Tishli mexanizmlar ularning turlari Ilashmaning asosiy qonuni Reja: Tishli mexanizmlar



Yüklə 170 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü170 Kb.
#162253
  1   2   3
oripov 5


Tishli mexanizmlar ularning turlari Ilashmaning asosiy qonuni
Reja:

  1. Tishli mexanizmlar

  2. Tishli mexanizmning geometrik elementlari va kinematikasi

  3. Shesternyalari pog`onali qatorda joylashgan murakkab mexanizm

Tishli mexanizmlar.
Tarkibida tishli bo’g’ini bo`lgan mexanizmlar tishli mexanizmlar deyiladi. Tishli mexanizmlar etakchi va etaklanuvchi bo’g’inlarning aylanish tezliklari o`zgarmas bo`lishi talab qilinadigan xollarda ishlatiladi va texnikada juda ko`p qo`llaniladi. Bu mexanizmning
14.1 а,b shakl
asosiy ko`rinishi 14.1-shakl, a da berilgan, u ikkita tishli g`ildirak va stoykalardan iborat. Bo’g’in 2 (etakchi) ning soat strel­kasi yo`nalishiga teskari aylanishi yetaklanuvchi bo’g’in 1 ni soat strelkasi aylanishida aylantiradi. Demak bu


Shesternyali mexanizm o`qlarini tutashtirish natijasida, bosh­langich aylanalar (D1 va D2) ning kesishgan nuqtasi P ga ilashish nuqtasi va unga o`tkazilgan normal, NN ga ilashish chizigi deyiladi. Ilashish chizigi evolventa sirtiga normal hisoblanib, sirt shu chiziq orqali olinadi.
Ilashish normal chizigi g`ildirak markazlarini tutashtiruvchi O1 O2 chizigiga P nuqtadan o`tgan tik tt ga α burchak qiyaligida o`tkaziladi. a burchagiga ilashish burchagi deyiladi va normal ilashishdagi tishli g`ildiraklardaα = 20° qilib olinadi (GOST 21354 — 75).
Tishli g`ildirakning bo`luvchi aylana bo’ylab_ bir chikigi va botig`i to`g`ri kelgan oraliq uzunligiga tish qadami (t) deyiladi.
G`ildirakning bo`luvchi aylana uzunligi qadam va tishlar soni z orqali tz ga teng bo`lib, bo`luvchi diametr esa quyidagicha topiladi:


bundan

Bunda berilgan tishli g`ildirak va shesternya jufti uchun o`zgarmas bo`ladi. Tishli g`ildiraklar t/π = t (mm) bo`yicha standartlashtiriladi va t ga ilashish moduli deyiladi. Demak bo`luvchi aylana diametri D = t z ga teng bo`lib, modullar soni bilan aniqlanar ekan, ya'ni t = D/z mm. Tishli G`ildirakning xamma asosiy o`lchamlari STSEV 310 — 76 da modul «(mm) orqali standartlashtirilgan. Modulning qiymati quyidagi qatorda keltirilgan bo`lib, 0,5... 100 mm oralig`ida bo`ladi.
t = 1; 1,5; 2; 2,5; 3; 3,5; 4; 5; 6; 7; 8; 10; 12; 16; 20 (mm) va x.. k. Modul qiymatining kattalashishi g`ildirak ulchamlarini kattalashtiradi va mustahkamligini oshiradi.
Normal tishli g`ildirak uchun tish kallagining balandligi h1= t, tish oyoqchasining balandligi h" = 1,20 m qilib qabul qilinadi. Tishning balandligi esa h = K + h" =2,20 t bo`lib, ikkita g`ildirak tishlarining ilashishi natijasida s = 0,2 t zazor hosil bo`ladi. Zazor «s» birinchi g`ildirak tishlarining ikkinchi g`ildirak botig`ida bemalol siljishini ta'minlaydi.
g`ildirak tishining qalinligi S va botiqning uzunligi S' bosh­lang`ich aylana buyicha nazariy jihatdan teng S=S' deb olinadi.

bunda


demak
;


Shunday qilib, tishli g`ildirak va mexanizmlarning asosiy o`lchamlari quyidagicha topilishi mumkin.
G`ildirakning bo`luvchi aylanasi diametri:

Tish kallagi aylanasining diametri:


De=D+2h`=mz+2m=m(z+2)
Tish botig`i aylanasining diametri:
Di=D-2h” =mz-2.4m=m(z-2.4)
Agar shesternya va g`ildiraklarning tegishli diametrlarini D1 va D2 hamda tishlar sonini z1, va z2 lar bilan belgilasak shesternya va g`ildiraklarning o`qlar oralig`i

bo`ladi.
Tishli mexanizmlar kinematikasi.
Tishli g`ildiraklar yordamida aylanma harakat bir bo’g’indan ikkinchi bo’g’inga utish davrida tishlar bo`luvchi aylana bo`ylab barobar masofani bosib o`tadi, ya'ni ularning qadami (t) bir xil bo`ladi. Demak aylanma harakatdagi urinma tezlik
v1=v2
(1) bo`ladi.
Agar shesternyaning burchak tezligi ω1 (yoki n1) G`ildirakning burchak tezligi ω2 (yoki n2) bo’lsa,


va


(2)

bo`ladi.
v1 =v2 ekanini e'tiborga olsak va ularning qiymatlarini (2) formuladan keltirib qo’ysak:

Bundan
ω1/ ω2 = D2/D1


Etakchi shesternyani burchak tezligi ω1 ning etaklanuvchi g`ildirak burchak tezligi ω2 ga nisbati mexanizmning uzatish soni deyiladi va i harfi bilan belgilanadi:



Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə