Axborot xizmati faoliyati haqida Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani uchun



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#137899
  1   2   3
Axborot xizmati

Axborot xizmati faoliyati haqida

Jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani uchun


Axborot xizmatining asosiy vazifalaridan biri – tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishdan iborat ekan, bunda ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda parlament nazoratini ta’minlash, davlat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizda OAVning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish, fuqarolarning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirish, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Sohadagi izchil islohotlar jarayonida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarida axborot xizmatlari tashkil etilib, ular faoliyati davr talabi asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Turli idora va tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda dolzarb mavzularda matbuot konferensiyalari, brifinglar o‘tkazilishi, bunda jamoatchilik bilan muloqotning interfaol usullaridan keng foydalanish, tegishli ma’lumotlarning maxsus veb-saytlarda joylashtirilishi aholining axborot olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish, soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini muttasil oshirib borish dolzarb ahamiyatga ega.
Axborot xizmatlarida asosan shu soha siru-sinoatlaridan boxabar jurnalistlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ular ham OAV xodimlari kabi asosan axborot to‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Axborot xizmati xodimi o‘qimishli bo‘lishi zarur. Ya’ni, aytmoqchi, yozmoqchi bo‘lgan har bir fikrini avvalo ishonchli manbalardan o‘qib-o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.
Axborot xizmatida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim qaysiki mavzuda so‘z yuritmasin avvalo uning
quyidagi uchta muhim asosi hisoblanmish ishonchli manbalarni o‘z ko‘zi bilan o‘qib ko‘rmog‘i lozim:
1.Metodologik asosi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va nutqlarida bayon etilgan fikrlar);
2.Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon etilgan fikrlar);
3.Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar).

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə