8 Mavzu: Dasturlash tillari va ularning turlari



Yüklə 329,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix04.09.2023
ölçüsü329,62 Kb.
#121270
1   2   3   4   5   6   7
8 lecture

Nishonlar
 
Nishonlar — dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko’rsatadi. Har bir 
dasturlash tili yuqoridagi tushunchalar bilan bog’liq o’z sintaksisiga, maxsus 
xizmatchi so’zlariga ega. Dastur yozishdan avval unda ishtirok etadigan 
miqdorlarni aniqlab olish, o’zgaruvchilarga nom berish va ularni tavsiflash (turini 
ko’rsatish) kerak bo’ladi. Shundan so’nggina dasturning asosiy qismi boshlanadi. 
Har qanday dasturlash tili, odatda, quyidagi ikki qismdan tashkil topadi: 

tavsiflash qismi, PASCAL va DELPHI da VAR xizmatchi so’zi bilan 
boshlanib va BEGIN xizmatchi so’zidan oldin tugaydi; 

asosiy qism, PASCAL va DELPHI da BEGIN xizmatchi so’zi bilan boshladi 
hamda END xizmatchi so’zi bian tugaydi. 
O’zgarmas, O’zgaruvchi va Massiv 
Dasturlash tillarida asosan uch xil: o’zgarmas, o’zgaruvchi va massiv 
ko’rinishidagi miqdorlar qo’llaniladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi 
qiymatlarni qabul qilishi mumkin. 
Belgili o’zgarmaslar ajratish belgisi ichiga olingan bitta belgi - harf, raqam yoki 
maxsus belgidan iborat 
Mantiqiy o’zgarmaslar faqat True (rost) yoki False (yolg’on) qiymatlardan 
birini qabul qiladi. 
Sonli o’zgarmaslar ikki turda — butun yoki haqiqiy bo’lishi mumkin. Haqiqiy 
sonlar o’z navbatida qo’zg’almas nuqtali va qo’zg’aluvchi nuqtali sonlarga 
bo’linadi. 
Qo’zg’almas nuqtali sonlar — o’nli kasr ko’rinishidagi sonlardir. 
O’zgaruvchi miqdorlar
Dasturning bajarilish jarayonida qiymati o’zgaradigan miqdorlar o’zgaruvchi 
miqdorlar yoki qisqacha o’zgaruvchilar 
deyiladi. O’zgaruvchilar barchasida kamida 1 ta belgi, BASIC da 40 ta belgidan 
oshmaydigan, PASCAL da 63 ta belgidan oshmay- digan, DELPHI da (nom va 
keyingi yozuvlar sig’ishiga qarab) 1000 ta belgidan ortiq o’z nomiga ega bo’ladi. 
O’zgaruvchi nomi uchalasida lotin harfi yoki PASCAL va DELPHI da tagchiziq 
belgisidan boshlanadi. O’zgaruvchi nomida faqatgina raqamlar, lotin harflari va 
aytib o’tilgan holda, tagchiziq belgisi qo’llanilishi mumkin.
Bu tillarda o’zgaruvchilarning nomida qo’llanilgan katta va kichik lotin harflari 
farqlanmaydi. Bunday yozish xizmatchi so’zlar uchun ham o’rinlidir. 


PASCAL va DELPHI: o’zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta 
tavsiflanishi, ya’ni ularning turi ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Dasturda 
o’zgaruvchilarni tavsiflash Var xizmatchi so’zi bilan boshlanadi. 
BASIC, PASCAL va DELPHI: butun sonli qiymatlar qabul qiladigan 
o’zgaruvchilar butun sonli o’zgaruvchilar deyiladi. PASCAL va DELPHI da 
o’xshash 5 tur o’zgaruvchi bo’lib, bir- biridan qabul qiladigan qiymatlarining 
chegarasi (diapazoni) va kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi (hajmi) bilan 
farqlanadi. Jadvallarda butun sonli o’zgaruvchilarni tavsiflash uchun maxsus 
so’zlar, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan: 

Yüklə 329,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə