruhiy dunyosini o`rganishga tadbiq qiladi. Uning fikricha inson xulqi hayvonlarnikiga o`xshash bitta reaktsiya yig`indisi tariqasida emas, balki qo`zg`ovchilarning bir guruh sistemasi yordami bilan hosil qilinadi. E .Torundayk organizmning javob reaktsiyalari yig`indisini hulq, qo`zg`ovchilarnining murakkab sistemasini situatsiya, ya‘ni tashqi sharoit ekanligini tushuntirdi. Shuning uchun inson xulqi ong bilan emas, balki situatsiya bilan boshqariladi. Natijada inson ruhiy dunyosi mexanik ravishda reaktsiyalar yig`indisi bilan tenglashib qoldi. Mazkur oqim namoyondalari insonning murakkab ruhiy dunyosini fiziologik harakat va o`zgarishlarga tenglashtirib qo`yadilar.
Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal komunikatsiyani birga qo`shib keng ma‘noda tushunadi va uni uchta formaga ajratib o`rganadi. 1.Nutq formalaridan biri nutq malakalarini sekin –asta avj oldirish deb ataladi, bunda she‘rni yoki tsitatani aniq esga tushurish o`z ifodasini topadi. 2. Tafakkurning ikkinchi formasi sube‘kt uchun yangi bo`lmagan topshiriqni so`z yordami bilan yechish (yarim yortisi unitilgan she‘rni eslashga harakat) . 3. Tafakkurni uchinchi formasi yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so`z yordami bilan yechish. Demak, Dj.Uotson uchun malaka –bu individual egallagan va o`rgatilgan hatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirib qo`yiladi.
Keyinchalik Bixeviorizm kognitiv nazariyasi vujudga keldi. Bixeviorizm formulasi biroz o`zgartirilib S-S tarzda qo`llanila boshlandi. Xalq kognitiv naziriyasida tafakkur mohiyatini ochishga xizmat qiladigan qator tushunchalar ishlatila boshlandi, jumladan “bilish plani”, “bilishga moyillik”, “ahamiyat”, “maqsad”, “tayyorgarlik”, “bilish strukturasi”, “kutilgan natija”, “mahsul ” va boshqalar. Afsuski, bu nazariyada tafakkur mustaqil bilish protsessi qilib ajratilmagan.
D.Miller , Yu. Galanter, K.Pribram, sube‘ktiv bixeviorizm nazariyasi vakillari sifatida maydonga kirib keldilar. Ular o`z nazariyalariga “TOTYe” deb nom qo`ydilar (bu so`z inglizcha bo`lib sinash, operatsiya, maxsul degan ma‘noni anglatadi). Ularning nuqta-nazariga ko`ra xulq ushbu tarzda namoyon bo`ladi. Sistemaga ta‘sir qilish ---- o`tgan (tajribada sinalgan) holatlarni ayrimlari bilan solishtirish. Agarda ta‘sir qilish tajribaga mos tushsa, u holda solishtirishga bog`liq ravishda organizmda maxsus reaktsiyalar amalga oshiriladi, maboda o`tgan tajriba ta‘sir qilish mos tushmagan tag`dirda qidiruv yoki orietirlash reaktsiyalari vujudga keltiriladi. Bir muncha qoniqtirarli natijaga erishilgandan so`ng oxirgi harakat amalga oshiriladi.



Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə