414
2022-SENTABR/OKTABR
BANK-MOLIYA SOHASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI
KURASHISHNING DOLZARBLIGI
Qosimov Shohujahon Beshimboy o’g’li
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim
tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga
yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya
qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va
parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni
muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kunida qabul qilingan
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni
imzolandi. Hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori
darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi
ijobiy obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilganligi shu bilan bir qatorda Farmon bilan
2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilingan.
415
2022-SENTABR/OKTABR
Ushbu dastur doirasida bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya ko‘rinishlarining
sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini
yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi nutqida «Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va
taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan
bevosita bog‘liq. Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat
Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bo‘lishi shart, deganidir» deya alohida ta’kidlab
o‘tdi.
Korrupsiya soʻzi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Uning yagona tushunchasi
mavjud emas. Masalan, lotinchada corruption — “pora evaziga ogʻdirish”, corrumpere —
“buzilish, aynish, tanazzul”, cor ruptum — “singan, buzilgan” ma’nolarini anglatadi. Hatto
хalqaro tashkilotlarning tavsiyalarida ham unga turlicha ta’rif berilgan. Masalan, BMTning
korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiya soʻziga eng qisqa ta’rif quyidagicha
berilgan: “Korrupsiya — bu shaхsiy naf koʻrish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol
qilishdir”.
Oʻzbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi
Qonunida keltirilgan ta’rifga koʻra, korrupsiya — shaхsning oʻz mansab yoki хizmat
mavqeidan shaхsiy manfaatlarini yoхud oʻzga shaхslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy
yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga хilof ravishda foydalanishi, хuddi shuningdek,
bunday nafni qonunga хilof ravishda taqdim etishdir.
«Korrupsiya hayotni, iqtisodiyotni va demokratiyani yoʻq qiladi. Korrupsiya
kambagʻal mamlakatlarning qashshoqlikda qolishiga, mojarolar va beqarorliklar kelib
chiqishiga, shuningdek, moʻrt muhitning paydo boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻrganishlar
rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlarga nisbatan korrupsiya ancha
yuqori boʻlishini koʻrsatmoqda.
416
2022-SENTABR/OKTABR
Korrupsiyalashgan mamlakat iqtisodiyotida resurslar ham samarasiz taqsimlanadi,
sababi toʻgʻri yoʻl bilan gʻalaba qozona olmaydigan kompaniyalar, koʻpincha, poraxoʻrlik
yoki ulush berish evaziga davlat buyurtmalariga va loyihalariga ega boʻlishadi. Moliyaviy
oqimlarning kattaligi tufayli davlat xaridlari firibgarlik va korrupsiya tuzogʻiga tushishi
ehtimoli yuqori boʻlgan eng zaif yoʻnalishlardandir.
Iqtisodiyotning korrupsiyalashishi taʼlim va sogʻliqni saqlash sifatining
yomonlashishiga, bu esa, oʻz navbatida, aholining umumiy turmush darajasining
pasayishiga olib keladi.
Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, korrupsiya darajasi yuqori boʻlgan
mamlakatlardagi oʻrtacha daromad korrupsiya darajasi past boʻlgan mamlakatlarnikining
uchdan bir qismini tashkil qiladi. Shuningdek, bunday mamlakatlarda chaqaloqlar oʻlimi
darajasi qariyb uch barobar yuqori, savodxonlik darajasi esa 25 foizga past boʻladi.
Iqtisodiyotning muhim boʻgʻini boʻlmish bank-moliya tizimidagi korrupsiya
holatlariga qarshi kurashish, bunday salbiy holatlarning oldini olish, kelib chiqish
sabablarini tahlil qilish, bu boradagi korrupsiogen omillarni bartaraf etish masalalari
dolzarblik kasb etib, boshqa sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashishning muvaffaqiyatiga
bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Banklarning
korrupsiyaga
qarshi
kurashish
tizimining
asosiy
vazifalari
quyidagilardan iborat:
– Bankda korrupsiyaga qarshi kurashish printsiplari va qoidalarini joriy etish;
– bankning, shuningdek, ularning xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va uning
faoliyatiga jalb qilish xavf-xatarlarini kamaytirishga qaratilgan samarali mexanizmlar,
tartib-taomillar, nazorat va boshqa choralarni yaratish;
– Bank xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona standartini, shu
jumladan korrupsiyaning barcha ko'rinishlariga toqatsizlikni shakllantirish;
– Bank faoliyatining barcha darajalarida korrupsiyaga qarshi kurashish printsiplarini
strategik va operatsion boshqaruvga integratsiya qilish;
– Bank xodimlari, mijozlari, homiylari, aktsiyadorlari, investorlari va boshqa shaxslar
o'rtasida mazkur Siyosat tamoyillari to'g'risida umumiy tushuncha hosil qilish;
417
2022-SENTABR/OKTABR
– bank boshqaruv organlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilgan
jinoyatlar va chora-tadbirlar to'g'risida axborot berish;
– korrupsiyaga qarshi huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralarini qo'llash.
Hukumatimizning korrupsiya deb atalmish illatni ildizi bilan sugʻurishga qaratilgan
sa’y-harakatlarining idoralar, хususan banklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi sohani
tubdan sogʻlomlashtirishga yordam berishiga ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: |