Birinchi o’zbek romanisti



Yüklə 29,03 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#137545
BIRINCHI FRA


BIRINCHI O’ZBEK ROMANISTI.
KADR ORTI.
Inson jisman o’lsada, ruhan yo’q bo’lmaydi, u o’z xulq atvori qilgan ishlari va ijodi bilan tevarak-atrofdagilar hamda jamoat orasida singib ketadi tirik qolganlar ongida yashashda davom etaveradi. Bunga misol qilib O’rta Osiyoda birinchi bo’lib roman tilshunosligi yo’nalishi bo’yicha doktorlik ishini muvaffaqatli himoya qilgan professor Muhammad Abbosovich Abdurrazaqov alohida o’ringa ega.
TITR. Fransuz tili qaldirg’ochi.
ADERIYNING ISHI
KADR ORTI.
Ilm sohiblari orasida shundaylari borki, ularni siz tiriklik chog’larida ham, o’tib ketganlarida ham bir umr qadrlaysiz, yodga olasiz, eslaysiz ardoqlaysiz. Ana shunday insonlardan biri Muhammad Abdurazzoqov edi. Azim Toshkentning Chorsu mahallalaridan biri dunyoga keldi. To’rt farzandning kichigi bo’lgan Muhammad oilada erka, sevimli o’g’li edi. Otasi Abdurrazoq Eshon o’g’li sotuvchilik ishlari bilan turli yurtlarda bo’lgan bilimli odil inson bo’lgan. Onalari Jamila Absaxiyxon qizi ziyoli oilaning farzandi o’z hm o’qimishli ayol bo’lganligi uchun farzandlari bilimli, ziyolli inson bo’lishlarini hayotda o’z yo’llarini topishini qattiq istagan va doimo bilim borasida nazorat qilib borgan. Bu orzular, bu harakatlar keyin o’zining ulkan natijalarini berdi. Bu baxtli oilani musoffo osmonini qora bulutlar qoplay boshladi.
KADR ORTI. PR
Bilasizmi, mening bolalik xotiralarimda bobom Absaxiyxon o’rni beqiyos bo’lgan. Bobom Sank-Peterburgda o’qib bilimga bo’lgan ishtiyoqi shu darajada baland ediki bu ishtiyoq bilan bobom 7 ta tilni mukammal o’rganganlar. Toshkentga qaytib kelib masuliyatli lavozimlarda ishladi hokim lavozimigacha ko’tarildi. Yoshlarni bilimli bo’lishini xoxlagan bobom Beshyog’ochda birinchi rus-tuzem maktabini ochdi. Bizning bobomga bo’lgan havasimiz keyinchalik yo’limizni yorutguvchi chiroq bo’ldi. Mening bolaligim butun dunyoga xalqlarga azob keltirgan ikkinchi jahon urushi yillariga to’g’ri keldi, afsuski, bu urush bizining oilamizga ham kulfatlar olib keldi.
TITR. URUSH.
KADR ORTI. PR
Buni hayot deydilar. Bu hayotda bazan odam o’zi xoxlamagan ishni qilishga majbur bo’ladi. Ayniqsa, xalq boshiga og’ir kunlar tushganda qalbining yurakning xohishi bilan hech kimning ishi bo’lmaydi. Bu azobli yillarda biz otamizni, ko’p o’tmay akamni urushaga kuzatdik. Aslida tinch, osoyishta zamonda xat tashuvchilarini ko’rganda uni xush kayfiyat bilan kutib olish, rahmat aytib kuzatish oddiy hol. Ammo dahshatli urush girdobida farzandlari, turmush o’rtog’i yoki otasining sog’-omon qaytishini kutgan odamlar pochtachini ko’rganda ham yomon ahvolga tushishi tayin edi. Biz ham pochtachini ko’rganda xat olganimizdagi qo’ruvni haliyam his qilaman. Tez orada otam urushdan qaytdi, lekin bedavo kasalik ham otam bilan kelgandi. Otam bu yillarni bir umr unuta olmadi. Akamdan esa pochtachi afsuski, qoraxat olib keldi bu kundagi onamning g’ami bilan otam kelgan kundagi onamning quvonchi bir umr yodimdan chiqmadi. Tez orada maktabga chiqdim ilimga bo’lgan ishtiyoqim, qiziqishim kunsayin o’sib bordi.
INTERYU. ZILOLA OPANI onasi
Domla
KADR ORTI.
Bo’lajak olim 1956-yili o’rta maktabni muvaffaqiyatli bitirib Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutining fransuz tili fakultetiga o’qishga kirdi. 1961-yil mazkur oliygohni imtiyozli diplom bilan tugatib instut ilmiy kengashining qarori bilan fransuz tili kafedrasiga o’qituvchi lavozimiga ishga qoldirildi. Muhammad Abdurazzoqov ishga va oilaga bo’lgan muhabbati chambarchas bog’lanib ketdi. Bu davrda olim ilimiy ishi yuzasidan ko’p vaqti yo’lda Moskvada o’tgan bo’lsada lekin oilaga sadoqat, farzandlarga bo’lgan muhabbatini doim saqladi.
INTERYU.
OPASI
AKASI
KADR ORTI.
1965-yili O’rta osiyo yoshlari ichida birinchilardan bo’lib nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1967-1970-yillarda instut ilmiy ishlari bo’yicha prorektori lavozimida ishladi. Bu yillarda ko’plab yoshlarni Moskva chet tillar intitutiga o’qishga yubordi. 1987-yilda Muhammad Abdurazzoqov O’rta Osiyoda birinchi bo’lib roman tilshunosligi yo’nalishi bo’yicha doktorlik ishini muvaffaqatli himoya qildi. Olim roman tilshunosligi va qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bo’yicha 1 fan doktori, 8 ta fan nomzodi tayyorladi. Muhammad Abdurazzoqov nafaqat yetuk olim, balki mohir tashkilotchi, yoshlarning suyukli ustozi, jamoada alohida hurmat va ehtiromga loyiq inson edi. Olimning yurtimizda tilshunoslik fanini rivojlantirish, yosh mutaxassislarini tayyorlash va tarbiyalash xizmatlari mamlakatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Bugungi kunda olimning shogirlarini mamlakatimizning barcha hududlarida, shuningdek boshqa respublikalarda ham uchratamiz. Ular ustozning ishlarini fidokorona davom ettirib kelmoqdalar.
INTERYU. DOMLA
DOMLA
O’zbekistonda xorijiy tillarni o’rganishga katta etibor berilmoqda. Yoshlarga xorijiy tillarni o’rgatish uchun yurtimizda bitta Jahon tillari universiteti, ikkita chet tillari instituti, barcha viloyat unversitetilarida xorijiy fiolologiya fakultetlari mavjud bo’lib, ularda yuqori malakali mutaxassislar fan doktorlari va fan nomzodlari, professorlar va dosentlar xizmat qilmoqda. Yurtimizda fransuz tilli bo’yicha birinchi fan nomzodi va fan doktori ilmiy darasiga sazovor bo’lgan yetuk tilshunos Muhammad Abbosivich Abdurazzoqqov edi. U juda qisqa umr ko’rdi, lekin ko’pgina ilmiy tadqiqotlarni bajarishga ulgurdi.
Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə