8 Mavzu: Dasturlash tillari va ularning turlari



Yüklə 329,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix04.09.2023
ölçüsü329,62 Kb.
#121270
  1   2   3   4   5   6   7
8 lecture



8 - Mavzu: Dasturlash tillari va ularning turlari 
 
1.Dasturlash tillari va ularning turlari 
Ma'lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qism texnik va 
dasturiy ta'minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik 
ta'minotining jadal sur'atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta'minotni 
ham keskin sur'atlar bilan rivojlanishiga sabab bo'ladi, va aksincha. Buning sababi 
ma'lum, mos dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o'yinchoq» 
bo'lib qolaveradi.
Dastur 
Ma'lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning 
qandaydir nusxasi olinadi va algoritmi tuziladi, so'ng mazkur algoritm ma'lum bir 
qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan ko'rsatma va buyruqlar shaklida 
yoziladi. Hosil bo'lgan matn kompyuter tilida yozilgach, dastur deb ataladi. 
Demak, dastur — biror masalani yechish uchun kompyuter bajarishi mumkin 
bo'lgan ko'rsatmalarning izchil tartibi ekan.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi 
dasturchi deyiladi. 
Dasturlash tili 
Kompyuter tushunadigan «til» esa dasturlash tili deb ataladi. Dasturlash 
tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Dasturlash tillari tarixidan. Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jahon urushidan 
keyin yaratila boshlandi. Ammo uning boshlanish tarixi ancha olis yillarga borib 
taqaladi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin 
(eramizdan avvalgi 1800 yillar) Bobilda foiz bilan bog'liq murakkab amallar 
algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala ishlangan bo'lib, agar bug'doy hosili yiliga 
20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o'sishi uchun necha yil va oy kerak 
bo'lish algoritmi tuzilgan. 


XIX asr fransuz kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 yilda yupqa mato ishlab 
chiqish jarayonida to'quv dastgohlari uchun perfo- kartani eslatuvchi tasma 
ishlatgan va shu bilan perfokartaga asos solgan edi.
Charlz Bebbij 
1836 yilda ingliz olimi Charlz Bebbij hozirgi kompyuterlarning bevosita 
ajdodi bo'lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy 
hal qildi. Bu mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-
kitob natijalarini «eslab» qolishida edi. 

Yüklə 329,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə