Banklar, ularning turlari, asosiy funksiyalari Abdulsamo Karimberdi o’g’li Abduraxmanov Toshkent moliya instituti Annotatsiya



Yüklə 88,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü88,54 Kb.
#182470
  1   2
banklar-ularning-turlari-asosiy-funksiyalari



Banklar, ularning turlari, asosiy funksiyalari 
 
Abdulsamo Karimberdi o’g’li Abduraxmanov 
Toshkent moliya instituti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada banklarning kelib chiqqishi va ularning vazifalari, 
O’zbekistonda banklar faoliyatini rivojlanish bosqichlari, Markaziy bankning 
vazifalari va bank tizimini rivojlantirish masalalari yoritilgan. 
Kalit so’zlar: 
«Banca», «Bancherii», «Banco rotto», «bankrot», Markaziy 
(emissiya) banki, tijorat banki, veksel hisobi 
 
Banks, their types, main functions 
 
Abdulsamo Abduraxmanov 
Tashkent institute of Finance 
Abstract:
In this article, the scientific-theoretical basis of providing modern and 
remote banking services in commercial banks and the economic importance of 
providing modern banking services in Uzbekistan are studied. 
Keywords:
bank xizmatlari, masofaviy bank xizmatlari, zamonaviy bank 
xizmatlari, internet-banking, raqamli banking, onlayn banking 
«Bank» so’zi italyancha «Banca» so’zidan olingan bo’lib, «stol», aniqrog’i «pulli 
stol» degan ma’noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni 
«Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o’z 
ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco 
rotto», ya’ni «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga ma’lum bulgan «bankrot» 
so’zi xam italyancha «Banca rotto» so’zidan olingan.
1
Bank - asosiy faoliyati pul mablag’larini jalb qilish va joylashtirish, shuningdek 
hisob-kitoblarni amalga oshirishdan iborat bo’lgan moliya muassasasi. Iqtisodiy nuqtai 
nazardan banklar pul bozorida erkin naqd pulga ega bo’lganlar va qo’shimcha 
resurslarga muhtoj bo’lganlar o’rtasida vositachi sifatida ishlaydi. 
Dastlab, shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasining hozirgi bank 
tizimi mustaqillikka erishgunga qadar bulgan davrdagi bank tizimidan tubdan farq 
qiladi. Ma’lumki, o’sha davrda bank tizimining o’zagini: 

SSSR davlat banki; 
1
Абдуллаев Ё., Қоралиев Т., Тошмуродов Ш., Абдуллаева С. Банк иши. Ўкув кулланма-Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2009 йил, 7 бет. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1310



Qurilish banki; 

Davlat mehnat jamgarma kassalari tashkil etar edi.
2
Bank ishining asosiy yo’nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish 
va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko’rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.
Bank qimmatbaho qog’ozlarni saqlash, saqlashga o’tkazilgan qimmatbaho 
qog’ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi 
pulli xizmatlar ham ko’rsatadi.
Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga ko’ra hozirgi vaqtda bankning 
quyidagi asosiy turlari faoliyat ko’rsatadi: markaziy (emissiya) banki va tijorat banki. 
Markaziy bank- mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-
kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi bilan 
shug’ullanadi, mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat 
bankiga kreditlar beradi. 
Tijorat banki-o’z navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga bo’linadi. 
Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamg’arma (omonat) banki, maxsus bank, 
kooperativ bank va boshqalardan iborat.
Tijorat banki universal bank bo’lib jismoniy va yuridik shaxslarga xilma-xil bank 
xizmatlari ko’rsatadi (depozitlarni jalb etish, veksel hisobi, kredit berish, qimmatbaho 
qog’ozlarni sotish va sotib olish). Bu bank bank va kredit tizimining o’zagini tashkil 
etadi. 
Mulk shakliga ko’ra, turlariga ko’ra banklarning quyidagi turlari bor: davlat 
banki, davlat ishtirokidagi aralash bank, davlatlararo bank, xalqaro bank, chet el 
sarmoyasi ishtirokidagi bank, aksiyadorlik bank, bankirlar uyi, kooperativ bank, 
mahalliy o’z-o’zini boshqarish banki, kommunal bank, xususiy bank va boshqalar. 
O’zbekiston Respublikasi banktizimini shakllantirish va rivojlantirish strategiyasi 
iqtisodiyotni xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga bosqichmabosqich o’tkazish 
dasturiga mos keladi.
O’tgan davrda bank islohotlari davomida milliy bank tizimining 2 bosqichli 
strukturasi (yuqori bosqichda — Markaziy bank, quyi bosqichda — tijorat banklari) 
huquqiy jihatdan mustahkamlandi; bankning soni va ular ko’rsatadigan xizmat turlari 
ko’paydi. 
Tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahar 
boshqarmalari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zRning bosh 
banki hisoblanadi (1992-yil sentabrgacha sobiq SSSR Davlat bankining O’zbekiston 
bo’limi). 
2
Абдуллаев Ё., Қоралиев Т., Тошмуродов Ш., Абдуллаева С. Банк иши. Ўкув кулланма-Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2009 йил, 3 бет.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1311


Respublikada bank tizimining quyi bosqichini paychilik, aksiyadorlik asosida, 
shuningdek chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan bank, ularning filial va 
vakolatxonalari, kooperativ va xususiy bank tashkil etadi. 
Bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat 
turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: 

yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish; 

qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish; 

investitsiyalash uchun foydalanish; 

to’lovlarni amalga oshirish. 
Demak, bank - bu pul mablaglarini o’zida mujassamlashtiruvchi va jamg’aruvchi, 
kredit beruvchi, pul xisobini olib boruvchi, pul va kimmatli qogozlarni emissiya 
qiluvchi, oltin va chet el valyutalari bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir. 
Jahon banki 2022 yil uchun O’zbekistonda YAIM o’sishi prognozini 5,3 % gacha 
yaxshiladi. Biroq 2023 yilda o’sish 4,9% bo’lishi tahmin qilinmoqda. Shuningdek, 
maqsadli ijtimoiy himoya dasturlari orqali qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5% ga, 
2024 yilda esa 12,2 % ga tushishi kutilmoqda. 
Ukrainadagi urush oqibatlariga qaramay, 2022 yilda O’zbekiston iqtisodiyoti 
5,3% ga o’sishi kutilmoqda. Bu Jahon bankining navbatdagi hisobotida keltirilgan. 
Unda qayd etilishicha, bu yilgi yangi zarbalar ta’sirini yumshatish zaruratidan 
kelib chiqib, mamlakatda fiskal siyosat davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlar xususiy sektordagi o’sishni jonlantirishda davom etsa, o’rta 
muddatli rivojlanish ijobiy ko’rsatkichlarni qayd etishi mumkin, deyiladi hisobotda. 
O’zbekiston so’nggi yillarga savdo va narxlarni liberalizatsiya qilish bo’yicha bir 
qator samarali islohotlarni amalga oshirdi. Lekin shunga qaramasdan mahsuldorlik, 
xususiy sektor tomonidan o’sish va yangi ish o’rinlarini yaratishni rag’batlantirish 
davom etishi uchun qo’shimcha islohotlar zarur. 
Asosiy e’tibor bozorning zaif omillari, savdo va tranzit xarajatlari, monopol 
korxonalar, tartibga solish muhiti hamda qishloq xo’jaligi va butun iqtisodiyotda 
bozorni rag’batlantirish va barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilishi kerak
deya qayd etadi Jahon banki mutaxassislari. 
Kambag’allik chegarasi ma’lumotlariga ko’ra, 2021 yilda aholining 17 % qismi 
ushbu toifa tarkibiga kirgan. Ijtimoiy yordam miqdori va manzilining oshib borishi 
ushbu qatlamdagi aholi sonining kamayishiga hissa qo’shadi. 
Mintaqaviy prognozning noaniqligiga qaramay, 2022 yilning birinchi yarmida 
YAIM xalqaro pul o’tkazmalari, eksport va investitsiyalar hisobiga 5,4 % ga o’sdi. 
Ikkinchi chorakda real ish haqi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6 % dan ko’proqqa 
oshdi. Shu bilan birga, qurilish va qishloq xo’jaligidagi barqaror o’sish qisman sanoat 
va xizmat ko’rsatish sohasidagi o’sishning sekinlashuvini qopladi. Investitsiyalar 
(asosan energiya ishlab chiqarish, o’g’itlar va infratuzilmaga) 9,4 % ga o’sdi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1312


Eksport hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 40,5 %ga o’sdi, buning 
natijasida oltin eksporti ikki baravardan ko’proq o’sdi. Oltindan tashqari eksport hajmi 
22,5 % ga yuqorilab, tabiiy gaz, to’qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik, transport va 
turizm hissasiga to’g’ri keldi. 
Import 27,4 % ga oshdi, chunki import qilinadigan oziq-ovqat va energiya 
narxlari, shuningdek, ichki talab ham ko’tarildi. Oziq-ovqat eksporti - 41 %ga, mashina 
va uskunalar - 29 % ga, xizmatlar importi esa - 65 % ga oshgan. 
Valyuta kursi bosimi va noaniq inflyatsiya prognoziga javoban, Markaziy bank 
dastlab asosiy stavkani 17 % gacha oshirdi. 2022-yil iyun va iyul oylarida valyuta 
kursining barqarorlashishi, valyuta oqimining tiklanishi va ichki depozitlarning o’sishi 
Markaziy bankga siyosat stavkani 15% gacha kamaytirish imkonini berdi. 
Ukrainadagi urush ortidan kapital hajmining kamayishi va banklarning yanada 
ehtiyotkor siyosati kredit o’sishini 2022 yil iyun oyi oxirida 2021 yildagi 23% dan 14% 
gacha sekinlashtirdi. 
2022 yilda O’zbekistonda iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari 5,3 foiz deya prognoz 
qilinmoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan bog’liq logistik muammolarning 
kuchayishi xususiy iste’mol o’sishiga to’sqinlik qilishi kutilmoqda. Xususiy 
investitsiyalar va eksport o’sishi mumkin. 
Shuningdek, joriy hisob balansi yaxshilanadi, chunki O’zbekiston xomashyo 
narxlari oshishi (oltin, mis, tabiiy gaz) va pul o’tkazmalarining ko’payishidan foyda 
ko’radi. Joriy yilda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi o’sishi kutilmaydi, savdo 
taqchilligi asosan davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi. 
2023 yilga qadar kutilayotgan fiskal konsolidatsiya endi kechiktirilishi 
kutilmoqda, chunki oziq-ovqat narxlarining ko’tarilishi va Ukrainadagi urush ta’siriga 
javoban maqsadli ijtimoiy himoya kuchaymoqda. O’sishning davom etishi va 
kengaytirilgan ijtimoiy himoya dasturlari qashshoqlikni kamaytirishni ta’minlashi 
kutilmoqda, bunda milliy qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 % ga, 2024 yilda esa 
12,2 %ga tushishi kutilmoqda. 
Shunga qaramay, kelgusi yillarda daromadlarni yo’naltirish va sarf-xarajatlar 
samaradorligi bilan qo’llab-quvvatlanadigan xarajatlar o’zaro muvofiqligi qayta 
tiklanishi prognoz qilinmoqda. Hukumat umumiy qarz limitlariga rioya qilishni davom 
ettirishi kutilmoqda, bunda davlat qarzi va umumiy tashqi qarz 2024 yil oxirigacha 
asta-sekin YAIMning 32 va 55 % gacha pasayadi.
3
Banklarning moliyaviy mablag’larini vujudga kelish manbalari va ularning 
joylashtirilishi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Bankning balansi aktiv va passiv 
qismdan tashkil topgan ikki tomonning o’zaro tengligidir. Bank balansining passivida 
moliyaviy mablag’larning vujudga kelish manbalari, uning aktivida esa moliyaviy 
resurslarning tegishli maqsadlarga joy lashtirilishi aks ettiriladi. 
3
https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/06/world-bank/
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1313


Bank balansining passivi quyidagi moliyaviy manbalaridan t ashkil topadi. 

Bankning o’z mablag ‘lari: 

ustav kapitali; 

emission daromadlar; 

zaxira kapitali; 

taqsimlanmagan foyda; 

sof foyda; 

subordinalashgan qarz majburiyatlari; 

boshqa manbalar. 

Bankning jalb qilingan mablag’lari: 

depozi tlar; 

muddatsiz depozitlar; 

jamg’arma sertifikatlari; 

muddatli depozitlar; 

banklararo kreditlar; 

qimmatli qog’·ozlar emissiyasi hisobidan shakllantirilgan mablag’lar; 

Markaziy bankning krediti; 

Daromadalar va boshqa majburiyatlar. 
Banklar passiv operatsiyalar natijasida jalb qilingan mablag’larni aktiv 
operatsiyalarga joylashtiradi.Bank balansining aktivlari quyidagi tarkibdan tashkil 
topadi: 

Naqd pullar va unga tenglashtirilgan pul hujjatlari; 

Markaziy bank va boshqa banklardagi mablag’lari; 

Kreditlar; 

lnvestitsiyala r; 

Depozitga joylashtirilgan mablag’lar; 

iljara va lizing; 

Asosiy vositalar va boshqa mulklar; 

Xarajatlar; 

Boshqa aktivlar. 
Banklarda amalga oshirilayotgan operatsiyalar quyidagicha guruhlanadi: 

kassa operatsiyalari (kassa xizmalari); 

hisob-kitob operatsiyalari (hisob-kitob xizmatlari); 

kredi t operatsiyalari (mablag’larni joylashtirish); 

depozil operatsiyalari (mablag’larni jalb qilish); 

qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar (sotish va sotib olish); 

chet el valyutalari bilan operatsiyalar; 

banklararo operatsiyalar; 

bankning ichki operatsiyalari (mulklar, kapital va fondlarning harakati); 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1314



faoliyat natijasi bilan bog’liq boshqa operatsiyalar. 
Yuqorida qayd etilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobining ikki yoqlama 
yozuvida aks ettiriladi, uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: hujjatlashtirish; 
inventarzatsiya; baholash; hisob raqam; ikki yoqlama yozuv; balans; moliyaviy 
hisobotlar. 
Banklarda buxgalteriya hisobining elementlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari 
buxgalteriya hisobi bilan uzviy bog’liq. Ushbu bog’liqlik bank tomonidan amalga 
oshirilgan kassa, hisob-kitob, kredit va boshqa operatsiyalar korxona va tashki-
lotlarning balansida ham aks ettiriladi. 
Xulosa 
Bank - asosiy faoliyati pul mablag’larini jalb qilish hamda joylashtirish, xususan 
hisob-kitoblarni amalga oshirishdan iborat bo’lgan moliya muassasasi. Iqtisodiy nuqtai 
nazardan banklar pul bozorida erkin naqd pulga ega bo’lganlar va qo’shimcha 
resurslarga muhtoj bo’lganlar o’rtasida vositachi sifatida ishlaydi. 
Bank ishining asosiy yo’nalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish 
va mijozlarga kredit-hisob xizmati ko’rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.
Bank qimmatbaho qog’ozlarni saqlash, saqlashga o’tkazilgan qimmatbaho 
qog’ozlarni joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi 
pulli xizmatlar ham ko’rsatadi. 
O’zbekiston so’nggi yillarga savdo va narxlarni liberalizatsiya qilish bo’yicha bir 
qator samarali islohotlarni amalga oshirdi. Lekin bunga qaramasdan mahsuldorlik, 
xususiy sektor tomonidan o’sish hamda yangi ish o’rinlarini yaratishni rag’batlantirish 
davom etishi uchun qo’shimcha islohotlar zarur. 
Asosiy e’tibor bozorning zaif omillari, savdo va tranzit xarajatlari, monopol 
korxonalar, tartibga solish muhiti va qishloq xo’jaligi hamda butun iqtisodiyotda 
bozorni rag’batlantirish uchun barqarorlikni yanada mustahkamlashga qaratilishi 
kerak, deya qayd etadi Jahon banki mutaxassislari. 
Banklarning moliyaviy mablag’larini vujudga kelish manbalari va ularning 
joylashtirilishi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Bankning balansi aktiv va passiv 
qismdan tashkil topgan ikki tomonning o’zaro tengligidir. Bank balansining passivida 
moliyaviy mablag’larning vujudga kelish manbalari, uning aktivida bo’lsa moliyaviy 
resurslarning tegishli maqsadlarga joylashtirilishi aks ettiriladi. 

Yüklə 88,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə