Antonim (yun.)-o’zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari



Yüklə 92,06 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü92,06 Kb.
#118340
ozbek tili fanidan


Shipper, g’isht, shiben, alabaster, gipsa karton, sement, shkaturka, armatura, karkaz, pena blok , shlaka blok, reyka, mix, bolg’a, uroven, metr, shkaturka, kraska, tunika, chelak, rom , eshik, tesha, randa, randa, iskana, ugolnmik, balgarka, shurpovyor, drell, kafel, oxak, rang,
.
Alfavit – alifbo (yunon alifbosidagi birinchi ikki harfning nomi: alpha va beta).
Arxaizm (yun.)-ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi (so’z, frazeologizm va b.).
Antonim (yun.)-o’zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari.
Assimilyatsiya – qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta'sir qilib o'ziga moslashtirishidir.Progressiv assimilyatsiya – aytdi-
aytti, yurakga-yurakka.Regressiv assimilyatsiya – yigitcha-yigichcha, tuzsiz-tussiz.
Bog’lama fe’l bo’lmagan so’zni fe’lga xos ma’no va vazifaga moslovchi yordamchi fe’l.
Adabiy til-umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum me’yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. Adabiy tilning ikki shakli bor:
1) yozma shakli.
2) og’zaki shakli.
Dissimilatsiya – ikki o'xshash tovushning o'rin almashinuvi. Progressiv dissimilyatsiya: birorta-bironta. Regressiv dissimilyatsiya – ittifoq-intifoq
Eksperimental fonetika – nutq tovushlari artikulyatsiyasidagi havo tebranishi, tebranish miqdori sarflangan vaqt, oberton qanday yuzaga chiqishi kabilar ma'lum texnik apparatlar vositasida aniqlanadi va shu asosda fonetik qonuniyatlar bo'g’in, urg'u, intonatsion xususiyatlar aniqlanadi.
Fraza – nutqning yagona intonasiyaga ega o'zaro to'la pauza bilan ajraluvchi qismi.
Fonetik transkripsiya – talaffuzni aniq ifodalashga xizmat qiladi va xorijiy tillar lug'atida keng qo'llaniladi. Har bir talaffuz qilingan tovushni aks ettirish fonetik transkripsiyaning asosiy vazifasidir. Transkripsiya har qanday alfavitga asoslangan bo'lishi mumkin. Ba'zi maxsus tovushlarni belgilash uchun esa diakritik
belgilardan, boshqa alifbelardan qo'shimcha belgilar olishdan, mavjud belgilarni teskari yozish yo'lidan foydalaniladi. Fonetik transkripsiya chet tilini o'rganishda muhim ahamiyatga ega..
Fonematik transkripsiya – Grammatika kitoblarida misollarning morfologik strukturasini ko'rsatish uchun ko'proq ishlatiladi, chunki bunday hollarda so’z talaffuzidan ko'ra so’z tarkibi ahamiyatlidir; mazkur transkripsiya asosan fonemalarni qanday
o'rinda ishlatilgan bo'lishidan qat'i nazar, doim bir xil belgi bilan ko'rsatishdir.
Flektiv tillar –o’zak morfema va affiksal morfema chegarasini ajratish qiyin bo’lgan tillar.
Unga xos belgilar:
Affiks bir vaqtda ham shaxs, zamon va sonni ko'rsatishi mumkin.
Affiks bir necha variantga ega bo'lishi mumkin
Morfologiya (yun.)-grammatik ma’no so’z shakllari, so’z turkumlari haqidagi grammatik ta’limot.
Neologizm (yun.)- yangi so’z, iboralar. Neologizmlar – taraqqiyotni jadallashtirishga aloqador tushunchalarni belgilash maqsadida yaratilgan yangi, hali o'zlashib ketmagan so'zlardir.
Numerativ-hisob so’zlari.
Nutq tovushi – o'pkadan kelayotgan havoning nutq organiga urilishidan hosil bo'lgan tebranish.
Olinma so’z – o’zlashma so’z.
Singarmonizm – unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg'unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi.
Tavsifiy fonetika – nutq tovushlari, ularning xususiyati va xarakteri qayd etiladi. Fonetikaning sillabika, akustika, intonasiya, tovush o'zlgarishi va uning qonuniyatlari haqida ma'lumot beriladigan sohasi.
Tarixiy fonetika – nutq tovushlari taraqqiyoti o'zgarishi bilan bog'langan hodisalar, qonuniyatlar beriladi. Tilga xos fonetik jarayonlar tarixiy yodgorliklar orqali yoritiladi.
Triftonglar – tarkibi uch tovushdan iborat. Masalan: [av..]
Transkripsiya – tovush va harf orasida nomutanosiblik bor bo’lgan tillarda ushbu yozuv muhim ahamiyat kasb etadi, undan o'qish-o'qitish ishlarida keng foydalaniladi.
Qiyosiy fonetika – qardosh tillar uchun umumiy hodisa va qonuniyatlarning holati, qo'llanish miqdorlari, o'ziga xosligi qiyos qilinadi.
Vulgarizm - dag’al so’z.
Grammatika (yun.)-tilshunoslikning so’z shakllari (shakl yasalishi), so’z birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo’limi.
Grammatik ma’no – so’zning shakliy qismi grammatik shakli ifodalaydigan ma’no.
Grafika nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tuzilishi.
Dialekt (yun.)-umumxalq tilining ma’lum bir hududda qo’llanadigan ko’rinishi.
Dialog (yun.)- suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan nutqi.
Jargon (fr.)- biror guruh vakillarining o’z nutqi bilan ko’pchilikdan ajralib turish maqsadida o’zgacha ma’noda qo’llaydigan so’z va iboralar.
Leksema (yun.)- tilning lug’at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug’aviy ma’no anglatuvchi birligi.
Leksik ma’no- so’zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no; lug’aviy ma’no.
Lingvistika – tilshunoslik.
Morfema (yun.)- tilning ma’noli, boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan eng kichik birligi. Morfema ikki xil bo’ladi: 1) o’zak (so’z) morfema; 2) affiksal morfema (qo’shimcha morfema).
Morfemika-morfemalarning mohiyati, tuzilishi, turlari haqidagi bo’lim, ta’limot.

O'zak va negizga affikslar qo'shilganda tovushlar almashinuvi kuzatilishi mumkin. O'zak va negiz, negiz va grammatik affikslar o'rtasidagi chegarani belgilash qiyinchilik tug'diradi. Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, tiplari, tovushlar o'zgarishi, bo'g'inlar, ularning tuzilishi

tiplari, strukturasi; urg'u, urg'u tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog'idir.


Yüklə 92,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə